Qattiq yoqilg’ini gazlashtirish (Berthelot, Schreeder, Bergius jarayonlari) Reaksiya yuqori harorat va bosimda olib boriladi. Katalizator – Ni (Berthelot uchun), Mo (Shryoder uchun) yoki katalizatorsiz (Bergius uchun):
2H2 + C → CH4 Vyurs reaktsiyasi 2R-Br+ 2Na → R-R+2NaBr Reaksiya THFda -80 °C haroratda sodir bo’ladi. R va Rning o’zaro ta’siri natijasida mahsulotlar aralashmasini hosil qilishi mumkin (R-R, R-R, R-R).
Fisher-Tropsh sintezi nCO + (2n+1)H2 → CnH2n+2+nH₂O Dumas reaktsiyasi Karbon kislotalarning tuzlarini (odatda NaOH yoki KOH) gidroksidi bilan dekarboksillanish orqali alkanlarni olish mumkin:
CH3COONa+ NaOH → Na2CO3 + CH4 Alyuminiy karbidning gidrolizi Al4C3+12H2O → 3CH4 ↑ +4AI(OH)3↓ Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Alkanlar qanday nomlanadi?
Qanday nomlanish turlari mavjud?
Alkanlar qanday olinadi?
25-mavzu: AMIDLAR VA ANGIDRIDLAR.(2 soat ma’ruza, 2 soat labaratoriya mashg’ulot)
Angidridlari. Sirka angidrid sintez qilish usullari.Monokarbon kislota angidridlaridan eng ko’p uchraydigani va qo’llaniladigani sirka angidrid hisoblanadi. Sirka angidrid sirka kislota va ketendan CH2=C=O sintez qilinadi (keten o’z navbatida sirka kislotaning yuqori xaroratda degidratatsiyasi mahsulotidir).
Keten – reaktsion qobiliyati o’ta yuqori bo’lgan o’ziga xos xususiyatli birikma: metilen olish uchun manba hisoblanadi. Laboratoriyada atsetonni pirolizi orqali olinadi va tezda sintezlarda qo’llanilishi talab etiladi.
Kislota angidridlari xlorangidridlar uchun xos bo’lgan barcha kimyoviy o’zgarishlarga uchraydi; ularda bu reaktsiyalar sekin boradi. Agar xlorangidridlar bilan reaktsiyalarda vodorod xlorid ajralsa, kislota angidridlari bilan reaktsiyalarda karbon kislota molekulalariga parchalanadi.
Atsil guruhi saqlovchi birikmalar olishda ko’pincha sirka angidriddan foydalaniladi: u arzon, mavjud, kam uchuvchan va u bilan atsetil xloridga nisbatan ishlash oson. Bundan tashqari sirka kislotasi bilan reaktsiyalarda agressiv bo’lgan vodorod xlorid ajralmaydi. Undan sanoat miqyosida eterifikatsiya reaktsiyasi yordamida polioksibirikmalar – uglevodlar, jumladan sellyuloza olish uchun foydalaniladi.