Mustaqil yechish uchun masalalar
1. Atomning m, l, m1 va ms kvant sonlari nimani xarakterlaydi va har biri qanday son qiymatiga ega bo’lishi mumkin.
2. n = 4 bo’lganda qo’shimcha kvant soni l ning mumkin bo’lgan qiymatlarini yozing. Bu pog’onachalar qanday belgilanadi va ularda qanchadan elektron bor.
3. Yordamchi kvant soni l = 0, 1, 2 va 3 ga teng bo’lganda magnit kvant soni qanday qiymatga ega bo’ladi.
4. Atomdagi qnday elektronlarda s, p, d va f elektronlar deyiladi. Bu elektronlarning atomdagi maksimal soni qanday formula yordamida topiladi.
5. p-pog’onachadagi yacheykalarga 5 ta elektronni va d pog’onachadi 7 ta elektronni Gund qoidasiga muvofiq va muvofiq bo’lmagan ikki holda joylashtiring.
6. Atomdagi energetik pog’onalarning qaysi biri oldin to’ladi? a) 4p mi yoki 3d mi? b) 3d mi yoki 4s v) 4d mi yoki 5s mi? g) 4d mi 5p, sababi nima?
7. Tartib nomeri 9, 29, 39, 49 va 59 bo’lgan element atomlarining energetik pog’ona va pog’onachalarida elektronlar qanday taqsimlangan? Bular qaysi elektron oilasiga kiradi?
8. Tartib nomeri 31, 41, 51, 17 va 27 bo’lgan element atomlarining energetik yacheykalarda taqsimlanish sxemasini tuzing.
9. Cl, S va Be atomlarining normal va qo’zg’olgan holatlaridagi elektronlarning energetik yacheykalarida taqsimlanishiga asoslanib, Cl ning oksidlanish darajasi 1, 3, 5 va 7; S ning oksidlanish darajasi 2, 4 va 6; Be ning oksidlanish darajasi 0 va 2 bo’lishini aniqlang.
10. Nima sababdan oltingugurt bilan xlor o’zgaruvchi oksidlanish darajali, kislorod bilan ftorning oksidlanish darajasi o’zgarmaydi?
2.2. Atom yadrosining tarkibi. Izotoplar
Elementning massa soni atom yadrosidagi protonlar soni bilan neytronlar sonining yig’indisiga teng bo’ladi:
bunda - protonlar soni, - neytronlar soni.
Bitta elementning tartib nomeri bir xil ammo massasi har xil bo’lgan atomlar turiga izotoplar deyiladi. Masalan, kaliy izotoplari
izotopida 19 ta proton, 39 - 19 20 ta neytron
izotopida 19 ta proton, 40 - 19 21 ta neytron
izotopida 19 ta proton, 41 - 19 22 ta neytron
1-misol. Bor va izotoplar aralashmasidan iborat. Borning o’rtacha atom massasi 10,82 ga teng. Borda har qaysi izotop atomidan necha foiz bor?
Yechish: Bor izotoplarining umumiy massasini 100% deb olamiz. Agar bunda izotopining foiz tarkibi x ga teng bo’lsa, 100-x ga teng bo’ladi. Bundan B atomining massa balansini foiz bilan ifodalaydigan algebraik tenglama tuziladi:
ya’ni
10x+1100-11x =1082 bundan
x = 18 .
Demak, =18% esa 100-18=82% ga teng.
2-misol. Tabiiy xlor 75,4% va 24,6% izotoplar arlashmasidan tarkib topgan. Xlorning o’rtacha nisbiy atom massasini hisoblab toping.
Yechish: Bu masala 1-misolning teskarisidir. SHuning uchun xlorning o’rtacha massasini x bilan belgilab quyidagicha algebraik tenglama tuzamiz:
35.75,4 + 37.24,6 = 100x bundan
x = 35,46 a. m.b
Demak, xlorning o’rtacha nisbiy atom massasi 35,46 a.m.b. ga teng ekan.
Dostları ilə paylaş: |