3-mavzu: koinotda yulduzlarning paydo bo’lishi va evolyusiyasi. Neytron yulduzlar va pulsarlar. O’TA



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə1/13
tarix30.03.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#54421
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
3-mavzu ZFvaA.


3-MAVZU: KOINOTDA YULDUZLARNING PAYDO BO’LISHI VA EVOLYUSIYASI. NEYTRON YULDUZLAR VA PULSARLAR. O’TA YANGILAR
REJA

    1. Yulduzlarning temperaturasi

    2. Yulduzlar spektri

    3. Yulduzlarni aylanishi va magnit maydoni

    4. Yangi va o’ta yangi yulduzlar

    5. Yulduzlar evolyutsiyasi


Tayanch iboralar: Yulduzlar temperaturasi, yulduzlar evolyutsiyasi, Gertsshprung-Rassel diagrammasi, yulduzlar magnit maydoni, o’ta yangi yulduzlar.
Ko’pchilik yulduzlar Quyosh singari tabiatga ega. Chunki ularning spektri Quyoshnikiga o’xshash qora (yutilish, absorbtsion) chiziqlar bilan kesilgan tutash (uzluksiz) spektrdan iborat. Past dispersiyali spektrga bir qarashdan hosil bo’lgan bu o’xshashlik yuqori dispersiyalilarda yo’qoladi.

Yulduzlar olami rang-barang, ular orasida aynan Quyoshga o’xshaganlari ham bor. Biroq ko’pchilik yulduzlar spektridaqlarini joylashishi va intensivligi bo’yicha Quyoshdan farq qiladilar. Ularning ayrimlari spektrida yuqori ionlanish potentsialiga ega bo’lgan kimyoviy element ionlari (NQ, SQQ, OQQ) chiziqlari ko’rinsa, boshqalarinikida faqat vodorod atomi chiziqlari, uchinchi xillarinikida esa faqat past ionlanish potentsialiga ega atomlar va molekulalar chiziqlari va tasmalari kuzatiladi1.

Yuqorida ko’rganimizdek tutash spektr yulduz (Quyosh)ning fotosfera qatlamining pastki qismlarida chiziqlar esa uning ustiga nisbatan past temperaturaga ega qismlarida hosil bo’lsa, yulduzlarning spektridagi rang baranglik ularning fotosferasidagi fizik sharoitni turlichaligi bilan bog’liq degan xulosaga kelamiz. Spektri Quyoshniki singari bo’lgan yulduzlar normal yoki statsionar yulduzlar deb ataladi. Bunday yulduzlarni yorug’ligi deyarli (0.1 %) o’zgarmaydi. Demak, ularning (T) temperaturasi va radiusi (R) deyarli o’zgarmaydi, yulduzning ichki va tashqi qatlamlari termodinamik muvozanatda.

Ayrim yulduzlar spektrida keng emission (yorug’) chiziqlar boshqalarinikida yutilish chiziq bilan birgalikda, uni yonida yoki ustida shu atomga tegishli emission chiziq ham kuzatiladi. Uchinchi turdagi yulduzlar yorug’ligi bilan birgalikda spektrini o’zgartirib turadi. Bunday yulduzlar nostatsionar yulduzlar deyiladi. Ularni o’rganishga o’tishdan oldin statsionar yulduzlarni fizik xususiyatlari bilan tanishib chiqamiz.



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin