Bulutsiz tunda osmonda shoda-shoda yulduzlarni ko'rib, undan zavq olmagan odam bo'lmasa kerak. Garchi bir qarashda yulduz-larning son-sanog'i yo'qdek tuyulsa-da, aslida oddiy ko'z bilan qaralganda, osmonning ma'lum yarim sferasida ularning soni 3 mingdan ortmaydi. Shuningdek, yulduzlar, aslida bizdan turli masofalarda yotsalar-da, lekin bizga bir xil masofadan o'tuvchi sfera sirtida yotgandek tuyuladilar.

Yulduzlarning o'zaro joylashishi juda sekinlik bilan o'zgarib, maxsus o'lchashlarsiz, oddiy kuzatishlar asosida bunday o'zga-rishlarni bir necha oy, hatto yillardan keyin ham sezib bo'lmaydi, Bunday hoi yer sirtida yulduzlarga qarab mo'ljal olish, ya'ni gori-zont tomonlarini aniqlash uchun juda qo'l keladi. Shu tufayli sayyohlarjuda qadim zamonlardanoq yulduz - kompaslardan keng foydalanganlar.

Qadim sharqda kishilar yoritgichlarga qarab mo'ljal olish uchun osmonning yorug' yulduzlarini alohida to'dalarga ajratib, ularga yulduz turkumlari deb nom berganlar. Yulduz turkumlarini hayvonlar yoki jonivor (Katta Ayiq, Oqqush, Arslon, Ajdarho, Kit), yunon afsonalarining qahramonlari (Kassiopiya, Andromeda, Pegas va boshqalar) va ba'zan yorug' yulduzlari birgalikda eslata-digan geometrik shakl yoki buyumlarning nomlari (Uchburchak, Tarozi, Cho'mich) bilan ataganlar.