Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi


-mavzu: KVANT NAZARIYASI VA BOR POSTULOTI



Yüklə 4,05 Mb.
səhifə74/137
tarix22.12.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#189828
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   137
1.05.majmua kimyo-2023

10-mavzu: KVANT NAZARIYASI VA BOR POSTULOTI. ( 2 soat amaliy mashg’ulot)
Reja:
1.Bosh kvant son.
2. Vodorod atomidagi 1s- va 2s orbitallarining elektron bulutlari zichligining radius ortib borishi bilan koordinata o’qlariga nisbatan joylashishi.
3. Magnit kvant son
4. Orbital va magnit kvant sonlar orasidagi bog‘lanish
5. Spin kvant son

To’lqin funksiyasining qabul qiladigan qiymatlarini cheklovchi to‘rtta kattalik kvant sonlar deb yuritiladi. Bu sonlar vositasida atomdagi elektronlar holatini ifodalash mumkin. Ularni birma-bir ko‘rib chiqamiz.


Bosh kvant son
Bosh kvant son — n ma’lum tartibda joylashgan energetik pog‘onalaming tartib raqamini ifodalaydi va uning qabul qiladigan qiymatlari butun ratsional raqamlar ketma-ketligidan iborat:
n —1, 2, 3, 4, 5, 6 …..
K, L, M, N, O, P
Atomdagi elektronlar bosh kvant soni bilan xarakterlanadi va u energetik pog’ona deb yuritiladi (energetik pog’onalar, ularning ragam va lotin alifbosining bosh harflari bilan ifodalanadi).
Elektronlar joylashgan orbitallarning bosh kvant son qiymati ortib borgan sari orbitaldagi elektron bilan yadro orasidagi masofa (atomning orbital radiusi) ortib boradi va shu bilan birga, Kulon qoidasiga binoan, yadro bilan elektronning tortishish energiyasi kamayadi. Bosh kvant son qiymati qancha kichik bo‘lsa, ayni pog‘onachalarda elektronlarning yadro bilan bog‘lanish energiyasi shuncha katta bo’ladi, n qiymati ortgan sari elektronning xususiy energiyasi tobora orta boradi. Yadroga yaqin pog‘onada joylashgan elektronni tashqaridan qo‘shimcha energiya (temperatura, elektr razryad va boshqalar) sarflab, bosh kvant soni kattaroq bo‘lgan pog‘onalarga {atomning qo‘zg ‘algan holatiga) o‘tkazish mumkin.
1 -rasm. Vodorod atomidagi 1s- va 2s orbitallarining elektron bulutlari zichligining radius ortib borishi bilan koordinata o’qlariga nisbatan joylashishi.

Elektron qo‘shimcha energiya qabul qilib n qiymati kattaroq bo‘lgan pog‘onaga kо‘chadi, bunda elektronning xususiy energiyasi ortadi, lekin uning yadro bilan bog‘lanish energiyasi kamayadi. Energiya miqdori katta bo‘lsa, elektron atomdan chiqib ketadi va ionlangan holatga o‘tadi. Yuqori energetik holatga o‘tgan elektron bo‘sh qolgan kichik raqamli pog‘onaga qaytib o‘tganda atom oldin yutilgan energiyani yorug’lik nuri ko‘rinishida (atom spektrini hosil qilib) atrofga sochadi va shunda elektron asosiy


holatga qaytib keladi (qo‘zg‘algan holatning davom etish davri ~ 10~8 s)
Har bir bosh kvant son (pog‘ona) uchun uning qiym atiga teng bo‘lgan miqdorda pog‘onacha va n² qiymatga teng bo‘lgan miqdorda orbitallar bo’ladi. Energetik pog‘onalarni tashkil etuvchi pog‘onachalar, orbitallar xillari va sonlari orbital kvant soni yordamida aniqlanadi.




Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin