1.Abdurazzoqov A. A., Nazirov E. N., Rasulova M. Y.- Yosh Fizik ensikloperik
2.Quldashev A.F atom fizikasi Toshkent 1995yil
12-mavzu: ZAMANOVIY ORGANIK KIMYONING MUAMMOLARI.
(2 soat ma’ruza, 2 soat amaliy mashg’ulot)
Reja :
Organik kimyo va uning davrlarga bo’linishi.
Empirik davr
Analitik davr
Tuzilish nazariyasi davri
Organik kimyoning hozirgi davri.
Organik kimyo – organik moddalarni tashkil qiluvchi uglerod birikmalarining ximiyasini o`rganuvchi fandir.
Molekula tarkibida “C” atomi bo`lgan birikmalar organik birikmalar deyiladi.
CO, CO2, HCN, HSCN, H2CO3 va shu kislotalarning tuzlari anorganik birikmalarning muhim sinflariga xos xususiyatini namoyon qilganliklari uchun anorganik kimyoa o`rganiladi. C ning qolgan barcha birikmalari organik birikmalar deyiladi. Organik birikmalar tarkibida C dan tashqari H2 va O2, N2, S, P galogenlar va ba`zi metallar kirishi mumkin.
Ushbu organik moddalarni o`rganuvchi fan Organik kimyo deyiladi. Organik so`zi “organizm” so`zidan olingan. Organik kimyo terminini 1808-yilda Bersellius kiritgan.
Bersellius fanga 4 ta termin kiritgan.
1. Organik kimyo – 1808-yil
2. Izomeriya – 1830-yil
3. Allotropiya – 1840 yil
4. Kataliz
Organik kimyo fani taraqqiyotini 4 bosqichga ajratish mumkin.
1. Empirik davr – insonning organik moddalar bilan ilk tanishuvi ajratib olish va qayta ishlash o`rganilgan vaqtdan to organik kimyo fan sifatida shakillangangacha bo`lgan davr. (XVIII oxirigacha)
Qadimdan insonlar olizarin, pur-pur, indiga kabi bo`yoqlardan foydalanilishni, uzum sharbatini bijg`itib sirka olishni, yog`larni ishqorlar bilan qizdirib sovun olishni, matolarni organik moddalar bilan bo`yashni, o`simliklardan shakar va moy olishni bildirgan. Qadimgi olimlar moddalarni tashqi ko`rinishga qarab guruhlarga ajratgan.
Masalan: Suvda eriydigan moddalar – tuzlar hatto qahrabo, oksalat va vino kislotalar ham suvda eriganligi tufayli tuzlar sinfiga kiritgan. Quyuq suyuqliklar – moylar hisoblangan.
Haqiqiy moylardan tashqari havoda nam tortib quyuqlashib qoladigan KOH va H2SO4(kons) ham moylar sinfiga kiritgan. Shu sababdan H2SO4 – kuporos moy deb ham ataladi.
Barcha uchuvchan moddalar – spirtlar deb atalgan. Shular qatoriga HNO3, HCl, SnCl2 va NH3 ham – spirtlar sinfiga kirgan.
NH4OH – eritmasi novshadil spirti deyiladi, ammo uzoq vaqtgacha organik moddalardan aralashmalar xolida ishlatilgan. Ammo uzoq vaqtgacha organik moddalar aralashmalar xolida ishlatilgan.
IX asrga kelib arab kimyogarlari sirkadan – sirka kislotani, musallas ichimligidan – C2H5OH etil spirtini sof holda ajratib olingan.
1 – ma`lum bo`lgan organik birikma – sirka kislota bo`lgan.
XVI – asrning oxiri XIX – asrning boshlariga kelib “Organik kimyo” fani o`simlik, hayvon va boshqa tirik organism tarkibida uchragani uchun moddalarni o`rganadigan fan sifatida qarala boshlanadi. Bu davrgacha bo`lgan olimlar organik moddalar faqat tirik organizmlar tarkibida uchraydi. Ularni laboratoriya sharoitda sintez qilish mumkin emas degan fikrga kelishdi. Organik moddalar tirik organizmlardamuayyan bu hayotiy kuch ta`sirida sintez bo`ladi, degan vitalistik ta`limot yaratildi. = “Kita” – hayot, hayotiy kuch =
2. Analitik davr – XVIII asr oxiridan XIX – asrning 60-yillarigacha bo`lgan davr. Bu bosqichda dastlabki nazariyalar yaratilgan. Organik kimyo fan sifatida vujudga kelgan. Ko`plab organik sintezlarni hosil bo`lishi vitalistik ta`limotni noto`g`riligini ibotlagan.
XVI asrda etil spirit sulfat kislota bilan ishlash natijasida dietilefiri olingan edi. Organik moddalarni sof holda olish va ularni o`rganish XVIII asrning oxiri XIX asr boshlariga kelib kuchaydi.
1824-yili Berselliusning shogirdi Vyoller laboratoriya sharoitida birinchi bo`lib – ditsiandan – oksalat (shavel) kislotani kashf qilgan.
CN COOH
│ + 4H2O │ + 2NH3
CN COOH
1828-yil Vyoler ammoniy sianatdan mochevina (karbamid) ni sintez qildi.
O
║
NH4OCN NH2 – C – NH2
1842(32) – yilda Zinin nitrobenzol qaytarib Anilin sintez qildi.
C6H5NO2 + 3H2S → C6H5NH2 + 2H2O + 3S
1845-yilda Kolbe etanoldan – sirka kislotani sintez qildi.
C2H5OH + [O] = CH3COOH + H2O
1454-yili Bertlo – yog`ni sintez qildi.
1861-yili Butlerov chumoli aldegiddan Ca(OH)2 bilan qizdirib shakarsimon modda sintez qildi.
6HCHO C6H12O6
1814-yilda Krixgof kraxmalni gidrolizlab glukoza sintez qildi.
Libin – achchiq bodom mag`zidan benzoy aldegidini benzoy kislotani sintez qildi.
“C” barcha organik b.da “IV” valentli buni = 1857 yili Kekule va Kolbe = “1860 yili” = Kuper va Kekule = aniqlagan. Organik moddalar soni 10 mln dan ortiq bu birikmalarni tartibga solish maqsadida turli nazariyalar taklif qilindi.
Ko`pchilik ximiklar organik moddalar rivojlanishiga kirishib boshqa moddalarga aylanganda ularning molekulalaridagi atomlarning ma`lum bir guruppalari o`zgarmasligi kuzatildi.
1815-yilda Gey Lyusak, 1823-yilda Vyoller, 1832-yil Libix kabi olimlar tomonidan organik moddalarni bir sistemaga solish maqsadida = radikallar nazariyasi = taklif etildi. Bu nazariyaga ko`ra radikallar organik moddalarda atom vazifasini bajarib, hech qanday o`zgarishga uchramaydi.
Organik kimyoning rivojlanishi 1840 – 1854 yillarga kelib “radikallar nazariyasi” o`rniga “tiplar nazariyasi” ni vujudga keltirdi. Bu nazariyani J.Dyuma, Sh.Jerar, A.Loran, A.Kekule: ular reaksiya nazariyasida o`zgaradigan qismiga qarab tiplarga bo`lish mumkin degan fikrni ilgari surdi. Bunda organik birikmalar ----- 5 ta tipga: H2, H2O, HCl, NH3 va CH4 tipiga bo`linadi.
1. H2O tipi2. NH3 tipi
3. H2 tipi
4. H gal.
5. CH4 tipi – 1858 Kekule fanga kiritgan.
H2O – spirtlar, glikoller, oddiy efirlar kabi moddalar kiradi.
NH3 tipiga – aminobirikmalar misol bo`ladi.
H2 tipiga – uglevodorodlar
CH4 tipiga – uglevodorodlar va boshqa gruppa saqlovchi moddalar kiradi.
H2O tipiga R – O – H spirt C2H5OH etilspirti
R – O – R etil C2H5 – O – C2H5 dietil efiri
NH3 tipiga R – NH2 CH3 – NH2 CH3 – NH – CH3
metilamin dietilamin
CH3
│
CH3 – N – CH3 – trimetilamin
HCl H-gal tipi R – Cl
CH3 – Cl
CH4 tipi
1. Vodorod tipi
H CH3 C2H5 CH3
│ │ │ │
H H H CH3
2. H2O tipi – H2 atomi o`rniga radikal birikib, spirt, efir, kislota, kislota angidrid xosil bo`ladi:
H – O – H CH3 – O – H CH3 – O – CH3; CH3COOH; CH3 – C
CH3 – C
3. HCl tipi – bu tip galogenli organik birikmalarning xosil bo`lishi ifodalanadi.
CH2COOH
H – Cl CH3 – Cl CH3 – C │
Cl
4. NH3 tipi – bu tip aminlar, aminolislotalar tuzilishi tushuntiriladi:
H – N – H CH3 – N – H CH3 – N – CH3 H – N – CH2COOH
│ │ │ │
H H H H
5. CH4 tipi – bu tipni 1858 yili Kekule taklif qilib metanning H atomlari o`rniga boshqa atomlar bilan almashinishidan uglevodorodlar, spirtlar, galogenli birikmalar xosil qiladi.
H H H H H
│ │ │ │ │
H – C – H H – C – CH3 H – C – OH H – C – Cl Cl – C – Cl
│ │ │ │ │
H H H H Cl
Dostları ilə paylaş: |