Amidlar. Amidlar - ammiak hamda kislotalar va uning hosilalaridan olinadi.
Amidlar kislota yoki asos eritmalari ishtirokida qizdirilganda gidrolizlanadi. Reaktsiya natijasida ammiak va karbon kislota hosil bo’ladi: bu ikki mahsulotning biri tuz holatida ajralishi mumkin, bu esa reaktsiya muhitining asos yoki kislota ekanligi bilan bog’liq.
Amidlarning gidrolizi OH2- guruhining OH-guruhiga almashinishi bilan boruvchi nukleofil o’rin olish reaktsiyasidir. Kislota ishtirokidagi gidroliz, suvning protonlashgan amidga birikishi bosqichi orqali amalga oshadi.
Gidroliz ishqoriy muhitda amalga oshirilganda kuchli nukleofil gidroksil-ioni amid molekulasi bo’yicha xujum qiladi:
Amidlarning muhim o’zgarishlaridan biri Gofman bo’yicha parchalanishidir.
Ishlatilishi: Korbon.kislatalar. tabiatda erkin va birikma holida keng tarqalgan. Ular yogʻ, efir moyi, hoʻl mevalar tarkibiga kiradi. Korbon.kislatalar tabiiy birikmalardan (yuqori yogʻ kislotalari, limon kislotasi va b.) yoki sintetik usulda, mas, spirtlar, aldegidlarni oksidlab olinadi. Achitish (moy kislotali, sut kislotali, sirka kislotali achitish) yoʻli bilan olish ham keng tarqalgan. Bu kislata va ularning hosilalari xalq xoʻjaligida keng qoʻllaniladi. Masalan paxta moyidan olinadigan distillangan yogʻ kislotalari asosida turli xil sovunlar tayyorlanadi. Telomerizatsiya usulida olingan yuqori tarmoqlangan yogʻ kislotalar (VIK) asosida lok, emallar ishlab chiqarishlar yoʻlga qoʻyilgan.[
Nazorat savollari
Karbon kislotalarga umumiy ta’rif, nomenklaturasi haqida nimalarni bilasiz?
Karbon kislotalarning olish usullari qanday?
Karbon kislotalarning qanday xossalari bor?
Kislota amidlari nima?
Korbon kislatalar qanday maqsadlarda ishlatiladi?
Dostları ilə paylaş: |