Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi



Yüklə 4,05 Mb.
səhifə47/137
tarix22.12.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#189828
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   137
1.05.majmua kimyo-2023

Tayanch iboralar:
1. Atom
2. Katod nurlari
3. Rentgen nurlar
4. Radioaktivlik
5. Yarim yemirilish davri.

Nazorat uchun savol va mashqlar

1. Atom tuzilishi haqidagi nazariyaga asoslanib kimyoviy elementga ta’rif bering.
2. Rezerford tajribasining mohiyati nimadan iborat?
3. N.Bor nazariyasining mohiyatini tushuntiring.

Mavzuga oid tayanch iboralar



  1. Atom

  2. Atom hakidagi tasavvurlar

  3. Rezerford tajribasi

  4. Vilson tajribasi

  5. Bor nazariyasi

  6. Atomning energetik holati

Foydalanilgan adabiyotlar



1. Glinka N.L. Umumiy ximiya. – T.: O’qituvchi, 1986.

  1. Rahimov X.R. Anorganik ximiya. – T.: O’qituvchi, 1984.

  2. Parpiev N.A., Rahimov X.R., Muftaxov A.G. Anorganik kimyo. Nazariy asoslari. - T.:O’zbekiston, 2000. –5-9 b.

  3. Axmerov Q, Jalilov A, Sayfutdinov R. Umumiy va anorganik kimyo. - T.:O’zbekiston, 2003.

  4. Rasulov K., Yo’ldoshev O., Qorabolaev B. Umumiy va noorganik kimyo. – T.: O’qituvchi, 1996.

  5. Новиков Г.И. Основы общей химии. – М.: Высшая школа, 1988.

  6. Ibroximova G., Axmerov K. Umumiy ximiyani mustaqil o’rganish. – T.: O’qituvchi, 1993.

  1. Рэмсден Э.Н. Начало современной химии. – Л.: Химия, 1989. – 784 с. – Пер. изд.: Великобритания, 1985.

  2. Химия: Справ. изд./ В.Шретер, К.-Х.Лаутеншлегер, Х.Бибрак и др.: Пер. с нем. – М.: Химия, 1989. – 648 с.

  3. Спицын В.И., Мартыненко Л.И. Неорганическая химия. Ч.1: Учебник. – М.: Изд-во МГУ, 1991. – 480 с.

Shamshidinov I., Mo’minova B., Abdullaev M. «Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matni. – Namangan, 1999 y.
Mavzu: Zamanoviy organik kimyoning muammolari.( Nazariy )
Reja :

  1. Organik kimyo va uning davrlarga bo’linishi.

  2. Empirik davr

  3. Analitik davr

  4. Tuzilish nazariyasi davri

  5. Organik kimyoning hozirgi davri.

Organik kimyo – organik moddalarni tashkil qiluvchi uglerod birikmalarining ximiyasini o`rganuvchi fandir.
Molekula tarkibida “C” atomi bo`lgan birikmalar organik birikmalar deyiladi.
CO, CO2, HCN, HSCN, H2CO3 va shu kislotalarning tuzlari anorganik birikmalarning muhim sinflariga xos xususiyatini namoyon qilganliklari uchun anorganik kimyoa o`rganiladi. C ning qolgan barcha birikmalari organik birikmalar deyiladi. Organik birikmalar tarkibida C dan tashqari H2 va O2, N2, S, P galogenlar va ba`zi metallar kirishi mumkin.
Ushbu organik moddalarni o`rganuvchi fan Organik kimyo deyiladi. Organik so`zi “organizm” so`zidan olingan. Organik kimyo terminini 1808-yilda Bersellius kiritgan.
Bersellius fanga 4 ta termin kiritgan.
1. Organik kimyo – 1808-yil
2. Izomeriya – 1830-yil
3. Allotropiya – 1840 yil
4. Kataliz
Organik kimyo fani taraqqiyotini 4 bosqichga ajratish mumkin.
1. Empirik davr – insonning organik moddalar bilan ilk tanishuvi ajratib olish va qayta ishlash o`rganilgan vaqtdan to organik kimyo fan sifatida shakillangangacha bo`lgan davr. (XVIII oxirigacha)
Qadimdan insonlar olizarin, pur-pur, indiga kabi bo`yoqlardan foydalanilishni, uzum sharbatini bijg`itib sirka olishni, yog`larni ishqorlar bilan qizdirib sovun olishni, matolarni organik moddalar bilan bo`yashni, o`simliklardan shakar va moy olishni bildirgan. Qadimgi olimlar moddalarni tashqi ko`rinishga qarab guruhlarga ajratgan.
Masalan: Suvda eriydigan moddalar – tuzlar hatto qahrabo, oksalat va vino kislotalar ham suvda eriganligi tufayli tuzlar sinfiga kiritgan. Quyuq suyuqliklar – moylar hisoblangan.
Haqiqiy moylardan tashqari havoda nam tortib quyuqlashib qoladigan KOH va H2SO4(kons) ham moylar sinfiga kiritgan. Shu sababdan H2SO4 – kuporos moy deb ham ataladi.
Barcha uchuvchan moddalar – spirtlar deb atalgan. Shular qatoriga HNO3, HCl, SnCl2 va NH3 ham – spirtlar sinfiga kirgan.
NH4OH – eritmasi novshadil spirti deyiladi, ammo uzoq vaqtgacha organik moddalardan aralashmalar xolida ishlatilgan. Ammo uzoq vaqtgacha organik moddalar aralashmalar xolida ishlatilgan.
IX asrga kelib arab kimyogarlari sirkadan – sirka kislotani, musallas ichimligidan – C2H5OH etil spirtini sof holda ajratib olingan.
1 – ma`lum bo`lgan organik birikma – sirka kislota bo`lgan.
XVI – asrning oxiri XIX – asrning boshlariga kelib “Organik kimyo” fani o`simlik, hayvon va boshqa tirik organism tarkibida uchragani uchun moddalarni o`rganadigan fan sifatida qarala boshlanadi. Bu davrgacha bo`lgan olimlar organik moddalar faqat tirik organizmlar tarkibida uchraydi. Ularni laboratoriya sharoitda sintez qilish mumkin emas degan fikrga kelishdi. Organik moddalar tirik organizmlardamuayyan bu hayotiy kuch ta`sirida sintez bo`ladi, degan vitalistik ta`limot yaratildi. = “Kita” – hayot, hayotiy kuch =
2. Analitik davr – XVIII asr oxiridan XIX – asrning 60-yillarigacha bo`lgan davr. Bu bosqichda dastlabki nazariyalar yaratilgan. Organik kimyo fan sifatida vujudga kelgan. Ko`plab organik sintezlarni hosil bo`lishi vitalistik ta`limotni noto`g`riligini ibotlagan.
XVI asrda etil spirit sulfat kislota bilan ishlash natijasida dietilefiri olingan edi. Organik moddalarni sof holda olish va ularni o`rganish XVIII asrning oxiri XIX asr boshlariga kelib kuchaydi.
1824-yili Berselliusning shogirdi Vyoller laboratoriya sharoitida birinchi bo`lib – ditsiandan – oksalat (shavel) kislotani kashf qilgan.

CN COOH
│ + 4H2O  │ + 2NH3


CN COOH
1828-yil Vyoler ammoniy sianatdan  mochevina (karbamid) ni sintez qildi.
O

NH4OCN NH2 – C – NH2
1842(32) – yilda Zinin nitrobenzol qaytarib Anilin sintez qildi.
C6H5NO2 + 3H2S → C6H5NH2 + 2H2O + 3S
1845-yilda Kolbe etanoldan – sirka kislotani sintez qildi.
C2H5OH + [O] = CH3COOH + H2O
1454-yili Bertlo – yog`ni sintez qildi.
1861-yili Butlerov chumoli aldegiddan Ca(OH)2 bilan qizdirib shakarsimon modda sintez qildi.
6HCHO C6H12O6
1814-yilda Krixgof kraxmalni gidrolizlab glukoza sintez qildi.
Libin – achchiq bodom mag`zidan  benzoy aldegidini  benzoy kislotani sintez qildi.
“C” barcha organik b.da “IV” valentli buni = 1857 yili Kekule va Kolbe = “1860 yili” = Kuper va Kekule = aniqlagan. Organik moddalar soni 10 mln dan ortiq bu birikmalarni tartibga solish maqsadida turli nazariyalar taklif qilindi.
Ko`pchilik ximiklar organik moddalar rivojlanishiga kirishib boshqa moddalarga aylanganda ularning molekulalaridagi atomlarning ma`lum bir guruppalari o`zgarmasligi kuzatildi.
1815-yilda Gey Lyusak, 1823-yilda Vyoller, 1832-yil Libix kabi olimlar tomonidan organik moddalarni bir sistemaga solish maqsadida = radikallar nazariyasi = taklif etildi. Bu nazariyaga ko`ra radikallar organik moddalarda atom vazifasini bajarib, hech qanday o`zgarishga uchramaydi.
Organik kimyoning rivojlanishi 1840 – 1854 yillarga kelib “radikallar nazariyasi” o`rniga “tiplar nazariyasi” ni vujudga keltirdi. Bu nazariyani J.Dyuma, Sh.Jerar, A.Loran, A.Kekule: ular reaksiya nazariyasida o`zgaradigan qismiga qarab tiplarga bo`lish mumkin degan fikrni ilgari surdi. Bunda organik birikmalar ----- 5 ta tipga: H2, H2O, HCl, NH3 va CH4 tipiga bo`linadi.
1. H2O tipi2. NH3 tipi
3. H2 tipi
4. H gal.
5. CH4 tipi – 1858 Kekule fanga kiritgan.
H2O – spirtlar, glikoller, oddiy efirlar kabi moddalar kiradi.
NH3 tipiga – aminobirikmalar misol bo`ladi.
H2 tipiga – uglevodorodlar
CH4 tipiga – uglevodorodlar va boshqa gruppa saqlovchi moddalar kiradi.
H2O tipiga R – O – H spirt C2H5OH etilspirti
R – O – R etil C2H5 – O – C2H5 dietil efiri
NH3 tipiga R – NH2 CH3 – NH2 CH3 – NH – CH3
metilamin dietilamin
CH3

CH3 – N – CH3 – trimetilamin
HCl H-gal tipi R – Cl
CH3 – Cl
CH4 tipi

1. Vodorod tipi


H CH3 C2H5 CH3
│ │ │ │
H H H CH3
2. H2O tipi – H2 atomi o`rniga radikal birikib, spirt, efir, kislota, kislota angidrid xosil bo`ladi:

H – O – H CH3 – O – H CH3 – O – CH3; CH3COOH; CH3 – C

CH3 – C

3. HCl tipi – bu tip galogenli organik birikmalarning xosil bo`lishi ifodalanadi.


CH2COOH
H – Cl CH3 – Cl CH3 – C │
Cl
4. NH3 tipi – bu tip aminlar, aminolislotalar tuzilishi tushuntiriladi:
H – N – H CH3 – N – H CH3 – N – CH3 H – N – CH2COOH
│ │ │ │
H H H H
5. CH4 tipi – bu tipni 1858 yili Kekule taklif qilib metanning H atomlari o`rniga boshqa atomlar bilan almashinishidan uglevodorodlar, spirtlar, galogenli birikmalar xosil qiladi.
H H H H H
│ │ │ │ │
H – C – H H – C – CH3 H – C – OH H – C – Cl Cl – C – Cl
│ │ │ │ │
H H H H Cl


Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin