Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi


-rasm. Vodorod atomining 1s-, 2s- va 3s-orbitallari uchun radius o’zgarishi bilan elektron bulut zichligi ( Ѱ² )ning o’zgarishi



Yüklə 4,05 Mb.
səhifə75/137
tarix22.12.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#189828
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   137
1.05.majmua kimyo-2023

2-rasm. Vodorod atomining 1s-, 2s- va 3s-orbitallari uchun radius o’zgarishi bilan elektron bulut zichligi ( Ѱ² )ning o’zgarishi.
Orbital kvant son
Orbital kvant son — l bosh kvant son bilan quyidagicha bog‘langan:
a) l ning qabul qiladigan qiymatlar soni har bir pog‘ona uchun noldan boshlanib, ayni pog‘onaning raqam qiymatidan bitta kichik bo‘lgan raqamlar oralig‘idagi kattaliklar (bosh kvant soniga teng bo‘lgan) soniga teng bo‘ladi. Pog‘onachalar raqamlar bilan, ko‘pincha esa lotin alifbosining kichik harflari bilan:
l= 0 bo‘lsa, s — harfi bilan,
l = 1 bo‘lsa, p — harfi bilan,
l= 2 , 3, 4… bog’lganda d , f g — harflari bilan ifodalanadi
Orbital kvant sonning bunday belgilari bir vaqtning o‘zida pog‘onacha tarkibiga kiruvchi orbitallar shaklini ham ifodalaydi. n bilan l orasidagi munosabat quyidagi jadvalda aks ettirilgan:



n va l orasidagi bog‘lanish
Bu jadvalda atomlardagi oltita elektron pog‘onalar strukturasi keltirilgan.
Bosh kvant sonlari turli bo‘lgan s-pog‘onachaga tegishli elektron orbitallarning ko‘rinishi markazi yadroda joylashgan konsentrik sfera shaklida ( 1-rasm) bo‘lib, bosh kvant sonning qiymati ortib borgan sari unga taalluqli bo‘lgan 5-pog‘onachaning ko‘lami ham ortib boradi, ya’ni elektron buluti zichligi maksimal bo‘lgan fazo chegarasi yadrodan uzoqlashib boradi. Pog‘onani tashkil etuvchi pog’onachalar elektron orbitallar deb yuritiladi. Orbital kvant sonning turli raqamli qiymatlari uchun turli shakldagi orbitallar taalluqli.
Magnit kvant son
Magnit kvant son — m elektron orbitallarning fazoviy holatini ifodalaydi. Har bir orbital kvant son ( l) ga tegishli bo‘lgan magnit kvant sonning qabul qiladigan qiymatlari soni (boshqacha aytganda, har bir pog‘onachalarning necha xil fazoviy holatda bo‘lishini aks ettiruvchi raqam) m =2l+1 ga teng bo‘ladi, lekin har bir energetik pog‘onachalardagi orbitallarga tegishli magnit kvant sonning qiymati +l, + (l-1 ), …, 0, . . . – ( l – 1), – l chegarasida bo‘ladi; boshqacha aytganda, m ning maksimal qiymati l ning musbat va manfiy qiymatiga teng bo‘ladi.
Orbital va magnit kvant sonlar orasidagi bog‘lanish
Magnit kvant sonning qabul qiladigan qiymatlar soni ayni pog‘onachadagi orbitallar soniga teng. ns-pog‘onachalar qaysi pog‘onaga taalluqli bo‘lmasin, ulardagi s- orbitallar faqat bitta, np-pog’onachalarda 3 tadan p-orbitallar, nd-pog‘onachalarda 5 tadan d-orbitallar bo‘ladi va hokazo.
p-orbitallarning uch xil bolishi o ‘zaro 90° burchak ostida joylashgan fazoviy koordinata o ‘qlari 3-rasmda ko‘rsatilgan. Xuddi shunday vaziyat d- va f-orbitallarga ham taalluqli (d-orbitallarning fazoviy holatlari ham shu rasmda keltirilgan)
3-rasm. s-, px, py – va pz-orbitallarning fazoviy shakllari
Har bir qobiqchada qancha orbital bo‘lmasin, ular bir-biridan faqat fazoviy holati jihatidan farq qiladi, ularning energetik farqlari yo‘q. Atomdagi elektronlarning energetik farqlari faqat n- va l-qiymatlar orqali yuzaga kelib chiqadi.
Yuqorida uchta kvant soni yordamida atomdagi elektronlarning yadrodan qanday uzoqlikda va qanday energetik xususiyatga ega bo’lishini (n), elektron harakat qiladigan orbitallarning xillari va sonlarini (l), shu orbitallarning fazoviy holatlari qanday ekanligini aks ettiruvchi (m) kvant sonlarni kо‘rib chiqdik. Ularning hammasi faqat elektron orbitallami tavsiflovchi kattaliklardir, ular elektronlarga xos xususiyatlami aks ettirmaydi.
Bu xususiyatlar to‘rtinchi kvant son — spin kvant son orqali ifodalanadi.


Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin