Annotasiyasi



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə13/25
tarix07.06.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#126595
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
yulduz dessertatsiya ohir

5. Ijtimoiy kompetensiya metodik tayѐrgarlik darajasini oshirish ijtimoiy ahamiyatini anglash, taklif qilingan yangi metodik ѐndashishlar va ularning qo‘llanilishiga javobgarlikni o‘z zimmasiga olish qobiliyati ko‘rsatkichi, shaxsiy qiziqishlarning aniq bo‘lajak kasb ta’limi, ta’lim muassasasi, jamiyat ehtiѐjlari bilan bog‘liqligining namoѐn bo‘lishi hisoblanadi. U axloqiy madaniyat, ideallar, ma’naviy qadriyatlarni tavsiflaydi. Bo‘lajak kasb ta’limi pedagoglarida uslubiy tayѐrgarlikni mustaqil loyihalashtirishga ijtimoiy tayѐrlik tarkibiy qismi rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchlar bo‘lib yuqori axloqiy ehtiѐjlar va umumshaxsiy va kasbiy o‘z-o‘zini takomillashtirish dalillari; faol haѐtiy pozitsiya; doirasida haѐt tushuniladigan o‘z asl vazifasini topish va u haqda qayg‘urish “to‘g‘ri yo‘l” hissi, aynan shunday o‘zini amalga oshirish zaruriyatiga ishonch bilan kuzatiladigan kechinma hisoblanadi. Hech qanday ma’muriy metodlar bilan boshqarish metodik tayѐrgarlikning mustaqil loyihalashtirilishi, erishish usullarini mustaqil tanlash orqali mustaqil qo‘yilgan maqsadga erishishni rag‘batlantiruvchi o‘z mehnati ijtimoiy ahamiyatiga asoslanadigan mustaqil tashkil qilingan pedagog faoliyati bilan sifatli samara bo‘yicha tenglasha olishga qodir emas.
“Kompetensiya”, “kasbiy kompetentlik”, “loyihaviy faoliyat” haqidagi olimlarning nuqtai nazarlarining batafsil tahlili, kasbiy kompetentlikning asosiy tarkibiy qismlari (A.K.Markovaga ko‘ra) hamda loyihaviy faoliyat xususiyatlari va tuzilishini aniqlagandan keyin o‘z ishimizda yana bir, fikrimizcha, kasbiy kompetentlikning muhim bo‘lgan tarkibiy qismi – loyihaviy kompetensiyani aniqlash va izohlab berishga urindik.
Loyihaviy kompetentlik, birinchidan, kasb ta’limi va zamonaviy pedagogning raqobatdoshligini ta’minlash masalalarini hal etishda muhim o‘rin tutadi, sababi tahsil oluvchilar ta’limi sifatini oshiruvchi pedagogik loyihalarni ta’lim jaraѐniga tayѐrlash va joriy etish uchun zaruriy bo‘lgan bilim, qobiliyat va shaxs xislatlari yig‘indisini bildiradi.
Ikkinchidan, pedagogning loyihaviy kompetentligi loyihaviy faoliyat samaradorligini ta’minlovchi pedagogik vazifalarni hal etish shartlarining o‘zgarishlariga ko‘ra o‘zgaruvchan, dinamik, o‘z vaqtida to‘g‘rilanadigan kompetensiyalar majmuasini bildiradi. Umumiy ko‘rinishda u kasbiy amaliѐtda mavjud bo‘lgan loyihaviy faoliyatning amalga oshirilishi tajribasini natijaviy qo‘llash qobiliyati va tayѐrligida ifodalanadi va umumiy kasbiy-pedagogik kompetentlikning qismi bo‘lib hisoblanadi, uning shakllanishi bo‘lajak mutaxassislar tayѐrgarligining barcha asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Uchinchidan, loyihaviy kompetentlik – nostandart loyihaviy fikrlashning shakllanishi, innovatsion pedagogik strategiyalarning egallanishi yuqori darajasi va pedagogik faoliyat mazmuni, vositalari va metodlari, shartlari o‘zgarishiga moslashishga qaratilgan loyihaviy qobiliyatlar va kompetensiyalar majmuasini egallashning yuqori darajasidir.
Kompetensiya turlari.
Kompetensiya-sohaga oid bilim, ko‘nikma, malaka, qarashlar majmui, shaxsning qadriyati va sifatlari, kvalifikatsiyaning namoyon bo‘lishi yoki ta’sir ko‘rsatish qobiliyati. Kompetentlik-muayyan lavozimga mos o‘z kasbining mohir egasi bo‘lgan shaxsga xos sifat.
Kasbiy kompetensiya - Pedagogika va psixologiyaga doir bilimlarga ega bo‘lish; - O‘z ustida ishlash; - Ta’lim jarayonini rejalashtirish, baholash va qayta aloqani o‘rnata olish; - Bolalarda motivatsiyani shakllantirish; - AKTni bilishi; - Ta’lim muhitiga yangilik kiritishi; - O‘z fanini mukammal bilishi; - Xorijiy tillardan birini bilishi.
Kasbiy kompetensiyani shakllanish bosqichlari:
- O‘z-o‘zini tahlil qilish va zarur narsalarni anglash;
- O‘zini rivojlantirishni rejalashtirish maqsad, vazifa belgilash;
- O‘zini namoyon etish va kamchiliklarini tuzatish;
SHaxsiy kompetensiya
- Muloqatchanlik - Bag‘rikenglik - Etakchilik - Faollik va tashabbuskorlik - Moslashuvchanlik - Sog‘lom turmush tarziga amal qilish - Ma’suliyatlilik - Ishchanlik - Insonparvarlik - Samimiylik - Nazokatlilik.
Pedagogning kompetensiya turlari

  • Kasbiy

  • SHaxsiy

  • Umummadaniy

  • Maxsus

  • Umummadaniy kompetensiya

- Ma’lumotli - Madaniyatli - Umuminsoniy qadriyatlarga egalik - Milliy madaniyatga ega bo‘lish - Mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etish - Boshqa millatlarning madaniyatini hurmat qilish.
Maxsus kompetensiya - Faniga doir maxsus metodlarni bilish - Bolalar ehtiyojini bilish - Turli yosh xususiyatlarini bilish.


Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin