Markazda shaxs turuvchi yondashuvi- boshqaruvni inson shaxsida markazlashtirish uning mohiyatini ochib beradi.21 Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatining o‘ziga xosligi jihatida kо’rib chiqilgan bunday yondashuvning quyidagi qoidalari o‘rganilayotgan ta’lim jarayoni sifati va samaradorligini takomillashtirishning konseptual asoslarini ishlab chiqishda yetarli asoslanadi: Pedagogik jarayonning ham pedagog, ham bola rivojlanish subyektlari bo‘ladigan ta’lim muhitini yaratishga mo‘ljallanganligi. Bu quyidagilar muhimligini takidlaydi: a) maktabgacha ta’lim bolaning har tomonlama rivojlanishi davri sifatidagi o‘z o‘rni borligi; b) pedagogga bolalar bilan pedagogik ishni tashkil etishda mustaqillik berish va uning kasbiy o‘sishini ko‘mak berish, o‘zini ifodalash ehtiyojlarini qondirish boshqaruvning sababiy (motivatsion) va muvofiqlashtiruvchilik asoslarining kuchayishi, shu munosabat bilan quyidagi masalalar ahamiyatga molik bo‘lib: a) maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasini birlashtiruvchi va uni sifatli mehnatga undovchi qadriyatlar, me’yorlar, an’analar tizimi sifatida tashkiliy madaniyatni olib borish; b)vazifalararo muvofiqlashtirishga asoslangan sifatni takomillashtirishning tashkiliy mexanizmini ko‘rsatish hamda rahbar tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotining uzluksiz rivojlanishini, uning realdan potensial ta’lim sifatiga o‘tishini rag‘batlantiradigan samarali boshqaruv yo‘llari amalga oshirishdir. Dasturiy-maqsadli yondashuv- boshqariladigan obyekt parametrlarini berilgan dastur asosida o‘zgartirish mumkinligini taqozo etadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayoni sifati va samaradorligini takomillashtirishning pedagogik tizimini ishlab chiqishda quyidagilarni dasturiy-maqsadli yondashuvning muhim asosiy qoidalari quydagilarni kiritishimiz mumkin bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim jarayoni sifati va samaradorligini takomillashtirishning pedagogik tizimini ishlab chiqishda maqsadni qo‘yishning aniqligi. Maqsadlarning ko‘p qirraliligini asoslash, uni vazifalarga moslashtirish ahamiyati, ularning mantiqiy va hajmiy nisbatlarini ko‘rsatishdir.