Annotasiyasi



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə19/25
tarix07.06.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#126595
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
yulduz dessertatsiya ohir

III BOB. XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHGA OID TAJRIBA-SINOV ISHLARINI MAZMUNI VA NATIJALARI
3.1-§ Xorijiy tajribalar asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining kompitentligini oshirish borasida o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari
Bizga ma’lumki, ta’lim sifati ustuvorligi maktabgacha ta’lim tashkilotidan boshlab, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida boshqaruvning samarali yo‘llarini ishlab chiqish nihoyatda dolzarb masala bo‘lib kelmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolani har tomonlama tarbiyalash, unda "mukammallik" darajalarini shakllantirish muhim omil bo‘lganligi bois maktabgacha ta’lim, ayniqsa muhim rol o‘ynaydi. Sifat darajasiga urg‘u berish va uni hayotning barcha sohalariga, jumladan, ayniqsa inson va jamiyat bo‘lg‘usi hayotiy faoliyatining qiyofasini belgilovchi va shakllantiruvchi ta’lim sohasiga singdirish ham inson hamjamiyatining zamonaviy taraqqiyotiga mos bo‘lib kelmoqda. Shu nuqtai nazardan ta’lim "madaniyatli inson" yoki sivilizatsiya va aynan jamiyat rivojlanishining ma’lum bosqichida ijtimoiy-madaniy me’yorlarga javob beruvchi inson shakllanishini ta’minlovchi madaniy-ijodiy vazifani zimmasiga oluvchi umummadaniy qadriyat sifatida qaraladi. Shu ma’nodan kelib chiqib ta’limni "kvalitetizatsiya" (lotincha qualiyas - sifati) bo‘lg‘usi, zamonaning muhim ijtimoiy o‘rni, shu jumladan, shaxs rivojlanishi ustuvorligiga sabab bo‘luvchi omil jamiyatining "barqaror rivojlanishi" tizmiga o‘tish jarayonini ta’minlashga qodir insonni shakllantirishni yuzaga keltiruvchi hal qiluvchi jarayon sifatida talqin qilinadi. Maktabgacha ta’lim tizmi sharoitida ta’lim sifati va samaradorligini takomillashtirishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, uning bazaviy komponentlarining o‘ziga singdirish jiddiy nazariy eksperimental tadqiqotlar olib borilishiga sabab bo‘lmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimi rivojlanishining asosiy yo‘llarini aniqlash ta’limdagi va jamiyatdagi hozirgi vaziyatni hisobga olgan holda ularning ta’lim sifatiga ta’sirini belgilash uning ilk bo‘g‘ini bo‘lishi lozim.Tadqiqotimizdagi zamonaviy yondashuvlar ular kibernetik, tizimiy, tizimiy-genetik, majmuaviy, sinergetik, markazda inson turuvchi, dasturiy-maqsadli yondashuvlarni kiritishimiz mumkindir.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin