Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda oilа, maktab vа mahalla hаmkorligi



Yüklə 113,41 Kb.
səhifə1/6
tarix07.01.2024
ölçüsü113,41 Kb.
#201661
  1   2   3   4   5   6
Qudratova MUNIRA


MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TARBIYALASHDA OILА, MAKTAB VА MAHALLA HАMKORLIGI.

KIRISH
Har bir yosh davrida bola turli faoliyat bosqichlarini bosib oʼtadi va hayotiy tajribasi ortib boradi. Yosh bolada oʼyin faoliyati ustunlik qilib, taʼlim faoliyatiga oid motivlar, ehtiyoj va qiziqishlar tarkib topa boshlaydi. Bolaning maktab taʼlimiga tayyorligi tushunchasi ularning jismoniy, psixologik, aqliy, axloqiy tayyorligi bilan belgilanadi. Xabarimiz borki, ayirim hududlarida koʼp bola maktabgacha taʼlim tashkilotiga qatnamaydi. Bolaning asosiy vaqti oila muhitida boʼlganligi uchun ota-onaning bolani maktabga tayyorlashdagi roli beqiyosdir. Har bir ota-onaning vazifasi farzandining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, tabiiy uy sharoiti muhitidagi voqea-hodisalar jaraѐnida farzandiga oʼqishning aqliy mehnat ekanligini, diqqatini, irodasini ishga solishi kerakligini, bundan tashqari oʼz xulqini idora etishi, xatti-harakati uchun javob berishi lozimligini anglatishi zarur. Oiladagi sogʼlom muhit odamiylik, insonparvarlik munosabatlari farzandlarning ruhiy dunѐsiga ijobiy taʼsirkoʼrsatadi. Ota-onaning oʼzaro yaxshi munosabati, mehribonligi, gʼamxoʼrligi oiladagi farzandlarning munosabatlari toʼgʼri shakllanishiga yordam beradi. Bolalarni tarbiyalashni toʼgʼri hal qilinishi tarbiya ishining koʼyilishiga kompleks yondishishga, maktabgacha taʼlim tashkilotining oilava maxallaning toʼliq oʼzaro xamkorligi va harakatining birligiga bogʼliq. Mahalla, maktabgacha taьlim tashkiloti va oilaning oʼzaro aloqasi bola tarbiyasi masalasida tajriba almashinib turish imkoniyatini yaratadi. Maktabgacha ѐshdagi bola maktab taьlimiga tayyor boʼlishi uchun undan jismonan sogʼlomlik, nutq va tafakkurning maьlum doirada rivojlanganligi, shaxsida maьnaviy va axloqiy xususiyatlarning yetarli shaklanganligi, maktab hayoti haqida tegishli tasavvurlarga ega boʼlishi talab etiladi. Mahalla, ota-onalar bilan maktabgacha taьlim tashkiloti xodimlarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etish birgalikda yillik reja tuzishdan boshlanadi. Bu reja sinchiklab oʼylab tuzilishi kerak. Birgalikdagi faoliyat kerakli darajada amalga oshiriladigan joyda oʼzaro ѐrdam, bir - birini tushunish, topshirilgan ishga javobgarlik holati vujudga keladi. Bolalarni maktabga tayѐrlashda zarur boʼlgan amaliy koʼnikmalarni oʼzlashtirishda ota-onalarga yordam berish maqsadida ular uchun mahallalar qoshida pedagoglarni jalb etgan holda qisqa muddatli toʼgaraklar, maslahatxona tashkil etish lozim. Ota-onalar bilan ishlashning eng samarali shakllaridan yana biri taʼlim-tarbiya jarayonida ota-onalar ishtirokini taʼminlashdir1. Bolalarning maktab taьlimiga sifatli tayyorlash ishining butun murakkabligi, koʼp qirraliligini anglash uchun ota-onalar maktabgacha taьlim tashkilotida boʼlib turishlari kerak.



Yüklə 113,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin