Annotasiyasi



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə18/25
tarix07.06.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#126595
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
yulduz dessertatsiya ohir

II- bob bo‘yicha xulosa
Tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchilarnining munosabati bo‘limida tarbiyachi katta rol o‘ynaydi.Chunki u yetakchi rolini bajaradi. Munosabat-pedagogik faoliyatinining eng asosiy professional kurolidir. Pedagogik munosabat esa - bu tarbiyachining tarbiyalanuvchi bilan mashg‘ulotda, mashg‘ulotdan tashkarida bo‘lgan professional munosabat. Bu munosabat ijobiy psixologik muxit yaratish uchun karatilgan.
Noto‘g‘ri pedagogik munosabat tarbiyalanuvchining ikkilanishiga, xotirasi, dikkatining bo‘linishiga, mustakil fikr yurita bilish, xoxishni keskin pasaytirib yuboradi. Natijada fakat tarbiyachiga emas, balki uning mashg‘uloti xam tarbiyalanuvchi tomonidan negativ karash paydo bo‘ladi.
Pedagogik (faoliyat) munosabat, sotsial-psixologik protsess singari kuyidagi funksiyalari bilan xarakterlanadi; shaxsni anglash, informatsiya almashish, faoliyatning tashkil etilishi, rollar almashuvi, hamdardlik va o‘zini ishontirish.
Munosabatning informatsiyaviy funksiyasi, ma’naviy boyliklarni va materiallar almashuvini ta’minlaydi, ta’lim-tarbiyaviy jarayonda ijobiy motivizatsiya uchun sharoit yaratadi. Tarbiyachi uchun bolani tushuna bilish, ularning etiyojlarini bilish muhim. Tarbiyalanuvchini darsga qiziqtirish va rag‘batlantirib turish kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining muhiti maktabdan ancha farq qiladi. Maktabgacha ta;lim tashkilotida pedagog- tarbiyachi bolaga ta’lim-tarbiyani asosan o‘yin faoliyat orqali beradi. O‘yin faoliyatidan tashqari mashg‘ulot jarayonida, mehnat faoliyati orqali bolani har tomonlama rivojlantirib, unda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga harakat qiladi. Tarbiyachi qanday faoliyatda bo‘lmasin bola bilan bevosita munosabatda bo‘lib, u etakchi rolni o‘ynaydi. Tarbiyachi bola tarbiyalashdan avval uni psixologik jihatdan o‘rganib chiqishi kerak. Bolaga baqirmaslik va uning shaxsini do‘stlari oldida pastga urmasligi kerak.
Tarbiyachi bolani qo‘llab-quvvatlashi, to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi shart. U bolada o‘ziga nisbatan ishonch xosil kilishi kerak. Bolaga ta’lim-tarbiya berib bo‘lmaydi. Chunki o‘zini erkin his kilmagan bola hech kachon normal rivojlanmaydi. Bu qo‘rquv bolada tarbiyachiga nisbatan, Maktabgacha ta;lim tashkilotiga nisbatan nafrat uyg‘otadi. Qo‘rquvni his kilgan bola hech kachon tarbiyachi tomonidan berilgan informatsiyani qabul qilmaydi. CHunki bolaning diqqati bo‘lingan bo‘ladi, unda ikkilanish, passivlik paydo bo‘ladi. Bunday vaziyat tuzilmasligi uchun tarbiyachining nutqi aniq ravon ifodali bo‘lishi kerak. Agar mashg‘ulotda passiv qatnashsa, uni aktiv bo‘lishga jalb qilish; bola noto‘g‘ri javob bersa - unga baqirmasdan xatosini tushuntirish, bolani rag‘batlantirish, uni ko‘ngliga yo‘l topish har bir tarbiyachining vazifasidir


Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin