Annotatsiya: Bugungi har tomonlama jipslashgan dunyoni aloqa vositalari va ular birlashtirgan madaniyat va taraqqiyotsiz globallashuvsiz tassavur eta olmaymiz. Va o'z navbatida bu jarayonning ham foydali jihatlari mavjud. Kalit so'zlar
Globallashuv jarayonining jamiyatga va davlatga ijobiy ta’siri
Samarqand davlat chet tillar institute talabasi: Abdulaziz Kurbon o'g'li Shodiev Ilmiy rahbar : N.N Zubaydova Annotatsiya: Bugungi har tomonlama jipslashgan dunyoni aloqa vositalari va ular birlashtirgan madaniyat va taraqqiyotsiz - globallashuvsiz tassavur eta olmaymiz. Va o'z navbatida bu jarayonning ham foydali jihatlari mavjud.
Kalit so'zlar:zamonaviy texnika va texnologiya, ta’lim, biznes, sanoat.
Bugungi taraqqiy etgan dunyoda bo’layotgan o’zgarishlar, rivojlanish, madaniyat, ta’lim va kishilik jamiyatidagi ko’plab o’zgarishlarni borlashtirgan “globallashuv” degan tushuncha borki, uning ta’sirini aksariyat jamiyat a’zolari zararli deb hisoblashadi. Ushbu so’z ingliz tilidagi “globe” ya’ni globus so’zi bo’lib, aniqroq aytganda dunyo yaxlit bitta tizimda integrallashiyotganini anglatuvchi tushunchadir. Globallashuv tushunchasini kengroq anglashga harakat qilamiz. Bunda dunyo mamlakatlarining ko’plab sohalari: sanoat, texnika va texnologiya, ta’lim, o’zgarishlar, madaniyat va eng asosiysi ijtimoiy tarmoqlar globallashuv nomi ostida bitta tizimga, bir xillikka intilgan holatda, qulay atmosferani istab, o’zi istar-istamas holatda yaxlitlik va o’xshashlikka intilib boradi. Yana ham oddiroq aytganda globallashuv ma’lumot, texnologiya va mahsulotlarning xaridor va sotuvchilar o’rtasida oson taqsimlanishiga ishora qiladi va bular ushbu jarayonning eng asosiy manfaatli jihatlari hisoblanadi. Ko'pchilik insonlar payqamagani holda globallashuv dunyoni allaqachon bitta bog'lovchi omil sifatida birlashtirib bo’lgan. Jahon mamlakatlarining ushbu g’ayrioddiy tarzda ma’lum sohalarda bir xillikni tashkil etishining milliy madaniyatga, urf - odatlarga, ba'zi o'rinlarda tarbiyaga salbiy ta'sir o'tkazishini hisobga olgan holatda, uning bizga foyda keltirishi mumkin bo’lgan jihatlari haqida bahs yuritishni lozim deb topdik.
Globallashuv biznesga juda katta ijobiy ta’sir o’tkazadi. Bundan tashqari o’z dunyoqarashini kengaytirmoqchi va dunyoning zamonaviy yutuqlaridan keng foydalanmoqchi bo’lgan kishilar quyidagi qulayliklarga erishishi mumkin.
1. Dunyo aholisi turmush tarzi bilan tanishish. Bu holatda har kimsa duyo miqiyosida tayyorlanayotgan filmlar, shoular, o'zga xalq ta’omlari bilan tanishish va bevosita o'z turmush tarzida qo'llash imkoniyatiga ega bo'ladi. Ushbu yo'nalishda aksariyat rivojlangan mamlakatlarda qo'llanilayotgan kishi hayotiga ijobiy ta'sir o'tkazuvchi shou va dasturlar izlanuvchiga katta imkoniyatlar eshigini ochib beradi.
2. Texnika va texnologiyalarning dunyo hamjamiyati tomonidan birdek qabul qilinishi va tarqalishi. Hammamizga ma'lumki ushbu jarayon allaqchon amalda va biz undan kundalik turmushimizda deyarli har soat foydalanamiz. Bugungi zamonaviy dunyoni texnika olamining olamshumul yutuqlarsiz tasavvur eta olmaganimiz holda, bugun Amerika mamalakatlarida chiqqan texnik yangilikning bir necha kun ichida bizga yetib kelishini globallashuv so'zi bilan bog'lashimiz mumkin. Bundan tashqari tarqalishi uchun soniya ham ketmaydigan soha-media ma'lumotlari, bu jarayonning yanada tushunarli va amalda bo'lishi uchun imkoniyatlar eshigini ochib beradi.
3. Mahsulotlarning qulay va arzon narxlari ham ushbu jarayonda erishilishi mumkin bo'lgan va ko'pchilik rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlar erishgan yutuqlardan hisoblanadi. Jahondagi mamlakatlar internet tarmog'i orqali bir biriga chambarchas bog'langani holda mahsulaot ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va korxonalar qilgan raqobat ushbu arzon va to'kis hayotimizning barpo bo'lishida o'z hissasini qo'shib kelmoqda.
4. O'z-o'zidan bu jarayon jahon bo'yicha aholi yashash sifatining yuksalishida katta xizmat qilib kelayabdi. Buning isboti o'laroq Jahon Bankining kambag'allik bo'yicha o'tkazgan izlanishlarini keltirishimiz mumkin. Bankning ma'lumotlariga qaraganda 1990 - yildan buyon jahon bo'yicha keskin kambag'allik 35 % ga qisqargan. Hamda 1990 - yildagi kambag'allik holatlarini 2015-yilgacha qisqartirish rejalashtirilgan. Bu natijaga esa 5 yil avval 2010-yildayoq erishildi. O'sha yillardan buyon dunyo bo'yicha 1.1 milliard aholi o'ta kambag'allik holatidan chiqarildi.
5. Internet butun dunyo iqtisodi va media dunyosini birlashtirib, xalqaro ish o'rinlarini yararilishida katta imkoniyat yararib berdi. Hozirgi kunda dunyoning qaysi nuqtasida bo'lishdan qat'i nazar, internet tarmog'iga ulana oladigan va kompyuter sohasidagi biror ko'nikmani o'zlashtirgan odam hech qanday sarmoya kiritmagan holida, uyda o'tirib bemalol pil ishlash imkoniga ega. Bunday sohaga hozirgi kunda ommalshgan frilanserlikni kiritishimiz mumkin. Frilanserlar chet yoki o’z davlati kompaniyalari bergan topshiriqlarni bajargan holda daromad qilishni yo'lga qo'yishgan.
6. Ta’lim sohasidagi tajriba va bilim almashinuvlarini ham globallashuv jarayoniga kiritishimiz kerak. Ushbu vaziyatda yana bizga dunyoni bog'lagan tarmoq yordamga keladi. Bugungi kunga kelib, internetdan to'g'ri foydalana olishni bilgan o'quvchi istalgan sohasini uyda o'tirgan holatida kam pul sarflab qo'rganish imkoniyatoga ega. “You tube” va “Zoom” platformalarida yaratilgan pullik va bepul dars kontentlari, buni amalga oshirib beradi. Misol tariqasida til o'rganish sohasini keltirishimiz mumkin. Hozirda istalgan tilni o'rganish uchun “You tube” va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda bepul darsliklar bazasi mavjud. Birgina ingliz tilini o'rgatish uchun nafaqat ingliz mamlakatlari, balki butun dunyo ijtimoiy tarmoqlarda harakat qilmoqda. Bunga sabab esa o’qitishda ham frilanserlik qilib pul topish imkonining yaratilganligidir.
Dunyo rovojlangani sari globallashuv jarayoni ham kun sayin o'sishga hamohang tarzda o'sib boraveradi. Bunga sabab esa kishilik jamiyating yanada yaxshiroq sharoitlarga qarab intilishidir. Globallashuvning ijobiy jihatlarini o'z hayotimizda qo'llayotganimizni hisobga olgan holatda, bu jarayonning yanada kengroq tarqalishiga o'z hissamjzni qo'shishimiz lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Saytlar: 1. Velocityglobal.com
2. The World Bank, “Understanding poverty”. Ko'rib chiqing: http://web.worldbank.org/WBSITE/EXTERNAL/TOPICS/EXTPOVERTY/0,,contentMDK:20153855~menuPk:373757~pagePK:148956~piPK:216618~theSitePK:336992,00.html#trends