Annotatsiya



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə67/81
tarix11.05.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#57513
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   81
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a

BOG‘CHA MAYDONCHASI- Har bir yosh guruhi uchun ajra-tilgan alohida maydoncha bо‘lishi kerak. Maydonchada bolalarni harakatlanish uchun joy (tekis maydoncha)qum, suv, qurilish meteriallari, aynan о‘ynaladigan о‘yinlar uchun joy, ijodiy о‘yinlar va turli о‘yinchoklar bilan о‘ynaladigan о‘yinlar uchun joy ajra­tiladi.

OQILONA TASHKIL ETILGAN OVQATLANISH -bolalarning о‘sib borayotgan orga­nizmi uchun ayniqsa, muhim ahamiyatga ega, u barcha tо‘qimalarning meyorli о‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi.

OVQATLANISH MEYORI- har qanday chetga chiqish bo­lalar organizmi, hayotiy faoliyatiga tezda ta’sir qiladi va bola qanchalik kichik bо‘lsa, u eng kichik bu-zilishga ham shunchatik kuchli ta’sir kо‘rsatadi.

BOLALARNI ILK YOSHLIGIDAN - boshlab ovqatni mustaqil yeyishga о‘rgatish ularga ovqatni ishtaha bilan yeyishga, ovqatga ijobiy munosabat uyg‘otishga yordam beradi. 2 yoshdan boshlab qoshiqdan foydalanishga о‘rgatish, 4 yoshdan sanchiqdan, 5 yoshdan pichoqdan foydalanish ma-lakalarini tarbiyalab borish zarur. Ovqatlanish vaqtida bolalarga tarbiya berish, ular-ni koyish yaramaydi. Bu holat bolalarning asabini bu-zadi, ishtahasini bо‘g‘adi. Bir bolaga berilgan tanbeh boshqa bolalar diqqatini tortmasligi lozim.

UYQU.- Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy to­mondan tarbiyalashdagi muhim vazifa asab sistemasi gi-giyenasidir. Bu vazifani hal etishda uyqu katta aha­miyatga ega. Uyqu miya katta yarim sharlarining meyorli ishlashi uchun zarur bо‘lgan kuch-quvvatni tiklaydi.

SAYR - Bolalarning uzoq vaqt ochiq havoda bо‘lishi ularning sog‘ligi va jismoniy rivojlanishiga har tomonlama ijobiy ta’sir etadi. Bolaning ochiq havoda bо‘lishi natijasida qon aylanishi yaxshilanadi. Haroratning о‘zgarib turishi havoning namligi shamol ta’siri termoregulyatsion apparatni mashq qildiradi. Organizmning faolligi yanada ortadi, harakatlar, jis­moniy sifatlar takomillashadi.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin