________________________________________________________________
I L O V A L A R
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
A.QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari prorektori
_________ B.Q.To‘xtamishev
___ ________ 2020 y.
“MAKTABGACHA TA’LIMNI BOSHQARISHNING ILMIY ASOSLARI” fanidan
ISHCHI DASTURI
Bilim sohasi:
|
100000
|
- Gumanitar
|
Ta’lim sohasi:
|
110 000
| |
Magistratura mutaxassislik:
|
5A111801
|
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
|
Jizzax-2020
Ishchi o‘quv dasturi institut Ilmiy kengashining 2020 yil “_25_” _09_ dagi _1_- sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va tavsiya etilgan.
Tuzuvchi:
-
A.Meliboyev
|
“Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi dotsenti
|
Taqrizchilar:
M.Eshonqulova
G.E.Kushakova
|
Jizzax viloyati XTXQTMOHM “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi o‘qituvchii
“Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi, katta o‘qituvchi, falsafa doktori.
|
|
|
|
|
JDPI Magistratura bo‘limi dekani:
2020 yil «_21_» 08
|
_________ p.f.d. R.Yormatov
(imzo)
|
“Maktabgacha ta’lim metodikasi
kafedrasi mudiri:
2020 yil «_20_» 08
|
_________ prof. X.A.Meliyev
(imzo)
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Maktabgacha ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari
|
60
|
60
|
120
|
2.
|
I. Fanning mazmuni - Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o‘z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o‘rtoqlarini o‘sishiga yordam beradi. Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo‘lishi, o‘zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo‘lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak.
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda maktabgacha ta’limni zamonaviy boshqaruvni rivojlanishining nazariy hamda amaliy tomonlarini o‘rganish usullari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - talabalarga maktabgacha ta’lim va tarbiyani boshqarishning zamonaviy tizimi va uni boshqarishning asosiy tamoyillari, maktabgacha ta’limni boshqarishning maqsadi, maktabgacha ta’lim va tarbiyani boshqarish usullari, shakllari, tamoyillari, qonuniyatlari shuningdek, turli tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishning prinsiplari va unga ilmiy-nazariy yondashuvi asosida xulosalar chiqarishni o‘rgatishdan iborat.
|
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
|
Dostları ilə paylaş: |