ANONS. OKMK ITIBda yong’in xavfsizligi bo’yicha seminar bo’lib o’tdi. MUXBIR. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda yiliga 7 milliondan 8 milliongacha yong’inlar sodir bo’ladi; har yili yong’inlar oqibatida 85 dan 90 minggacha odamlar halok bo’ladi; qurbonlar soni 600 dan 800 ming kishigacha. O’zbekistonda har yili 13 mingdan ortiq yong’in sodir bo’lib, ularda 140 dan ortiq kishilar halok bo’lganligi qayd etilgan.
Ana shunday fojiali holatlarning oldini olish maqsadida OKMKda muntazam ravishda yong’in xavfsizligiga oid seminarlar tashkil etilib, o’quv-taktik mashg’ulotlari o’tkazib kelinadi.
Ana shunday seminarlardan biri 22 sentabr kuni Ixtisoslashtirilgan ta’mirl ishlari boshqarmasida bo’lib o’tdi.
Unda OKMK Fuqaro muhofazasi otryadi komandiri Begzod Abduqosimov so’zga chiqib, kuz-qish mavsumida isitish tizimida yuzaga keladigan kamchiliklar, xonadonlarda va korxonalarda yong’in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etilishini unutmaslik zarurligini ta’kidladi.
Mamlakatimizda sodir boʻlgan yongʻin holatlari tahlili shuni koʻrsatdiki, aksariyat yongʻinlarning asosiy sababi: olov va isitish moslamalariga ehtiyotsizlik bilan munosabatda boʻlish38%, elektr jihozlarining nosozligi27%, pechkada isitish yoki is gazidan zaharlanish15%, bolalar o’yinqaroqligi tufayli 11%, transport vositalari 4% va qasddan yoki texnologik jarayonlardagi nosozliklar tufayli yong’in sodir qilish - 3%ni tashkil qilar ekan.
Yig’ilishda yong’in xavfsizligini ta’minlash choralari, gaz va elektr jihozlariga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, ularning yaroqliligini muntazam tekshirib turish, tegishli idoralar tomonidan faqat rasman tasdiqlangan asbob va uskunalardan foydalanish to’g’risida ham atroflicha ko’rsatmalar berib o’tildi.
Seminar davomida yong’in xavfsizligiga oid videorolik namoyish etildi.
Seminarning amaliy qismida o’t o’chirish vositalari orqali yong’inni bartaraf etish ko’nikmalari ko’rsatib berildi.
Shuningdek, seminar ishtirokchilari yong’in-qutqaruv otryadlarining xizmat ko’rsataish texnikalari bilan tanishtirildi.