AMINOGLIKOZIDLAR.
Bu gurux antebiotiklar bakteriotsid ta’sir ko‘rsatadilar. Ta’sir mexanizimi ribosomalarga ta’sir etib, oqsil sentezini buzilishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari mikroblar organizimda pirouzum kislotasining oksidlanishi buzilishi xisobiga energiya bilan ta’minlanishi keskin susayadi.
Streptomitsin-antimikrob ta’sir spektri keng: gramm manfiy bakteriyalarga ta’sir etadi. Bakteraostatik ta’siri streptokkoklar, strafilokkoklar, penevmakkoklar, gonokkoklar, o‘lat (chuma), kuydirgi, difteriya, tulyarimiya, ichburug‘, brutsellez va sil xastaliklarining qo‘zg‘atuvchilariga ichak tayoqchasi, protey, ko‘k yiring tayoqchasi, brutsellezlarga qaratilgan. Lekin streptomitsin anaeroblar, spiroxetalar, rikketsiyalar, chin viruslar, patogen mog‘orlar, sodda xayvonlarga ta’sir etmaydi. Streptomitsin asos bo‘lib kislotalar bilan turg‘un tuzlar hosil qiladi. Streptamitsinga mikroblarning chidamliligi tez rivojlanadi. MITdan yomon so‘riladi, mushak ichiga kiritilgandan keyin 1-2 soat o‘tgach qonda mak.qonsentratsiya hosil bo‘ladi. Buyrak orqali o‘zgarmagan holda 24 soat davomida ajraladi. Bunda peshobda kattagina konsentratsiya hosil bo‘lganligida peshob yo‘li xastaliklarida yaxshi natija beradi, ayniqsa gramm manfiy flora bilan chaqirilgan xastaliklarda. Streptamitsin qorin, plevra bo‘shlig‘iga, platsentar barerdan yaxshi o‘tadi, lekin GEBdan o‘tmaydi (meningitda o‘tadi). Streptamitsin asosan silni hamda tulyarimiyani, o‘lat brutsellyoz, peshob yo‘llarining infeksiyalarida va boshqalarda qo‘llaniladi. Preparatni bir kunda 1-2 marta m/i kiritiladi. Meningitlarda streptamitsinning xlorkalsiy komleksini qo‘llash maqsadga muvofiq (subaroxnoidal). CHunki u boshqa streptamitsin preparatlariga nisbatan kamroq mahalliy o‘zgarishlar chaqiradi. Lekin bu preparatning zaharliligi yuqori bo‘lganligidan juda xam zarur bo‘lgan xollarda, boshqa iloji bo‘lmaganda qo‘llaniladi. Streptamitsin zaxarliligi yuqori preparat bo‘lganligidan uni qo‘llaganda quydagi noxush ta’sir va asoratlar yuzaga keladi:
-ototoksik ta’sir (labirint, eshitish apparati);
-nerv mushak sinapesini susaytiradi va nafas olishni buzadi;
-maxalliy ta’siri kuchli (og‘riq);
-allergik reaksiyalar (LASH, zozinofiliya, dermatitlar).
Neomitsin-sulfat-neomitsin A,V va Slarning aralashmasi. Keng spektriga ega. Gramm musbat va gramm manfiy mikroorganizimlarga ta’sir etadi. Mikroorganizimlarning neomitsinga chidamliligi sekin rivojlanadi. MITdan yomon so‘riladi, shu sababli eneritlarda va ichakning operatsiyasiga tayorlashda qo‘llaniladi. (ichakni qisman sterillashda). Neomitsin ichak tayoqchasi, proteyning ba’zi shtamlari va ko‘k yiring tayoqchasiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Noxush ta’siri-allergik reaksiyalar, dispepsiya, kandidomikoz. Neomitsin yaralarning infeksiyasida, piodermiyalar, konyuktivitlarda maxalliy qo‘llaniladi. Parenteral yo‘l bilan kiritilmaydi, chunki buyrak, eshitish nervi (karlik), mushak sinapslariga kuchli zaxarli ta’sir ko‘rsatadi (nafas olishni to‘xtatadi).
Gentamitsin sulfat-ta’sir spektri keng. Ko‘k yiring tayoqchasiga, protey, ichak tayoqchasiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Mikroblarning chidamliligi gentamitsinga sekin rivojlanadi. MITdan yaxshi so‘rilmaydi, shu sababli uni parenteral m/i ga kiritiladi, bunda u 8-12 soat ta’sir etadi. GEBdan yomon o‘tadi, asosan o‘zgarmagan xolda peshob tarkibida ajraladi. Gentamitsin neomitsinga nisbatan kam zaxarliroq.
Ko‘rsatmalar:-peshob yo‘llari infeksiyada (pielonefrit, sistit);
-sepsis, kuyish, grammmanfiy mikroblar bilan yiringlagan yaralar
Noxush ta’sirlari:
-ototoksik ta’siri (vestibulyar apperat, kamroq-eshitish);
-nefrotoksik ta’siri neomitsinnikidan kamroq;
-kurarega o‘xshash ta’sir. Aminoglikozidlarning zaxarli ta’sirlari, ayniqsa buyrak faoliyati susayganda yuzaga keladi.
Sizomitsin-gentomitsinga o‘xshash, lekin proteylar, ko‘k yiring tayoqchasi, klebsiellalar, enerobakteriyalarga ta’siri bo‘yicha gentamitsindan kuchli. MITdan yomon so‘riladi, m/i kiritiladi, ta’siri taxminan 8 soat davom etadi. Ko‘rsatmalar va noxush ta’siri gentamitsinga o‘xshash.
Dostları ilə paylaş: |