MIKROBLARNING ANTIBIOTIKLAR TA’SIRIGA ChIDAMLILIGI Agar mikrobga uzoq vaqt antibiotik ta’sir etilsa, mikrob antibiotikka sekin-asta urganib, keyinchalik u antibiotikka chidamli bo’lib qolishi mumkin, kasalni davolaganda bunday holni nazarda to’tish lozim. Masalan, oziq muhitga 0,05—0,06 ml birlik penitsillin kushilsa, tilla rangli stafilokokk rivojlanishdan tuxtaydi. Lekin 20 marta ko’chirilib ekilgan muhitga kushilgan penitsillinning miqdori asta-sekin ko’paytirilib borilsa, unga stafilokokkning chidamliligi 700 marta ortadi, agarda 40 marta ko’chirib ekilsa, uning chidamliligi 5500 marta ortadi.
Ayrim paytlarda bir antibiotikka mikrobning chidamliligi oshsa, boshqa antibiotiklarga ham chidamli bo’ladi. Masalan, xlortetratsiklinga chidamli bo’lgan mikrob bir vaqtda oksitetratsiklinga va tetratsiklinga ham chidamli bo’ladi. Ayrim mikroblar oziq muhitida antibiotiklarga o’rganib qolib, keyinchalik ularsiz muhitda rivojlana olmaydi.
Antibiotiklarning mikroblarga bo’lgan ta’sirini oshirish uchun bir necha xil antibiotiklarni aralashtirib yoki ularni ximiyaviy moddalar bilan birga qo’shib qo’llanishi lozim. Masalan, xlortetratsiklinni albomitsin bilan yoki albomitsinni streptomitsin bilan qo’shib ichak tayoqchasi va paratif qo’zg’atuvchisiga probirkada ta’sir
etkizilganda, ular bir-birining ta’sirini oshiradi. Lekin ayrim antibiotiklar bunday xususiyatga ega emas. Masalan, penitsillin bilan xlortetratsiklin bir-biriga qarama-qarshi ta’sir etadi.
Mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamli bo’lishining sababi haligacha tula aniqlanmagan. Iel, Planeles va boshqalar bunday holni turli yo’llar bilan hosil bo’ladi deb tushuntiradi. Masalan, ularning aytishlariga ko’ra, penitsillinga chidamli mikroblar penitsillinaza fermenti hosil qilib, penitsillinni parchalaydi.
Mikroblar qobigining yuzasida hosil bo’lgan fizikaviy-ximiyaviy o’zgarishlarga qarab moddalarni har xil uzlashtiradi. Masalan, penitsillinga chidamli mikroblar penitsillinni unga chidamsiz mikroblarga nisbatan ancha kam o’zlashtiradi.