Antibiotikla r


O’SIMLIKLARDAN OLINADIGAN ANTIBIOTIKLAR



Yüklə 38,18 Kb.
səhifə4/7
tarix04.01.2023
ölçüsü38,18 Kb.
#78432
1   2   3   4   5   6   7
A N T I B I O T I K L A R

O’SIMLIKLARDAN OLINADIGAN ANTIBIOTIKLAR
O’simliklarning ham bakteriyalarni, sodda hayvonlarni va zamburug’larni halok etadigan moddalar ajratish xususiyati aniqlangan. O’simliklarda antibiotiklarga o’xshash moddalar borligini birinchi bo’lib sovet olimi B. P. Toqin 1928—1930 yillarda isbotlagan va ularga fitontsidlar deb nom bergan.
Toqin dastlabki tajribalarini tubandagicha ifodalaydi: qayin daraxtining bargini tezlik bilan maydalab, uning yoniga 2—3 mm masofa buyum shishasida sodda hayvonlar kulturasidan olingan tomchi qo’yilsa, 20—25 mino’tdan so’ng kesilgan bargdan gaz shaklida uchib chiqqan allaqanday narsalar ta’sirida tomchi suvdagi protozoalar uladi. Fitontsidlar o’simlikning bargi, guli, ildizi va mevasida bo’ladi. Apelsin, limon, mandarin, oq terak, qora buldirgunlarning bargi va boshqa ko’p o’simliklarning tanasi yoki ildizi maydalanganda ham shunday natija olish mumkin. Piyoz yoki sarimsoqni tug’ralganda ham atrofga uchib tarqaluvchi moddalari stafilokokk, streptokokk, sil tayoqchasi, Vast. perfringens va boshqa bakteriya­larni halok qiladi. Yangi tug’ralgan piyoz qarshisiga agarli oziq muhitga eqilgan achitkilar (Saccharoncerevisaeyo) qo’yilsa, ular darhol halok bo’ladilar.
Archa, karag’ay va qayin daraxtlarining nina barglari ezib ivitilganidan keyin uning bir tomchisini olib sodda hayvonlar joylashtirilgan boshqa bir tomchi suvga ko’chirilsa, ular darhol uladi.
Ko’p o’simliklarning to’qima suyuqliklari ham shunday xususiyatga ega. Masalan, shumurt daraxtining qish vaqtidagi qo’rtaklari hovonchada yanchilib, undan 0,1 g olib probirkaga solinsa va uning ustiga uy pashsha (Musca domestica) laridan bir nechtasi qo’yib yuborilsa ular darhol halok bo’ladilar.
Keyinchalik Toqin piyoz, sarimsoq, xren, gorchitsa, aloy (sabur), kichitki o’t, qora archa (mojjevelnik), pomidor bargi, ayiqtovon o’simliklarining bargida fitontsidlar borligini aniqlagan. O’simlikning yoshi, vegetatsiya davri, iqlim va yashash sharoitiga qarab, fitontsidlarning aktivligi ham turlicha bo’ladi. Fitontsid yangi urilgan o’simlikda ko’p, quritilgan o’simlikda kam bo’ladi. Fitontsidlarning antibakterial va boshqa xususiyatlarini tekshirishda Toqin, Foy, Toroptsev, Yanovich va yana bir qancha sovet olimlarining ilmiy ishlari diqqatga sazovordir.
Foy Trichomonas vaginalis nomli sodda hayvon quzg’agan kasallikni piyoz fitontsidi bilan davolagan.
Toqin rahbarligidagi bir gruppa olimlar fitontsidlarni ichak tayoqchasi, proteus, oq stafilokokk, sartsina va lambliyalarda sinab, ularning bakteritsid ta’sirini isbotlagan.
Agar piyoz yoki sarimsoq 1—3 mino’t chaynalgandan so’ng og’iz mikroflorasi tekshirilsa, undagi mikroblar juda kamayadi (Toqin, 1951). Filatova va Toroptsevlar yiringli yaralarni ham fitontsidlar bilan davolab yaxshi natijalarga erishdilar. Yanovich sarimsoqdan sativin deb ataluvchi dori tayyorlagan. U bakteritsid xususiyatiga ega bo’lib, vabo vibrioni, difteriya bakteriyalari, stafilokokk, paratif tayoqchasi, ichburug’ bakteriyasi, protey va boshqalarni halok etadi.
Amerikalik olimlar Kavellito, Beyli, Brukt va So’terlar (1944—45 yillarda) sarimsoqdan bakteritsid mod­dalar topib, unga «allitsin» deb nom berishgan. Allitsin stafilokokkga, paratif, dizentereya tayoqchalari, vabo vib­rioni va boshqalarga bakteritsid ta’sir etadi.
1948 yili Shtol va Zibik sarimsoqning fitontsidini sun’iy yo’l bilan olgan va uning formulasini aniqlagan. Fitontsidning ximiyaviy to’zilishi hali to’liq aniqlanmagan. Ba’zi o’simliklarning fitontsidi gaz holida atrof muhitga tarqalib, mikroblarni uldirishi mumkin. Masalan, Toqin, Kovalenko, Yanovichlar yosh karag’ayzor urmondagi xavo mikroflorasini tekshirib, u yer mikroblardan mutlaqo holi ekanligini aniqlashgan.
O’rta Osiyo o’simliklarining bir qismigina tekshirilib, ularning fitontsidlik xususiyatlari aniqlangan, lekin ko’pchilik o’simliklarning fitontsidlari hali to’liq tekshirilmagan, ularni tekshirib meditsina va veterina­riya sohasida ulardan foydalanish usullarini aniqlash kelajakdagi muhim vazifa hisoblanadi. Fitontsidlar asosan yiringli protsesslarni mahalliy davolashda qo’llaniladi. Keyingi yillarda sovet olimlari bir necha yuz o’simlik turlarini urganib, ularning 60 tasidan al­litsin, sativin, tomatin, protoanillin va boshqalar kabi kristall holidagi juda aktiv fitontsidlarni topgan. Bular qo’shimcha sarimsoq, pomidor va ayiqtovon barglarida ko’p bo’ladi.
Antibiotiklar mikroorganizmlarga tanlab, ya’ni har bir antibiotik muayyan bir turdagi mikrobga ta’sir etadi. Masalan, bir xil antibiotiklar gramm-musbatlarga, ikkinchisi gramm-manfiylarga va uchinchi turi esa ham gramm-musbat, ham gramm-manfiy mikroblarga ta’sir qiladi. Zamburug’larga ta’sir etib, bakteriyalarga ta’sir etmaydigan antibiotiklar ham bor.
Keyingi yillarda polimiksin, kolimitsin, bitsillin, bivetin, vitaminli propomitsilin va boshqalar kabi bir qator antibiotiklar tayyorlandi, ular buzoq va cho’chqa bolalarining oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda va kasallikning oldini olishda yaxshi natija berdi.
Ayrim aktinomitsetlar (Actinom. luridus) lyurizin deb ataladigan antibiotik hosil qiladi. Bu antibiotik gripp virusiga va ayrim faglarga ta’sir etadi (N. Krasilnikov ma’lumoti).
Imanin nomli antibiotik tamaki bargining mozayka kasalini qo’zg’atuvchi virusga ta’sir etadi va ayrim o’simliklarning rivojlanishiga yordam beradi (AN USSR). Bundan tashqari, gripp, qizamiq, chechak, poliomielit, entsefalitga o’xshash viruslarga ta’sir etuvchi interferon olingan.

Yüklə 38,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin