dorining umumiy nomidan misol sotilish yoki firma tomonidan berilgan maxsus nomi betga qarang Fenoksimetilpenitsillin Ampitsillin Doksitsiklin Sulfamtoksazol+ Trimetoprim Gentamitsin Levomitsetin Eritromitsin Sefotaksim Siprofloksatsin Fenoksimetilpenitsillin Ampitsillin T-doksi T-iseptol va boshqalar Gentamitsin Levomitsetin Eritromitsin Klaforan Sifloks Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013 137 Eslatma: Ampitsillin penitsillinning bir turi bo`lib, oddiy penitsillinlarga nisbatan bakteriyalarning ko`p turlarini o`ldiradi. Agar siz dorining fi rma tomonidan berilgan nomini bilsangiz-u, qaysi guruhga kirishini bilmasangiz, shishacha yoki qutidagi kichik harfl i yozuvlarni o`qing yoki dorixona xodimlaridan so`rang. Masalan: sizda „Trixopol” degan dori bor, lekin uning nimaligini bilmayapsiz, kichik harfl i yozuvini o`qing. Unga ko`ra „Metronidazol” ekan. Antibiotikning qaysi guruhga kirishini, qaysi kasalliklarga qarshi ekanligini va uni xavfsiz ishlatish uchun qanday ehtiyot choralariga rioya qilishingiz kerakligini bilmay turib hech qachon ishlatmang. Shu kitobning Yashil Sahifalar bo`limida antibiotiklarning ishlatilishi, miqdori, xavfi va ehtiyot choralari haqida ma`lumotlar olishingiz mumkin. Doringiz nomini shu betlarning boshlanishidagi alfavit bo`yicha toping. ANTIBIOTIKLARNI ISHLATISHGA DOIR UMUMIY YO`L-YO`RIQLAR 1. Agar siz antibiotikning qanday ishlatilishini va qanday infeksiyalarga qarshi kurashishini aniq bilmasangiz, uni ishlatmang. 2. Siz davolamoqchi bo`lgan infeksiyaga qarshi faqat tavsiya etilgan antibiotikni ishlating. 3. Antibiotiklarning ishlatilishidagi xavfl i tomonlarini biling va kitobda berilgan ehtiyot choralariga rioya qiling. (Yashil Sahifalar bo’limiga qarang). 4. Antibiotiklarni faqat tavsiya qilingan miqdorlarda ishlating (ko`p ham emas, oz ham emas). Antibiotik miqdori kasallik va bemorning yoshi va vazniga bog`liq. Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013 138 5. Agar antibiotik tabletkalarini ichib yaxshi natijaga erishsangiz, hech qachon ularning ukolini olmang. Faqat juda zarur bo`lib qolgandagina ukol oling. 6. Kasallik belgilari to`la yo`qolib ketgunga qadar antibiotiklar ichishni to`xtatmang. Isitma yoki kasallikning barcha belgilari yo`q bo`lib ketgandan so`ng ham dori ichishni kamida yana 2 kun davom ettiring. (Sil, moxov kabi ba`zi kasalliklar bemor yaxshi bo`lib qolganidan keyin ham, dorini oylar yoki yillar davomida qabul qilishi kerak. Har bir kasallik xususida berilgan yo`l-yo`riqlarga rioya qiling.) 7. Agar antibiotik toshma, qichishish, nafas qiyinlashishi yoki boshqa jiddiy ta`sirlar sababchisi bo`lsa, uni qabul qilishni to`xtating va siz butun hayotingiz davomida bu dorini qayta ishlatmasligingiz kerak. 8. Antibiotiklarni juda zarur paytlardagina ishlating. Antibiotiklarning ko`p qabul qilinishi, infeksiyaga qarshi kurashadigan kuchining pasayishiga olib kelishi mumkin. MA`LUM ANTIBIOTIKLARNI ISHLATISHGA DOIR YO`LYO`RIQLAR 1. Penitsillin yoki ampitsillin ukollarini qilayotganingizda allergik ta`sirlarga qarshi kerak bo`ladigan Adrenalin (epinefrin) ampulalari doim tayyor tursin. 2. Penitsillinga allergiyasi bor odamlar eritromitsin yoki sulfanilamidlar kabi boshqa antibiotiklarni ishlatsin. 3. Ta`sir doirasi keng - tetratsiklin, ampitsillin yoki boshqa antibiotiklar o`rniga ta`sir doirasi tor- penitsillin yoki boshqa antibiotiklar ishlatilish mumkin bo`lsa, ta`sir doirasi keng antibiotiklarni ishlatmang Ta`sir doirasi keng antibiotiklar ta`sir doirasi tor xillariga nisbatan ko`plab bakteriya turlariga qarshi kurashadi. Shuning uchun ular bizning organizmimizga foydali ba`zi bakteriyalarni ham o`ldirishi mumkin. 4. Levomitsetinni faqat og`ir yoki hayot uchun xavfli, ich terlama Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013 139 kabi ma`lum kasalliklarga qarshi ishlating. U xavfli dori. Hech qachon uni oddiy kasalliklar uchun ishlatmang. Yangi tug`ilgan bolalarga ham bermang (faqat ko`kyo`taldan tashqari 5. Hech qachon tetratsiklin yoki levomitsetin ukollarini olmang. Ular ichilganda xavfsizroq, og`riqsizroq va ba`zi hollarda ukollardan ham foydaliroqdir. 6. Tetratsiklin yoki siprofloksatsinni (sifloks, siprolet) homilador ayollar hamda bolalarga bermang. Bular yangi tish va suyaklarni shikastlashi mumkin 7. Aminoglikozidlar guruhiga kiruvchi (kanamitsin va gentamitsinlar ham) dorilar ancha zaharli. Ko`pincha ularni yengil infeksiyalarga tavsiya qiladilar, bunda ularning zarari foydasidan ko`proqdir. Ularni faqat jiddiy kasalliklarga qarshi tavsiya qilingan bo`lsa ishlating. Lekin bularni shamollash, gripp va oddiy oddiy kasalliklariga qarshi hech qachon ishlatmang. 8. Ampitsillin kabi antibiotiklar foydali bakteriyalarni o`ldiradilar. Qatiq yoki tvorog iste`mol qilish o`ldirilgan foydali bakteriyalarni yangilanishiga va organizmning tabiiy balansini qayta tiklashga yordam beradi (keyingi betga qarang). 9. Qatiqni iste’mol qilish, ampitsillin kabi antibiotiklar qirib tashlagan kerakli bakteriyalarni qayta tiklashga yordam beradi va tanadagi tabiiy bakterial muvozanatni yaxshilaydi (keyingi betga qarang). ANTIBIOTIK YORDAM BERMAYOTGANGA O`XSHASA, NIMA QILISH KERAK Ko`pgina oddiy infeksiyalarni antibiotiklar bir yoki ikki kun ichida davolay boshlaydi. Agar antibiotik yordam bermayotgan bo`lsa, buning sababi quyidagi holatlar bo`lishi mumkin: 1. Kasallik siz o`ylagan kasallik bo`lmasligi mumkin. Siz foydasiz dori ishlatayotgan bo`lishingiz mumkin. Kasallikni aniq bilib olishga va dorini to`g`ri ishlatishga harakat qiling. Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013 138 5. Agar antibiotik tabletkalarini ichib yaxshi natijaga erishsangiz, hech qachon ularning ukolini olmang. Faqat juda zarur bo`lib qolgandagina ukol oling. 6. Kasallik belgilari to`la yo`qolib ketgunga qadar antibiotiklar ichishni to`xtatmang. Isitma yoki kasallikning barcha belgilari yo`q bo`lib ketgandan so`ng ham dori ichishni kamida yana 2 kun davom ettiring. (Sil, moxov kabi ba`zi kasalliklar bemor yaxshi bo`lib qolganidan keyin ham, dorini oylar yoki yillar davomida qabul qilishi kerak. Har bir kasallik xususida berilgan yo`l-yo`riqlarga rioya qiling.) 7. Agar antibiotik toshma, qichishish, nafas qiyinlashishi yoki boshqa jiddiy ta`sirlar sababchisi bo`lsa, uni qabul qilishni to`xtating va siz butun hayotingiz davomida bu dorini qayta ishlatmasligingiz kerak8. Antibiotiklarni juda zarur paytlardagina ishlating. Antibiotiklarning ko`p qabul qilinishi, infeksiyaga qarshi kurashadigan kuchining pasayishiga olib kelishi mumkin. MA`LUM ANTIBIOTIKLARNI ISHLATISHGA DOIR YO`LYO`RIQLAR 1. Penitsillin yoki ampitsillin ukollarini qilayotganingizda allergik ta`sirlarga qarshi kerak bo`ladigan Adrenalin (epinefrin) ampulalari doim tayyor tursin. 2. Penitsillinga allergiyasi bor odamlar eritromitsin yoki sulfanilamidlar kabi boshqa antibiotiklarni ishlatsin.. 3. Ta`sir doirasi keng - tetratsiklin, ampitsillin yoki boshqa antibiotiklar o`rniga ta`sir doirasi tor- penitsillin yoki boshqa antibiotiklar ishlatilish mumkin bo`lsa, ta`sir doirasi keng antibiotiklarni ishlatmang . Ta`sir doirasi keng antibiotiklar ta`sir doirasi tor xillariga nisbatan ko`plab bakteriya turlariga qarshi kurashadi. Shuning uchun ular bizning organizmimizga foydali ba`zi bakteriyalarni ham o`ldirishi mumkin. 4. Levomitsetinni faqat og`ir yoki hayot uchun xavfli, ich terlama Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013 139 kabi ma`lum kasalliklarga qarshi ishlating. U xavfli dori. Hech qachon uni oddiy kasalliklar uchun ishlatmang. Yangi tug`ilgan bolalarga ham bermang (faqat ko`kyo`taldan tashqari . 5. Hech qachon tetratsiklin yoki levomitsetin ukollarini olmang. Ular ichilganda xavfsizroq, og`riqsizroq va ba`zi hollarda ukollardan ham foydaliroqdir. 6. Tetratsiklin yoki siprofloksatsinni (sifloks, siprolet) homilador ayollar hamda bolalarga bermang. Bular yangi tish va suyaklarni shikastlashi mumkin . 7. Aminoglikozidlar guruhiga kiruvchi (kanamitsin va gentamitsinlar ham) dorilar ancha zaharli. Ko`pincha ularni yengil infeksiyalarga tavsiya qiladilar, bunda ularning zarari foydasidan ko`proqdir. Ularni faqat jiddiy kasalliklarga qarshi tavsiya qilingan bo`lsa ishlating. Lekin bularni shamollash, gripp va oddiy oddiy kasalliklariga qarshi hech qachon ishlatmang. 8. Ampitsillin kabi antibiotiklar foydali bakteriyalarni o`ldiradilar. Qatiq yoki tvorog iste`mol qilish o`ldirilgan foydali bakteriyalarni yangilanishiga va organizmning tabiiy balansini qayta tiklashga yordam beradi (keyingi betga qarang). 9. Qatiqni iste’mol qilish, ampitsillin kabi antibiotiklar qirib tashlagan kerakli bakteriyalarni qayta tiklashga yordam beradi va tanadagi tabiiy bakterial muvozanatni yaxshilaydi (keyingi betga qarang). ANTIBIOTIK YORDAM BERMAYOTGANGA O`XSHASA, NIMA QILISH KERAK Ko`pgina oddiy infeksiyalarni antibiotiklar bir yoki ikki kun ichida davolay boshlaydi. Agar antibiotik yordam bermayotgan bo`lsa, buning sababi quyidagi holatlar bo`lishi mumkin: 1. Kasallik siz o`ylagan kasallik bo`lmasligi mumkin. Siz foydasiz dori ishlatayotgan bo`lishingiz mumkin. Kasallikni aniq bilib olishga va dorini to`g`ri ishlatishga harakat qiling.