Antibiotiklar to`g`ri ishlatilganda juda foydali va muhim dorilardir. Ular bakteriyalar kelib chiqqan infeksiyalar va kasalliklarga qarshi kurashadi. Mashhur antibiotiklar: penitsillin, tetratsiklin, streptomitsin, levomitsetin va sulfanilamidlardir Turli antibiotiklar har xil yo`llar bilan ma`lum infeksiyalarga qarshi kurashadilar. Barcha antibiotiklarning ishlatilishida o`ziga yarasha xavfi bor, lekin ba`zilari boshqalariga nisbatan xavfliroq. Antibiotiklarni tanlash va ishlatishda juda ehtiyotkor bo`ling. Antibiotiklarning turlari ko`p va ular turli firmalar tomonidan berilgan turli nomlar bilan sotiladi. Bundan sarosimaga tushish mumkin. Shunga qaramay, eng zarur antibiotiklar bir nechta asosiy guruhlarga ajratiladi: antibiotik guruhi PENITSILLINLAR AMPITSILLIN TETRATSIKLINLAR SULFANILAMID AMINOGLIKOZID LEVOMITSETIN ERITROMITSIN SEFALOSPORIN XINOLONLAR dorining umumiy nomidan misol sotilish yoki firma tomonidan berilgan maxsus nomi betga qarang Fenoksimetilpenitsillin Ampitsillin Doksitsiklin Sulfamtoksazol+ Trimetoprim Gentamitsin Levomitsetin Eritromitsin Sefotaksim Siprofloksatsin 629 634 637 640 643 639 636 645 647 Fenoksimetilpenitsillin Ampitsillin T-doksi T-iseptol va boshqalar Gentamitsin Levomitsetin Eritromitsin Klaforan Sifloks Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013 137 Eslatma: Ampitsillin penitsillinning bir turi bo`lib, oddiy penitsillinlarga nisbatan bakteriyalarning ko`p turlarini o`ldiradi. Agar siz dorining fi rma tomonidan berilgan nomini bilsangiz-u, qaysi guruhga kirishini bilmasangiz, shishacha yoki qutidagi kichik harfl i yozuvlarni o`qing yoki dorixona xodimlaridan so`rang. Masalan: sizda „Trixopol” degan dori bor, lekin uning nimaligini bilmayapsiz, kichik harfl i yozuvini o`qing. Unga ko`ra „Metronidazol” ekan. Antibiotikning qaysi guruhga kirishini, qaysi kasalliklarga qarshi ekanligini va uni xavfsiz ishlatish uchun qanday ehtiyot choralariga rioya qilishingiz kerakligini bilmay turib hech qachon ishlatmang. Shu kitobning Yashil Sahifalar bo`limida antibiotiklarning ishlatilishi, miqdori, xavfi va ehtiyot choralari haqida ma`lumotlar olishingiz mumkin. Doringiz nomini shu betlarning boshlanishidagi alfavit bo`yicha toping. ANTIBIOTIKLARNI ISHLATISHGA DOIR UMUMIY YO`L-YO`RIQLAR 1. Agar siz antibiotikning qanday ishlatilishini va qanday infeksiyalarga qarshi kurashishini aniq bilmasangiz, uni ishlatmang. 2. Siz davolamoqchi bo`lgan infeksiyaga qarshi faqat tavsiya etilgan antibiotikni ishlating. 3. Antibiotiklarning ishlatilishidagi xavfl i tomonlarini biling va kitobda berilgan ehtiyot choralariga rioya qiling. (Yashil Sahifalar bo’limiga qarang). 4. Antibiotiklarni faqat tavsiya qilingan miqdorlarda ishlating (ko`p ham emas, oz ham emas). Antibiotik miqdori kasallik va bemorning yoshi va vazniga bog`liq. Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013 136 Antibiotiklar: Ular Nima va Ularni Qanday Ishlatish Kerak 7 BOB Antibiotiklar to`g`ri ishlatilganda juda foydali va muhim dorilardir. Ular bakteriyalar kelib chiqqan infeksiyalar va kasalliklarga qarshi kurashadi. Mashhur antibiotiklar: penitsillin, tetratsiklin, streptomitsin, levomitsetin va sulfanilamidlardir Turli antibiotiklar har xil yo`llar bilan ma`lum infeksiyalarga qarshi kurashadilar. Barcha antibiotiklarning ishlatilishida o`ziga yarasha xavfi bor, lekin ba`zilari boshqalariga nisbatan xavfliroq. Antibiotiklarni tanlash va ishlatishda juda ehtiyotkor bo`ling. Antibiotiklarning turlari ko`p va ular turli firmalar tomonidan berilgan turli nomlar bilan sotiladi. Bundan sarosimaga tushish mumkin. Shunga qaramay, eng zarur antibiotiklar bir nechta asosiy guruhlarga ajratiladi: antibiotik guruhi