kamaytirib yuborishidir. Misol uchun, siz sport zaliga chiqib, turnik 30 ta tortilishni maqsad
qilib qo‘ydingiz. Shuncha miqdorda tortila olishingizga ishonyapsiz. Agar avvaldan
turnikda tortilib yurgan inson bo‘lmasangiz, katta ehtimol bilan siz bunday miqdorda tortila
olmaysiz.
Tortilgan taqdiringizda ham, mushaklaringiz og‘rigani hisobiga ikkinchi bor
tortilish uchun kelmaysiz va bu maqsad ham o‘z-o‘zidan qolib ketadi.
Bizning asl
chegaralarimiz biz o‘ylagan joyda bo‘lmaydi. Shuning uchun maqsad (topshiriq)
qo‘yishdan oldin shu jarayonni tajribangizda sinab ko‘ring, chegarangizni aniqlab oling.
Har kuni turnikda nechtadan tortilishni maqsad qilib qo‘yishni bilish uchun avval borib
tortilib ko‘ring, chegarangizni bilib olganingizdan keyin, shundan kelib chiqqan holda o‘z
oldingizga maqsadni to‘g‘ri qo‘ying. Shuningdek, fanda Danning-Kryuger effekti
33
ham
bor. Unga ko‘ra:
“Professionallar o‘z qobiliyatlariga pastroq baho berishsa, havaskorlar o‘z
qobiliyatlarini oshirishga moyil bo‘ladi”.
O‘zingizga obyektiv baho berish uchun avval test qilib ko‘rishni unutmang.
4. Takrorlang
Yuqorida bilib olgan narsalaringizni hayotingizga
tatbiq qiling va qayta-qayta
takrorlang. Kitobni ham yana bir marotaba takroran o‘qib chiqing. Bundan qo‘llanma
sifatida foydalanishingiz, yoningizda olib yurishingiz mumkin. Kitobni o‘qishni
boshlaganingizdan beri barcha bilganlaringizni amalda qo‘llab kelyapsiz degan umiddaman.
Shu zaylda davom ettirish sizni muvaffaqiyatga yetaklaydi. Agar yanada ko‘proq
ma’lumotlarga ega bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, Dovranbek Turdiyevning “Antidangasalik”
34
treningiga qatnashib ko‘ring. Harakatdan to‘xtamang.
51