Antik san’at tarixi uyg‘onish davridan arxeologik yangi kashfiyotlar asnosida o'rganila boshlangan. XV-XVI asrlarda qadimgi grek-rim yerlarida qazilma ishlari olib borildi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə1/6
tarix12.08.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#139269
  1   2   3   4   5   6
Kurs ishi Antik san Munavvarxon


Antik san’at tarixi uyg‘onish davridan arxeologik yangi kashfiyotlar asnosida o'rganila boshlangan. XV-XVI asrlarda qadimgi grek-rim yerlarida qazilma ishlari olib borildi. XVIII asrga kelib esa antik san’atga qiziqish yanada ortdi. Xattoki, antik madaniyat an’analariga tayanuvchi klassitsizm uslubi ustivor darajaga erishdi. Vinkelman birinchi topilgan grek-rim san’ati namunalarini umumiylashtirib “Qadimgi dunyo san’ati” deb nomlangan kitob yozdi. Shuningdek, Genrix Shliman ham yoshligidanoq antik adabiyotga katta qiziqish bilan qaraydi. Otasi Shlimanga Gomerning kitobini sovg‘a qiladi. Shundan keyin antik maduniyatga qiziqishi yana ortadi. Gomerning kitobi unga kuchli ta’sir etadi va tusavvurini yanada boyitadi. Uning tasavvurida asar qahramonlari afsonaviy emas, go'yoki real shaxslardek taa’ssurot qoldiradi. Shliman o 'z bilimlarini chuqurlashtirib, kelgusida Troya shahrini topishni maqsad qiladi. U yoshligida yetim qolib, juda qiyin hayot kechirishiga qaramay, turli tillarni - grek, ingliz, fransuz, nemis va sharq tillarini o'rganadi. U uddaburonligi tufayli tezda boyib ketadi. U greklar tarixini yanada chuqurroq o'rganadi. Troya shaxrini topishga intiladi va maqsadiga yetadi. Antik iborasi lotincha “Antikvus” - qadimgi so'zidan olingan bo'lib, grek va rimliklarning o'tmish madaniyatini o'rganish uchun uyg‘onish davri gumanistlari tomonidan berilgan ta’rifdir. Antik dunyoning asosiy qismini Grek va Rimliklar hamda ular bilan uzoq vaqt madaniy aloqada ^ bo'lgan Yevropa, Osiyo, Afrika qjbilalari tashkil etadi. Antik davr tarixi milodiy 476-yili Rim imperiyasining inqirozga yuz tutishi va yangi feodal tuzimning boshlanishi bilan tugallanadi. Antik davr ilfki turdagi manbalarga bo'lib o'rganiladi: birinchisi -daliliy-ashyoviy; ikkinchisi yozma manbalar. Ilk antik davrni ashyoviy dalillar - madaniy yodgorliklar (me’morlik, haykaltaroshlik, rassomlik, hunarmandchilik va b) asosida o'rganiladi. Quldorlik jamiyati paydo bo' lgandan keyingi davrlarni asosan yozma manbalar - shaxsiy, rasmiy, maxsus hujjatlar, ilmiy, adabiy va falsafiy adabiyotlar orqali o'rganiladi. Qadimgi hujjatlarning bir qismi toshlarga, metallarga va kulolchilik buyumlariga o'yib ishlangan. M a’lum qismi papirusga tushirilgan bo'lsa, yana bir qismi qo'lyozma ko'rinishida yetib kelgan. Mazkur manbalar antik grek-rim tarixini har tomonlama o'rganishga xizmat qiladi. Ilk antik san’atni o'rganishda esa Egey davrining arxeologik topilmalari asosiy manba hisoblanadi. O'sha topilmalarda rassom va hunarmandlarning ismlari ham yozib qoldirilgan, Egey davriga mansub san’at asarlarini ma’lum bir uslubiga qarab, shartli ravishda nomlanadi. Bu nomlarni buyumlami birinchi tomilgan joyiga qarab, masalan “Kameres” uslubi, “Dipalon” uslubi yoki asarlar turkumidagi asosiy yodgorlik syujetiga qarab, masalan “Dengiz uslubi” deyiladi. Bundan boshqa yana rassomlarning ismini asarning ishlangan davriga qarab yoki antik davr adabiyotida asarga berilgan baho orqali bilish mumkin. 58 Antik madaniyatning dastlabki pallasiga xos dastgohli rangtasvir asarlar butunlay yo'qolib ketgan, muallifi noma’lum bo'lgan ayrim haykallargina saqlanib qolgan. Imperatorlik va respublika davrida rimliklar grek san’atini yuksak baholaganlar va juda ko'p san’at asarlarini olib ketishgan. Greklar yaratgan san’at asarlaridan juda ko’plab nushalar olishgan. Greklarning ko'plab suratlari Rim, Pompey, Gergulamadagi devoriy suratlarda takrorlanishini shu bilan izohlash mumkin. Ammo rimlik rassom va haykaltaroshlarning ismlari bizgacha juda kam miqdorda yetib kelgan. Chunki rimliklar rassom va haykaltaroshlarni oddiy hunarmandlar qatorida ko'rishgan. Antik Gretsiya va Rim san’ati keyingi davrdagi Yevropa mamlakatlari san’ati rivojiga ham o 'z ta’sirini ko'rsatgan. Bugungi kunda ham antik san’atdan meros qolgan ijod namunalari musavvirlar diqqatini jalb qilib kelmoqda. Artur Pjon Evans jS * j l 851-1941y) EGEY MADANIYATI YOKI KRIT-MIKEN SAN'ATI Antik davrning eng qadimgi madaniyati “Egey” yoki “Krit-miken” deb nomlanadi. Egey dengizi turli orollarga boy bo'lib, shu orollarda yuzaga kelgan san’at va madaniyat umumlashtirilib egey madaniyatini tashkil etadi. Krit shu hududdagi eng yirik oral bo'lib, qolganlari mayda orollar hisoblangan. Bu yerda turli qabilalar bo'lgan, ular kemasozlik, astrologiya va sayyohlik yaxshi rivojlangan hududda yashagan. Kritning Peloponnes yarim oroli va Misr bilan aloqasi yaxshi edi. Qadimgi Sharq mamlakatlari bilan savdo-sotiq va madaniy aloqa almashish jarayonida xalqlarning san’at va madaniyati bir biriga o'z ta’sirini o’tkazgan. Egey madaniyati ilk bor 1920 yili ingliz olimi Artur Evans tomonidan o'rganilgan. U dengiz tevaragidagi orollarga mansub 60 Knoss sarovidan topilgan buna boshi K noss saroyi qoldiqlari K ritdagiK nosi sa io v m m g ich k ik o ’ritiishi va devoriy suratlaridan namunaiar. Er.avv. X V I asr 61 yodgorliklarni “Egey madaniyati” deb nomlangan va tadqiq etgan. Egey madaniyatining markazi Krit bo'lganligi, keyinchalik u grek materigiga - Peloponnes yarim orolidagi Mikenaga ko'chganligi hamda bu yerlardan ko'plab topilmalar qazib olinganligi uchun “Egey” madaniyati bilan birga “Krit-miken” ham qo'shib aytiladi. Egey orollari ichida birinchi bo'lib Krit orolida bronza asrida san’at va madaniyat muttasil rivojlanib borgan. Kritdagi turli yangiliklar boshqa orollarga tarqalgan. Bu yerda haykaltaroshlik, me’morlik va rangtasvir rivojlangan. Evans Kritning eramizdan avvalgi XVI asrga mansub markaziy saroy joylashgan eng qadimgi shahar yodgorliklarini topadi. Bu laberent deb nomlangan Knoss saroyi qoldig‘idir. Uning umumiy maydoni 10 000 kv.m bo'lib yuzlab xonalari mavjud bo'lgan. Kuoss sarovKlau topilgau devoriv rangfasvir. Iviitfl;i2i ICnoss’.siuojiiiiiif ichki ko'iiiiislii va devoiiy sui .Ul.uiilnn iuimm;il.n. Ei.nvv. XM asr Saroy markazida katta xovlisi (50x28 m) bo'lib, u saroyni sharqiy va g‘arbiy qismlarga ajratib turadi. G‘arb tomonida saroy bo'lgan, uning 22 ta omborxonasi bo'lgan. Sharqiy qismida esa malika xonalari va tantanalarga mo'ljalangan zali bo'lgan. Saroy ikki qavatli bo'lib, ustunlar bilan bezatilgan. Saroy usturlari o'ziga xos ko'rinishga ega bo'lib, pastdan tepa tomonga kengayib borgan va qizil rang 62 bilan bo'yalgan. Uning bir tomonida ho'jalik xonalari bo'Isa, ikkinchi tomoni mehmonxona va turarjoy bo'lgan. Devorlari ho'kiz va afsonaviy hayvonlar tasviri bilan bezatilgan. Yana bir zalida podsho taxti va loydan ishlangan haykallar topilgan. Haykallarning birida ilon ushlab turgan, boshida esa qush tasviri ifodalangan. Saroy devorlarida bo'rtm a tasvirlar ham mavjud bo'lib, ular yorqin ranglangan. Misrliklarnikiga nisbatan qarama-qarshi ranglar ko'proq qo'llanilgan. Tasvirlarni yirik kontur chiziqlar bilan bezash mahalliy xususiyat hisoblangan. Knoss saroyidan topilgan tfeyojriy rangtasyir. Knoss saroyidan topjlgaja йеуощ raugtasvir. Nodir nainuna. 63 K rit kulolchilik bin umi 64 Eramizdan avvalgi XIV asrda Krit madaniyati tanazzulga uchrab, o 'z o'mini Peloponnes yarim orolidagi Mikena va Trinf kabi markaziy shaharlarga bo'shatib beradi. Trinf va Mikena shaharlari kuchli markaz sifatida rivojlanadi. Ilk mikena davrida poydevori toshdan, devorlari loydan qurilgan uylar bo'lgan. 2200-2000 yillarda odamlar ko'payadi. Bir-necha xonalardan iborat bo'lgan tosh asosli g‘ishtdan qurilgan uylar topilgan. Bu o'sha davrga kelib qurilish texnikasi rivojlanib borganini anglatadi. O' sha davrga oid sopol buyumlar _______________________________________ kulolchilik dastgohida ishlanmagan I Mikena devoriy surati. Ov manzarasl I va pishirish pechlari ham 1----------------------------------------------------------- 1 bo'lmagan. Shunga ko'ra ularning shakli turlicha bo'lib, chizmalar va o'yiqlar bilan bezatilgan. Keyinroq kulolchilik charxi va pechlari paydo bo'lib, idishlarda cho'ziq burunli choynaksimon shakllar yuzaga keladi. Ular shtrix, yarimaylana, to'lqinsimon, speral va kesishmali chiziqlar bilan bezatila boshlandi. Eramizdan avvalgi 220 0 -2 0 0 0 yillarda tosh kesish san’ati ham rivoj topadi va idishlarni toshdan yasash keng tarqaladi. O 'sha davrga mansub yodgorliklar ichida oltindan ishlangan zargarlik buyumlari ham topilgan. QADIMGI GRETSIYA SAN'ATI чН| .. s ..... „ * • .y ", .¥ Greklar san’atida inson obrazi yuqori va asosiy o'ringa qo'yiladi. Quldorlik tuzimi davrida yuzaga kelgan har bir davlat mustaqil rivojlangan. Oddiy xalqni o'rni juda katta bo'lgan. Chunki urush boshlangan vaqtlarda “Xalq jangchilari” tuzilgan vajang qilgan. Jamiyatda so'z va tanlash erkinligi mavjud bo’lgan. Harbiy demokratiya bo'lgan. Shahar davlat - polis deb atalgan. Erkin xalq- demos, yuqori tabaqa kishilari - efpatriya, qullar - odam hisoblanmagan. “Odatda, qadimgi Gretsiya san’ati tarixi Mikenaning qulashi va doriylar tomonidan Peloponnes, uning janubida joylashgan orollar, Kritning bosib olinishi bilan boshlanadi va eramizdan avvalgi 11 asrdan to eramizdan avvalgi 1 asrgacha bo'lgan davrni o 'z ichiga oladi”15. Qadimgi Gretsiya tarixi quyidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy rivojlanish bosqichlardan iborat: ARXAIK DAVRI er.avv. VII-VI asrlar ELLtNIZM DftVRI С Г ^ > 15 H.Абдуллаев. Санъат тарихи. Тошкент., “Укитувчим 1987 й., 69-70 б. 66 G om er davri. Eamizdan avvalgi XI-VIII asrlarda Gretsiyada urug‘doshlik jamoa boshqaruvining yo'qolib borishi va uning o’rnini quldorlik tuzimiga xos yangi munosabatlar egallashi Gomer davri tarixiy vaziyatining muhim tomonidir. Jamiyatda mulkiy tengsizlik boshlanib, insoniy huquqlardan uzoqlashib borayotgan qullar, mashaqqatli turmush tarziga ega bo'lgan dehqon, chorvador va hunarmandlarni hayotga ilhomlantiruvchi xalq epik poeziyasi vujudga keldi. Davrning ziyoli olimlari tomonidan yozilgan eposlarda insonlarni ideal hayotga bo'lgan orzu-istaklari - mard, jismoniy va ma’naviy barkamol shaxs qiyofasidagi qahramonlar misolida ifodalandi. Dostonlarda xalq hayoti, insonparvarlik, vatanparvarlik, jasorat, ezgulik va yovuzlik orasidagi kurash, chin insoniy fazilatlar ulug'lanardi. G om er havkali ! G eraki va Kenlavr. O liiB piyato topilgan broitza ! havkal. Gomer davri. Er.aw . 8 asr >Cyu-York. i Metropoliten nwzevi Yer liayday.otgan dehqon. Terrakota Beofidan topilgan. Er.aw. 8 asr. Parijning Luvr imizeyi. O 'sha davrda yashab ijod etgan eng mashhur yozuvchi Gomer edi. Uning “Iliada” va “Odisseya” dostonlari yuksak qadrlanardi. Gomer davrida me’morlikdagi avvalgi an’analar davom ettirildi. Tabiiy ashyolar (loy, tosh, suyak, yog‘och) dan yasalgan haykallarda xalq hayotidan olingan voqelar aks ettirilgan. Madaniy hayotda xalq hunarmandligi avvalgi davrlar (Egey madaniyati)ga nisbatan yaxshi rivojlangan. Jumladan, kulolchilikda yaratil buyumlarda xalq ijodiyotining eng nozik jihatlari namoyon bo'ladi. Shunday asarlardan biri Afina yaqinidagi Dipilon darvozasi atrofidan topilgan katta hajmli “Dipilon” vazalaridir. 67 Gomer davri kuiolchiligi Arxaika davri. Poleslarda16 quldorlik vujudga kelishi davri hisoblanadi. Bu antik xalq madaniyati eski badiiy g‘oyalar bilan uyg‘unlashgan davrdir. Yangi memorchilik prinsiplari shakllandi, xaykaltaroshlik. badiiy hunarmandchilik rivojlanib, lirik poeziya gullay boshlagan. Polis davlatlari tezlik bilan rivojlanib borishi bilan birga. ular orasida muttasil urushlar ajv olganligi bois, jamiatda kuchli va irodali shaxslarga ehtiyoj kuchaygan. Natijada davlat fuqarolari uchun na’munali hisoblangan fazilatlar ilgari surilib, vatan himoyasi uchun jismoniy sog‘lom, davlat manfaatini harqanday xususiy manfaatlardan ustun qo'yadigan ma’naviyahloqiy yetuk insonlar ulug‘landi. Bu borada san’at sohalari yetakchi badiiy-g‘oyaviy kuchga aylandi. Haykaltaroshlikda ideal obrazlar “Kuros” haykallarida ifoda etildi. Bu haykallarda jism onan baquvvat, ichki dunyosi vatan Kora. Elevsmlik qiz. Mannar. Er.av. 500-yil ■ ■ P 1 Havkaldan fragment 16 O 'sh a davidagi shahar davlatlar shunday nomlangan manfaatlariga yo'g‘rilgan barkamol yoshdagi inson tasviri kiyimsiz holatda tasvirlandi. Kuros haykallari anatomik aniqlikda, qat’iy simmetrik mutanosiblikda, biroz harakatsiz qomatda tasvirlangan. Arxaika davrida me’morlik ayniqsa, avvalgi davrlarga nisbatan tez sur’atda rivojlandi. Shaharsozlikning takomillashib borishi bilan yangi m e’moriy uslub va badiiy yechimlar yuzaga keldi. Antik davrning qadimgi Mikena madaniyatidan meros qolgan “Akrapol” shaharsozligi arxaika davrida yanada rivojlandi, yangi tipdagi me’morlik binolari va haykaltaroshlik bilan uyg‘unlashib bordi. Shahaming eng yuqori qismiga ibodatxona, uning oldida marosim o'tkazishga mo'ljallangan maydon, uning markazida polis xaloskori hisoblangan monumental haykal o'rnatilar edi. Akrapolning tashqi tomonidagi tevarak atrofda turarjoy binolari qurilgan. M e’morlikda ibodatxona yetakchi o'rin . ( i egallardi. Ibodatxona qurilishida uslubiy yechimlab > a ko"p bo'lgan. Ular orasida keng tarqalgani Peripter t uslubi edi. Ibodatxonaning markazida sella, ya’ni muqaddas yer bo'lgan, atrofi esa ustunlar qatori bilan o'rab chiqilgan. K ora. A fina afapgollik qiz. Marmar. Grek kurosi haykali Eramizdan aw . 6 asr oxiri, Afiiia. A ktoool iniizevL 69 ARXAIH DAVRI ! BO D АТУ О N A LA R ! THRLARi 4). I)ij>t bo'rtm a haykallar ishlangan. Mazkur Order tizimi keyingi grek me’morligida keng qo'llaniladi. Arxaika davri me’morligiga namuna qilib, eramizdan avvalgi VI asr o'rtalarida qurilgan Pestumdagi “Gera” ibodatxonasi hamda eramizdan avvalgi VI asr ikkinchi yarmida bunyod etilgan Korinfdagi “Apollon” ibodatxonalarini ko'rsatish mumkin. Ion orderidan namuna 73 Korinf orderidan namuna. Prostil tipidagi ibodatxona tipi bundan bir necha asrlar avval Mikena podsholigining saroy zallarida qo'llanilgan 75 mMSr 2). Amfmiostil 76 .ш 78 Tolos tipi bugungi kunda ham jahon me’morligida qo'llanilib kelinmoqda. Klassik davri. Grek shaxardavlatlarining Eramizdan avvalgi V-IV asrlarda yuksak darajada rivojlanishi, me’morlik, haykaltaroshlik, rangtasvir va amaliy san’at o 'z taraqqiyotining yuqori cho'qqisiga ko'tarilgan tarixiy bosqichi - klassika davri deyiiadi. Klassika - san’at va madaniyat, falsafiy qarashlar, poeziya va dramma ijodiyotining gullabyashnagan pallasi hamdir. Bu vaqtda Afina davlatida quldorlik demokratiyasi rivojlangan, fuqorolar o'zligini anglab, erkin aholini jamoa hayotida faol qatnashuvi kuchaygan davr edi. Eramizdan avvalgi V asr o'rtalarida Afina 150 dan ortiq grek polislari orasida boshqarish vakolatiga ega bo'lgan yagona qudratli davlatga aylandi. Alina dengiz yo'li orqali savdo-sotiq hukumronligiga erishishi, iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy yuksalishni yanada tezlashtirdi. Madaniyat markazi sifatida katta mavqeyga ega bo'lgan Afinada fan, san’at va madaniyat beqiyos darajada rivojlandi. Antik davrning buyuk faylasuf va tarixchilari va boshqa mutafakkirlar aynan shu davrda yashab ijod qildi. Jumladan Safokil. Suqrot, Gerodot, Demokrit, Aflotun (Ploton), Meliss, Empedokl, Antisfen. Aristip, Diogen kabi yetuk faylasuflarni shu o'rinda ta’kidlash mumkin. Bu taraqqiyotda o'sha davrning tashabbuskor davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat, badiiy ijodkorlikni qo'llab-quvvatlovchi shaxs Periklning munosib hissasi bor. U yuqorida nomlari keltirilgan ijodkor va faylasuflarni o 'z atrofida to'plab, ijodiy faollikka undadi. “Bu davrda san’at beqiyos rivojlandi. U erkin insonlarning histuyg‘ularini ifodalovchi, ularni doim o/odlikka chorlovchi bir minbarga aylandi. Ideal insonni qanday bo'lishi kerakligini ilodaladi. Me’rnor, haykaltarosh, rassomlarning asarlari keyingi asrlarda ham o'z D elf aravakashi. Bionza. Er.aw. 470-vil atrofi. De1f muzevi. ______ JH H D H f aravakashi. Fragment qiymatini yo'qotmay, taqlid qilish uchun klassik namuna bo'lib qoldi”17. Klassika davrida ko'plab mahoratli haykaltaroshlarning yetishib chiqishi va sermahsul ijod qilishi natijasida haykaltaroshlik taraqqiyot cho'qqisiga ko'tarildi. Bu borada yetuk ijodkorlar - Miron, Galikrat, Iktin, Poliklet, Appekas, Praksitel, Skopas, Leoxar, Lisipp kabi haykaltaroshlar faoliyati yetakchilik qildi. : -'Wf.- ' J Polislarning umumjamiyat taraqqiyoti, ilmfan, san’at va madaniyat ravnaqi, me’morlikda erishilgan ulkan yutuqlar hanuzgacha insoniyatni badiiy ijodga ilhomlantirib kelmoqda. Klassika me’morchiligida peripter tipidagi ibodatxonalar, doriy uslubidagi saroylar, hashamatli binolar qad ko'tardi. Klassika davrida Dions teatri, Afina Attikasi, Egina Afinasi. Afina Akropoli, Parfenon, Erexteyon, Afina Akropoli, Afayi ibodatxonasi, Zevs, Gera, Nika kabi ibodatxona va boshqa binolar qurildi. Rassomchilik, haykaltaroshlik va amaliy san’at bo'yicha bugungi kunda ham jahon san’ati xazinasining durdonalari sanalmish: «Disk otuvchi», «Delf aravakashi», «Apollon», «Nayzabardor», «Marafon jangchi», «Gerakl», «Chavandozlar», «Dam oluvchi», «Yosh amozonka», «Belveder Apolloni», «Apoksiomen», «Jangchini boshi» kabi asarlar ijod qilindi. Qadimgi Yunonistonni klassika davri san’ati va me’morchiligi o’z davridan ancha o'zib ketgan holda rivoj topdi. Chunki, bu davrda yaratilgan san’at va me’morchilik asarlari hozirga qadar jahon xalqlari diqqatini tortib keladi. Hozirchi zamon ishodkorlari xam qadimgi Yunon klassika davri san’atiga katta ijodiy mehr bilan qaraydilar. Klassika davriy taraqqiyoti quyiddagi shartli bosqichlar bo'lib o'rganiladi: 1) Ilk klassika - er.av. 490-450 yillar; 2) Yuqori klassika - er.av. V asrning ikkinchi yarmi; 3) So'nggi klassika - er.av. V asr oxiri. Ilk klassika davrida perepter tipidagi o'ziga xos ijodiy yondoshuv kasb etuvchi ibodatxonalar qurilishi faollashib, bu binolarda doriy uslubidagi usturlar tizimi ko'proq qo'llanildi. Shu o'rinda Pestumdagi “Gera ibodatxonasi” (er.aw. V asr «Afina Parfenos». Er.aw.V asr. Fidiv isblagan ta y la l nushasi. Fima millivmuzevi 17 Абдуллаев H. Санъат тарихи. 1 т. - Тошкент: Укитувчи, 1986. Б-79. boshlari), Egine orolidagi “Afina Afayi ibodatxonasi” (er.aw. 490 y), Olimpiya shaharidagi “Zevs ibodatxonasi” ni misol keltirish mumkin. Ilk klassika davrida haykaltaroshlik taraqqiyoti ayniqsa yaqqol ko'zga tashlanadi. Haykaltaroshlik asarlari me’morlik binolarini bezabgina qolmay, alohida ochiq maydonlarga ham o'rnatildi. Haykallarning ishlanishida realistik ijodiy yondoshuv mahorati ortib, tarixiy, mifologik hamda xayotiy mavzularning badiiy-ijodiy salohiyati yuksakldi. Ayni vaqtda chuqur anotomik tahlil asosida yaratilgan “Garmodiy va Aristogiton”, “Delf aravakashi” nomli haykallari, Afina Afayi ibodatxonasi frontonida Grek-Troya urushi voqealaridan iborat bo'rtma tasvir kompozitsiyalari ijod qilindi. Eramizdan avvalgi V asrlarning ikkinchi yarmi - yuqori klassika davridan Gretsiya san’ati yuksak cho'qqilarni zabt etdi. M e’morlik, haykaltaroshlik va boshqa san’at turlarida asarlarning estetik xususiyati mukammallashdi. Eron-Grek urushi davrida vayron bo'lgan binolar Afina akropoli qayta qurildi va uning markaziga “Afina haykali o'rnatildi”, yangi ibodatxonalar bunyod etildi. Grek me’morligidagi eng mashhur binolar - Parfenon ibodatxonasi, Propiley darvozasi, Nike ibodatxonasi qurildi. Parfenon ibodatxonasi grek me’morligining peripter uslubiga xos klassik namunasi hisoblanadi. Bino eramizdan aw algi 447- 438-yillarda tajribali me’morlar Iktin va Kallikrat loyihasi asosida qurilgan. 81 Erextivon ibodatxonasidagi Kariatida deb ataluvchi avol qomanda.n tashkit topgan havkal ustunlar. Ibodatxona tuzili shining ko'rkamligi bilan birga, bohirona bajarilgan haykalllar bilan bezatilgan. Bu haykallar o'sha davrning mashhur ijodkori haykaltarosh Fidiy tomonidan ishlangan. Parfenon yaqinida yangi talqindagi me’morlik yodgorligi - Erexteyon ibodatxonasi qad ko'targan. Bu ibodatxonaning boshqalaridan alohida ajralib turuvchi va tomoshabin diqqatini jalb etuvchi o'ziga xos tomoni shundaki, bino ustunlari kariatida nomli ayol qomatidan tashkil topgan oltita bir-xil ко nnishga ega bo'lgan va nozik badiiy-estetik kayfiyatda talqin etilgan haykallarning ishlanganiigidir. Klassik davrning oxirlarida (mil.av. IV asr) quldorlik jamiyatining birinchi inqirozi sababli polislar rivojlanishi to'xtay boshlaydi va bu IV asr ikkinchi yarmidan klassik san’atni inqirozga olib keldi. Greklarning ichki ziddiyatlari va o'zaro urushlarning kelib kechishi uni keyingi tarixiga salbiy ta’sir etdi. Bu orada Makedoniya qo'shinlari Flip II boshchiligida greklarga qarshi harbiy yurish boshladi. Miloddan avvalgi 338-yilda Gretsiya Makedoniya qo'shinlari tomonidan zabt etildi, 337-yili esa Greklar Makedoniyaliklar bilan tinchlik- ittifoqlik sulhini tuzdi. Shundan keyingi davr antik san’atning ellinizm davri deb nomlanadi. Ellinistik davr. Miloddan avvalgi IV asr oxiridan imperiya tuzilishi bilan quldorlik jamiyati qisqa muddatga inqirozdan chiqishi va ellinistik monarxiya ostida quldorlaming birlashish davri bo'ldi. Antik Gretsiyada yechimsiz ziddiyatlar kuchayib, erkin aholini katta qismi quldorlik iskanjasida honavayron bo'lishi va huquqsiz odamlar hisobiga yirik quldorlaming mislsiz boyishi va fuqorolar erkinligini yo'qolishi o'sha davr tarixiy sharoitining harakterli jihatidir. San’at asta sekin xalqparvarlik va fuqarolik hususiyatlarini yo'qatadi. Keyinchalik yellinistik davlatlarda Rim imperiyasi o 'z hukimronligini o'matgandan keyin grek san’ati qisman Rim san’atiga uyg‘unlashib ketadi. Ellinizm san’ati Aleksandr Makedonskiy hukumronlik qilgan davrdan to eramizdan avvalgi 30 yillargacha (Gretsiyani Rim imperiyasi tomonidan batamom bosib olinishiga qadar) hukum surdi. Makedonskiy qadimgi Sharqning ko'plab davlatlarni bosib olgandan keyin, mustamlaka xalqlar badiiy madaniyati ellin ijodiy an’analari bilan qorishib ketdi. Ellinizm davri ijodiyoti ham antik san’at tarixida yuksak baholanadi. Bu davrda avvalgi ijodiy tajrija maktabi saqlab qolingani holda, g‘oyaviy-shakliy jihatdan yangilana boshladi. Jumladan, klassik davrda shahar markazlarida ibodatxonalar qurilgan bo'Isa, ellinizm vaqtida bunday markazlarda muhtasham maydonlar bilan uyg‘unlashgan siyosiy-ma’muriy binolar bunyod etdi. Grek me’morligidagi order tizimi endilikda devorga yarim yopishgan holda ishlanib, me’moriy bezakning tarkibiy qismiga aylanib bordi. Haykaltaroshlik esa bino bezagida o'z ishtirokini saqlab qoldi. Bu davrda “Samofrakiya Nikesi” (Samofrakiya oroli uchun ishlangan mahobatli haykal), “Milos Afroditasi” (Milos oroli uchun ishlangan, hay-sh: Aleksandr, er.aw. 120 y), Pergam akropolidagi “Zevs mehrobi”ga ishlangan friz, “Leokoon o'z o 'g ‘illari bilan” (tax. Er.av. 25 yil., hay-sh: Agesandr, Polidor, Afmodor) kabi haykaltaroshlik namunalari ijod qilindi. Ovog'idav zirapcha oiayotgan bola. Haykaltarosh Pifagor Regiyiskiy. Er.av. V asr. Diskobol. Haykaltarosh Miron.Er.aw. V asr. 85 Antik davrning yana bir muhim madaniy markazi qadimgi Rim davlatidir. Qadimgi Rimda san’at va madaniyat milodan avvalgi VII asrdan milodiy V asrgacha taraqqiy etdi. Bu mamlakatda ham greklarda bo'lgani kabi, san’atning barcha turlari keng rivojlandi, me’morlik, haykaltaroshlik, rangtasvir va amaliy san’atda nodir san’at asarlari ijod qilindi, tasviriy san’atning yangi janrlari yuzaga keldi. Qadimgi Rim madaniyati Apenin yarim orolida (er.avv. VIII asr) yashagan ilk Etrusk qabilasining aristokratik shahar-davlatlaridan tortib toki, eramizdan avvalgi VI asrdan milodiy V asrlargacha bo' lgan davrdagi quldorlik respublikasi hamda imperatorlik boshqaruviga xos tarixiy-siyosiy hamda iqtisodiy hayotidagi o'zgarishlar bilan bog‘liqdir. Eramizdan avvalgi VIII-VI asrlarda Italiyaning o'rta va G ‘arbiy hududlarida Etrusk qabilasi yashagan. Ular qurilish borasida mohir usta- hunarmand bo'lishgan. Etruriya ko'plab shaharlarni o 'z ichiga olgan va har-bir shaharda kichik-kichik shaharchalari bo'lgan mamlakatdir. Shulardan eng qadimiylari - Tibr qirg‘og‘idagi Veyi, Sere, Vertuloniya, Vulchi. Kluzium, Peruziya, Aristinum shaharlari hisoblanadi. Mamlakatdagi bu shaharlar bir-biri bilan ittifoq bo'lib, ularning har-birini tepasida arstokrat kohin - lukumonlar turgan. Mamlakatdagi badavlat odamlardan tashqari aholi huquqsiz bo'lib, arstokratga bo'ysungan. Etrusk shaharlarining atrofmi baland va qalin devorlar qurshab olgan, yo'l qurilishi (toshdan), kanal va uning ustiga ko'priklar o'rnatilgan. Ibodatxona qurilishi ham asosiy o'rin egallagan. Ibodatxonalar oldi peshtoqli bo'lib, binoni bezashda rangli releflar, sopol terrakotalardan fbydalanilgan. Tomlariga akroteriya deb nomlanuvchi haykallar o'rnatilgan. Ibodatxonalar ikki xil ko'rinishda qurilgan: 1) Uchta sellali va chuqur kolonnali, portikli katta ibodatxonalar; 2) Uncha katta bo'lmagan ikki ustunli, portikli va bitta selladan iborat ibodatxonalar. Bu binolar baland pedestal ustiga qurilgan. Ular yog'och bostirmali bo'lib, tosh yoki yog‘och kolonna ushlab turgan va ikki tavaqali, karnizi bo'rtib chiqqan shifti bo'lgan. Bino qurilishida toskan orderlari qo'llanilgan. Toskan grek doriy orderining etrusk varianti hisoblanib, order kolonnalari kannelyurasiz, doriy orderiga o'xshash baza va kapiteldan tashkil topgan. Etrusk maqbaralari dumaloq ko'rinishli, usti yoysimon yarim dumaloq shaklida gumbazsimon bo'lgan. Maqbaralar bezagida rangtasvirdan keng foydalanilan. Etrusk qabilasida haykaltaroshlik ham o'ziga xos o'rin tutadi. Haykaltaroshlardan Vulka o'sha davrda samarali ijod qilgan. U Rimga Yupiter ibodatxonasini bezash uchun taklif qilingan. Veyidagi “Apollon” ibodatxonasining dekorativ haykallarini ham ishlagan. in , Rimliklar eramizdan avvalgi II asr o'rtalarida Apenin yarimorolidan O 'rta yer xavzasigacha bo'lgan katta hududni bosib olib, xukmdor davlatga aylandi. Respublika tasarrufiga o'tgan yerlardan boyliklarning Rimga olib kelinishi davlat taraqqiyotini oshirishi bilan birga, inqiroziga ham ta’sir etdi. Jumladan, mulkiy tengsizlik oshib, ekspluatatsiya kuchayishi xalqning noroziligini kuchaytirdi, turli qo'zg‘olonlarga sabab bo'ldi. Bular ta’sirida (masalan Spartak qo'zqoloni) Rim respublikasining tanazzuli tezlashib, imperatorlik davriga zamin yaratildi. 87 Eramizdan avvalgi 1 asr oxirlaridan milodiy 476 yiligacha vaqt oralig‘ida Rim imperatorlik davri hukum surdi. Yuqorida qaytd etilgan ilk qabilalar jamiyatidan boshlab Imperiya inqirozigacha bo'lgan davrning - ijtimoiy-siyosiy hamda tarixiymadaniy jarayonlari davomida Rim san’atida me’morlik, haykaltaroshlik, rangtasvir va hunarmandchilik yuksak rivojlandi. Rimda memorlik respublika davridan boshlab jadal rivojlandi. O 'sha davr qurilishiga xos Rim legionlarining jang safariga chiqishi uchun mo'ljallangan “Appiy yo'li” (er.aw. 312 yil), jiddiy me’morlik nazariyasi asosida qurilgan ko'prik va osma suv quvurlarini shu o'rinda misol keltirish mumkin. Rimliklar qadimgi grek davlatlarini bosib olib, ular qurgan binolar tuzilishiga katta qiziqish bilan qaradilar. Bu kabi bunyodkorlik Rim shaharlarida ham jonlandi. Biroq, Rimdagi binolar greklarnikiga qaraganda bezakka boyligi, jimjimadorligi va nafosati bilan farq qiladi. Masalan, eramizdan avvalgi III - 1 asrlarda qurilgan ibodatxonalar, villa, saroy va boshqa binolarda grek me’morligining order tizimi yangi talqindagi ijodiy yondoshuvlarga boyligi bilan ajralib turadi. Order tizimidagi ustun va to'sin kompozitsiyasi ko'proq bezak o'rnida qo'llanilib, binolaming xashamdor bo'lishida muhim vosita o'laroq hizmat qildi. Grek kapitellari orasida korinf uslubi yetakchilik qildi. Respublika davri Rim me’morligida greklarning ion-korinf, etrusklarning toskan orderlari bino bezagining ajralmas qismiga aylandi. Rim me’morligining badiiy hashamdorligi imperatorlik davrida kuchaydi. Ayniqsa, eramizdan avvalgi 27 yildan - milodiy 14- yillarda birinchi imperator Oktavian Avgust xukmronligi vaqtida sanat rivoji yuqori bosqichga erishib, «oltin asr» nomini oldi. Ayni paytda memor Vitruviy ijodi shahar va ijtimoiy-mamuriy binolar qurilishida katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bu davrda eng katta memorlik majmualari, murakkab me’moriy yechimga asoslangan ko'p qavatli binolar qurildi. Ulkan hajmiy-fazoviy kenglikka ega saroylar, zafar ustun va darvoza-arkalar o'sha davrning yirik madaniy yodgorligiga aylandi. Jumladan, milodiy I asrning so'nggi choragi (81-yil) da qurilgan “Tit memorial zafar arkasi”, “Panteon” ibodatxonasi, Rimning eng mashhur binosi hisoblangan “Kolizey” (rimliklar atamasi bo'yicha kolossey - katta, ulug' ma’nosini bildiradi) amfiteatri o'sha davrning ijod mahsuli sanaladi. Darhaqiqat rimliklar ataganidek katta hajmli bu bino Gladiatorlar jangi tomoshasiga kiruvchi 55 ming kishini sig'dira olgan. Imperatorlik davrining yana bir mashhur binosi (memor Apollodor tomonidan 118-125 yillar) “Panteon” qurilgan ibodatxonasidir. Mazkur bino katta gumbaz bilan yopilganligi, ko'rinishining soddaligi, oldi tomonida qizil toshli korinf ustundan qurilgan peshtoqi borligi uni boshqa binolardan ajratib turadi. Bino intererining kompozitsion yechimi ham o'ziga xosdir. Devori ikki yarusdan iborat, birinchi yarusi tokchali bo'lib, haykallar qo'yishga mo'ljallangan, ikkinchi yarusi marmar pilyastrlar bilan qismlarga bo'lingan, tepasi esa gumbaz bilan yopilgan. Gumbazning yuqori qismidagi 9 diametrli darcha (darcha - «panteon ko'zi» deb nom olanadi) bino inter’eriga fazoviy kenglik bag‘ishlab, xonani xashamatli qilib ko'rsatadi. Milodiy 476-yilda Rim imperiyasi Varvarlar tomonidan zabt etilishi bilan antik dunyo san’ati tugallanadi. Biroq, uning boy ijodiy tajribaga ega bo'lgan san’ati keyingi davr jahon san'ati taraqqiyotida muhim o'rin egalladi. Ko'plab rassom, haykaltarosh va me’morlar uchun taqliq maktabi bo'lib hizmat qildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Абдуллаев Н.У. “Санъат тарихи” Т-1. Тошкент, Укитувчи, 1987 к. 2. Ойдинов Н. “Узбекистан тасвирий санъати тарихидан лавхдлар”, Тошкент. Укитувчи 1997. 3. Н.Ойдинов. Аждодларимиз санъати ва еътикоди. Тошкент. “Ук;итувчи” 1992 й. 4. Дмитриева И.А. “Краткая история искусств”. Очерки Вып. 1.1. М. 1968-1975. 5. Ойдинов Н. Рассом укдтувчилар тайёрлаш муаммолари. - Тошкент: Уцитувчи - зиё-ношир, 1997. - 214 б. 6. Орипов Б. Тасвирий санъат асослари. - Наманган, 1994. - Б. 56 б. 7. Орипова Б. Санъат назарияси. - Наманган, 2000. - 22 б. 8. Хужайев Т., Абдуллаев К. Аждодларимиз киёфаси. - Тошкент: Фан, 1 9 9 0 .-4 9 6. 9. Эгамбердиев А. Х,аёт ва рассом. Тошкент: Узбекистан, 1978. - 30 б. 10. Узбекистан санъати (1991-2001 йиллар) /Х.Кароматов, Н.Жураев, ТДузиев ва б.; А.Хдкимов тах,рири остида. -Тошкент: Шарк, 2001. -236 б. 11. Всеобщая история искусств. Т-1. «Искусство» 1956 г. С-212. 12. Виппер Б.Р. “Искусство Древней Греции”. М. 1972. 13. Виппер Б.Р. “Искусство Древней Греции”. М. 1972. 14. Кол.авт. “История искусств зарубежных стран” Т. 1-3. М. 1963-1964 15. Кол.авт. “История зарубежного искусства” М. 1983. 16. Кол.авт. “Искусство стран и народов мира” Краткая художественная энциклопедия. Т. 1-5. М. 1962-1981. 17. Пугаченкова Г.А., Ремпель Л.И. “История искусств Узбекистана”. 18. Пугаченкова Г.А. Скульптура Халчаяна. - Москва: Искусство, 1971.-286 с. 19. Цырлин И. М. Виды изобразительного искусства. - Москва: художник, 1 9 6 1.-63 с. 20. Турчин В. Значение и функции материала в скульптуре //Творчество. - москва, 1979. 21. Турчин В. Границы художественного образа в скульптуре //Творчество. - Москва, 1984.



MAVZU:ANTIK SAN'AT. EGЕY YOKI KRIT-MIKЕN SAN'ATI.
REJA:
1 Antik san'at tarixi, Antik san'atning jahon san'ati tarixidagi o`rni.
2 Egеy san'ati hamda uning gеografik o`rni, davriy chеgarasi hamda mе'morchilik tasviriy va
amaliy bеzak san'ati.
Adabiyotlar:
1 Kun N.A. «Lеgеndo` i mifo` Drеvnеy Grеtsii» M., 1975y.
(19-23)
gh 2 Voshinina A.I. «Antichnoе isskustvo» M., 1962 (48-54)
MAVZUNING MATNI:
Antik iborasi lotincha "antikbus" so`zidan olingan bo`lib, ”Qadimiy” dеgan ma'noni
bildiradi. Bu ibora XV asrda Italiya gumanistlari tomonidan kiritilgan bo`lib, asosan Qadimgi
Grеk-Rim madaniyati va san'atini ifodalash uchun ishlatilgan. Еvropa, Osiyoning bir qismi
hamda Shimoliy Afrikada yashagan xalq va qabilalar san'ati ham qisman antik san'atga
aloqdordir.Grеklar o`zlarini Ellinlar dеb o`z mamlakatlarini esa Ellada dеb ataganlar. Ellada
senate kеyinchalik Iskandar Zulqarnayn bosib olgan juda katta impyeriya san'atining
rivojlanishiga ta'sir o’tkazdi.Elladaliklar san'ati Qadimgi Rim san'atiga ta'sir etdi.Rimliklar
Grеk san'atini e'zozladilar, o`rgandilar va uni yangi pog`onaga olib chiqdilar. Antik madaniyat
va san'at tarixi 476 yili Rim impyeriyasining qulashi bilan tugallanishini ham shu bilan
izohlash mumkin. Antik san'at asrlar mobaynida insoniyatni maftun etib, uni o`ziga jalb etib
kеlmoqda. Еvropa xalqlari shu
san'at va madaniyatga, grеk va rimliklar yaratgan ma'naviy
boyliklarga murojaat qilib kеldilar. Bugungi Еvropa san'ati va tеatri, adabiyoti va falsafasi antik
dunyoga suyanadi. o`yg`onish davri, XVII asrda paydo bo`lgan klassitsizm badiiy oqimi
namoyandalari ijodi ham antik dunyo san'atiga taqlid qilish asosida rivojlanadi. O`rta Osiyo
xalqlari, jumladan O`zbеkiston xalqlari ham ellinlar madaniyati va san'atildan baxhramand
bo`ldilar.Buni O`zbеkiston tuprog`idan topilgan va topilayotgan grеk madaniyati va san'atiga
oid juda ko`p namunalar yoki ular ta'sirida yaratilgan madaniyat yodgorliklari ham isbotladi.
Egеy yoki Krit-Mikеn san'ati.
Antik madaniyati uzoq vaqt davomida rivojlanib bordi. Uning rivojlanishida Pеloponnеs yarim
oroli va Egеy dеngizidagi ko’pgina orollarda, Kichik Osiyoning g`arbiy sohillarida eramizdan
avalgi III-II minginchi yillarda yashagan qabilalar madaniyati muhim rol o`ynadi. Antik
dunyoning eng qadimgi tarixi "egеy" yoki "krit-mikеn" madaniyati bilan boshlanadi. Bu
madaniyat yodgorliklarining dastlabki arxеologik kashfiyotlari Mikеna va Kritda topilganligi va
mulligi tufayli bu san'at Adabiyotlarida ba'zan krit-mikеn san'ati, dеb ham yuritiladi. Egеyo
madaniyatining eng gullagan davri eramizdan avvalgi 2000 yillarga to`g`ri kеladi. Bu davrda
hashamatli mе'morchilik kompozitsiyalari, podsho saroylari, tasviriy va amaliy-dekorativ san'at
namunalari yaratilgan. Shunday nodir yodgorliklardan' biri ingliz arxеologi A.Evans
tomonidanKritdan topilgan Knoss saroyining qoldiqlaridir.
Knoss saroyida ustunlardan kеng foydalanilgan. Tosh tag kursiga urnatilgan yog`ochdan
ishlangan ustunlar Knoss saroyining tеpa tomonini ko’tarib turish uchun ishlatilgan. Bu
ustunlar o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, ular pastga tomon torayib borgan. Saroy
dеvorlariga suratlar ishlangan, pollari esa bеjirim naqshlar bilan bеzatilgan.
Knoss saroyida ayol tasviri yaxshi saqlangan. Arxеologlar uni "Parijlik ayol” dеb nomlaganlar.
U shaffof matеriallardan tuqilgan libos kiyib olgan. Ayol boshi yon tomonidan ishlangan, kuzi
esa old tomondan tasvirlangan, Monumеntal haykaltaroshlik bеlgisi bu еrda uchramaydi. Lеkin
amaliy-dekorativ haykaltaroshlik va zargarlik san'ati borasida kritliklar nodir yodgorliklar
qoldirganlar. Ular toshtaroshlikda juda mohir bo`lib, toshdan vazalar ishlaganlar, nafis burtma
tasvirlar yaratganlar. Ayniqsa, turli dеngiz hayvonlarining burtma tasviri diqqatni tortadi.
Eramizdan avvalgi XIV asrga kеlib, Krit madaniyati inqirozga yuz tutdi. Endilikda Egеy
madaniyatining markazi grеk matеrigiga - Pеloponnеs yarim oroliga va undagi Mikеna, Tirinf
manzillariga kuchdi. Bolkrn yarim orolining janubida, Egеy dеngizi orolarida va Kichik
Osiyoning G`arbiy soxutlarida yashagan axеyaliklar bu yangi madaniyat taraqqiyotini
bеlgiladilar. Bizgacha Mikеna va Tirinfdagi baland tеpaliklar ustiga qurilgan qal`alar,
qurg`onlar yеtib kеlgan. Ular eramizdan avvalgi XIV-XIII asrlarda qurilgan. Bu qurg`onlarning
dеvorlari og`irligi 5-6 tonna kеladigan toshlardan qurilgan bo`lib, dеvorning qalinligi 6-10 m.
xatto undan ham ortiq bo`lgan. Masalan, Tirinf qurg`oni dеvorining qalinligi 17,5 m. bo`lgan.
Dеvor ichi bo`shliq bo`lib, u yеrda xazina, oziq-ovqat, qurol-aslaha saqlangan.
Tirinfdagi akropol sodda, atrofi qalin dеvor bilan o`ralgan bo`lib, uning uch darvozasi
bo`lgan.
Mikеna mе'morchiligida darvoza qurilishiga katta e'tibor bеrilgan. Mikеna qurg`onining
markaziy darvozasi “Shyerlar darvozasi" dеb nomlangan. Darvoza atrofi yaxlit katta toshlardan
qurilgan. Tеpasiga ustunlarni ushlab turgan ikki shyerning bo`rtma tasviri ishlangan. Bu ustun
Mikеna podsholari qudrati va birligining ramzi bo`lgan, Tirinf va Mikеna saroylarining
dеvorlari ganch bilan ishlanib, dеvoriy suratlar bilan bеzatilgan. Mikеna rassomlari ov
manzaralari, ayniqsa, jang manzaralarini tasvirlashni sеvishgan. Tirinf, Mikеna dеvoriy
suratlari Krit san'atkorlarining asarlaridan badiiy jihatdan bushligi, figuralarining bir muncha
statikligi, chizilgan suratlarning birmuncha quruqligi bilan ajralib turadi. Eramizdan avvalgi XII
asr o`rtalarida Bolkon yarim orollarining shimolidan janubga tomon siljiy boshlagan doriy
qabilalarining Egеy orollaridagi davlatlarni bosib olishi Pеloponеsdagi egеy madaniyatini
tugashiga sabab bo`ldi. Lеkin uning kеyingi ellin madaniyatiga ta'siri ko`p bo`ldi.
Elladaliklar Egеy madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini o`zlashtirdilar. Ular Krit-Mikеn diniy-
mifologik tushunchalarini qabul qildilar. Kulolchilik mayda plastik san'ati an'analari Ellada
san'ati taraqqiyotida davot ettirildi.

Antik davr yodgorliklari Xorazm hududlaridan ham topib o’rganilgan. Qadimgi Xorazm tarixi va madaniyati haqida ma’lumot beruvchi yodgorliklardan biri -Quyqirilgan qal’adir.

Quyqirilgan qal’ada 1951-57 yillarda arxeologik qazish va qidiruv ishlari olib borilgan. Bu yodgorlik qadimgi Xorazmning miloddan avvalgi IV –milodning I asriga mansub bo’lgan shaharlaridan biri bo’lgan. Shahar doira shaklidagi qal’adan iborat bo’lib, u tashqi va ichki devorlar bilan o’rab olingan. Arxeologlar 3 qavatdan iborat bo’lgan mudofaa devori bo’lganligini, tashqi devorning yuqori qismida kamonchilar uchun qilingan tuynuklar, aylana shaklida burjlar o’rnini aniqlaganlar. Qal’ada kulolchilik rivojlangan idishlar sirtiga afsonaviy qushlar rasmi chizilgan. Ko’plab idishlarda chopar ot ustidagi sipohiylar surati solingan. Tulpor ot tasviri esa ko’plab uchraydi. Urug’ totemlari bilan bog’liq xususiyatlarni aks ettiruvchi arslon, jayron, tuya singari hayvonlarning suratlari solingan buyumlar keng tarqalgan.

Devorning muhim madaniy yodgorliklaridan biri Tuproqqal’adir. Tuproqqal’a Xorazmshohlar podsholarining markaziy shahri bo’lgan. Yodgorlikda keng ko’lamdagi ishlar 1945 yildan (S.P.Tolstov) olib borilgan. Tuproqqal’aning maydoni 17,5 ga bo’lib, u III-IV asrlarga mansub noyob yodgorlik. Yodgorlik markazida 80õ80 m hududni podsho saroyi egallagan. Saroyning devorlari haykallar bilan bezatilgan. Saroy xonalari esa har xil maqsadlar uchun mo’ljallangan. Arxeologlar ularni «podsho zali», «raqqoslar zali» ... degan shartli nomlar bilan atashgan.

Podsho zalida ko’plab haykallar bo’lib, ularning barchasi loydan ishlangan. Ular qimmatbaho va turli rangdagi liboslarda tasvirlangan. (yaxtak, sholvor kiygan erkaklar, burmalangan ko’lakdagi ayollarning haykallari). “Qizil tanli harbiylar zali”da podsho haykali qo’yilgan, uning ikki tomonida o’ziga xos bosh kiyimdagi qurolli harbiylar haykali o’rnatilgan. Podshoh saroyining yana bir zalida mayho’rlik bazmi ko’rsatilgan. Tuproqqal’a yodgorligidan podsho arxivi topilgan, u 100 ga yaqin hujjat bo’lib, shundan 18 tasi yog’ochga, ko’pchiligi teriga yozilgan, hozirgi kungacha ularning 8 tasi yaxshi saqlangan. 100 ga yaqin hujjatdan 26 tasi o’qishga yaroqli. Tuproqqal’a Xorazm davlatining III-IVasrlarda poytaxti bilan bu shahar antik davr shahar madaniyatining yorqin timsolidir.

Toshkent viloyatida, Sirdaryo va Janubiy Qozog’iston erlarida miloddan avvalgi III asrda yarim o’troq Qang’ davlati tashkil topgan. Qang’ davlatining hayoti, turmush tarzi va madaniyati haqida Xitoy manbalarida ma’lumotlar uchraydi. Qang’da yashagan qang’uylarning madaniyati va ho’jaligi haqida Qovunchi yodgorligi ma’lumot beradi, Qang’ davlatining poytaxti qang’diz-qanqa (hozirgi Oqqo’rg’on markazida) shahar xarobasi hisoblanadi. Uning umumiy maydoni 150 ga bo’lib, atrofi qalin mudofaa devorlari bilan o’rab olingan. Shahar xarobasidan arki a’lo, (o’rda), ibodatxona, savdo va hunarmandchilik mavzelari, shahar yo’llari, maydonlar, hovuzlarning o’rni topib o’rganilgan.

Ma’lumki, O’rta Osiyoda miloddan avvalgi III-II asrlarda Farg’ona davlati-Davon shakllangan davlat sifatida mavjud edi. U qadimda Parkana, Xitoy manbalarida esa Davan deb atalgan.

Xitoy manbalarida mil.av. I asrda Davon ko’p aholisi bor, dehqonchilik va hunarmandchilik ho’jaliklari yuksak rivojlangan, shaharlar

Davanda 70 ga yaqin obod shahar bo’lgan. Bu hududda bog’dorchilik, ziroatchilik, to’qimachilik rivojlangan. Farg’onaning samoviy duldurlari-afsonaviy otlari mashhur bo’lgan; Ershi, Axsi, Quva singari shaharlar taraqqiy etgan.

Xulosa sifatida shuni qayd etish kerakki, O’rta Osiyo antik

davrda shahar madaniyatining uzluksiz rivojlanishi jarayoniga tortilgan bo’lib, bu erda Qadimgi Sharq tsivilizatsiyasiga xos mahalliy shahar qurilishi an’analari shakllanadi. Me’morchiligida mudofaa inshoatlari, diniy va dunyoviy monumental inshoatlarning paydo bo’lishi shahar-madaniyati taraqqiyotini belgilab beradi.

Moddiy madaniyatning barcha jabhalarida originallik, amaliy va tasviriy asarlarida yuksak did va mahorat ruhi antik madaniyatni mazmun va mohiyatini belgilab beradi.


qadimiy An'anaga ko'ra, Rim o'rta 8 asr eramizgacha yilda tashkil etilgan. e. Madaniyat Rim imperiyasi antik davrda eng nufuzli biri hisoblangan, Yevropa sivilizatsiyasi ulkan ta'sir ko'rsatdi. Va bu Yunon uzoqdan va teatr va musiqa asoslangan qadimiy Rim Rasm va Haykal ko'rgazmasi ajralmas etrusk qadimiy an'analari bilan bog'liq, deb qaramay.



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin