1-MAVZU: Kirish. Mustaqillik davrida Ozbek xalq og'zaki ijodini o'rganilishi. Folklor manaviv tarbiyaning poydevori.
Reja: 1. O`zbek xalq og`zaki ijodining maqsad va vazifalari
2. Folklor so`z sanatining boshlang`ich namunasi 3. Xalq folklorning ijodkori; folklor jamoa ijodi; folklor og`zaki ijod.
4. Folklorda ananaviylik, variantlilik, ijodiy metod.
5. Folklorshunoslik - folklor haqidagi fan.
6. Folklor namunalarining qadimgi yozma obidalar orqali yetib kelishi.
O`zbek folklori va folklorshunosligining taraqqiyot davrlari.
Tayanch tushunchalar: folklor, xalq og`zaki poetik ijodi, el adabiyoti, xalq adabiyoti, og`zaki ijod, animizm, totemizm, fetishizm, og`zakilik, jamoa ijodi, anana, variant, versiya, ijodiy metod, folklorshunoslik, folklorizmlar, kult, tur, janr, improvizatsiya, arxiv.
ADABIYOTLAR:
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: O‘zbekiston NMIU, 2017.
Karimov I.A. Yuksak ma'naviyai yengilmas kuch.-T.: "Manaviyat". 2008.
Jorayev M. Folklorshunoslik asoslari. -T.: Fan, 2009.
Jo'rayev M. Folklorshunoslikka kirish. Oquv qollanma. - Toshkent: TDM1, 2008.
Safarov O. Ozbek xalq og'zaki ijodi. -T.: Musiqa nashriyoti, 2010.
Madayev O. Ozbek xalq ogzaki ijodi. -T.: Mumtoz soz, 2010.
N.Mallayev. Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti. T. 2015.
Folklor haqida umumiy tushuncha. Folklor atamasi aslida folk - xalq va lore-donolik so`zlaridan yasalgan bo`lib, xalq donoligi, xalq donishmandligi manolarini anglatadi. Uni birinchi marta 1846-yilda Vilyam Toms ilmiy istiloh sifatida qo`lladi. Shundan boshlab bu istiloh xalqaro miqyosda ilmiy taomilda o`zlashib ketdi. Shunga qaramay, Angliya, AQSh va boshqa ingliz tilida so`zlashuvchi mamlakatlarda bu mavhum tushuncha sifatida keng manoda xalq ijodining barcha sohalarini xalq poeziyasi, xalq nasri, musiqasi, raqsi, rassomlik, o`ymakorlik, diniy etiqodi va odatlarini ifodalasa, boshqa tillarda so`zlashuvchi xalqlarda, asosan, so`z sanatini - xalq og`zaki poetik ijodi tushunchasini ifoda etadi.
Xalq musiqasi tushunchasini ifodalashda musiqa folklori, xalq sanatining boshqa turlarini, chunonchi, o`ymakorlik, zargarlik, zardo`zlik, kashtachilik (patdo`zlik) singarilar xalq amaliy sanati termini ostida tushuniladi. Xalq raqsi tushunchasi xalq xoreografiyasi (grekcha choreuo xor jo`rligida raqsga tushmoq va grapho raqs harakatlarini maxsus belgilarda yozib olmoq) deb yuritiladi. O`zbek folklorshunosligi tarixida folklor istilohi nisbatan keyinroq ilmiy iste`molga kirdi. U dastlab el adabiyoti, og`zaki adabiyot, og`zaki ijod tarzida qo`llanildi.
1935-yilda H.Zarif va Sh.Rajabiylarning O`zbek sovet folkloridan namunalar kitobi bosilib chiqqandan keyin mazkur istilohni qo`llash taomilga kira boshladi va asta-sekin o`zbek folklori tushunchasi zamirida o`zbek xalq og`zaki poetik ijodi tushuniladigan bo`ldi. Hodi Zarifning oliy o`quv yurtlari uchun tuzgan ikki jildlik O`zbek folklori (1939 va 1941-y.) xrestomatiyasi nashr etilgach, u yanada barqarorlashdi. O`zbek folklori xilma-xil janrlardan tarkib topgan og`zaki so`z sanati bo`lib, xalqimizning dunyoqarashi, badiiy zavqi, ijodiy salohiyati, simpatiya va antipatiyasini, orzu va intilishlarini aks ettiradi. Binobarin, folklorni maxsus fan sifatida oliy o`quv yurtlarida o`qitish hayotiy zaruriyat taqozosi tufayli amalga oshdi.