2 MAVZU : O`zbek folklorining janrlar tizimi.Mif va uning badiiy talqinlari. Afsona, rivoyat, naqllarning badiiyati.
Reja: Qadimgi davr folklorining o`ziga xos xususiyatlari
Mif (asotir) atamasining mohiyati, janrning o`ziga xos belgilari.
3. Afsona istilohi haqida tushuncha va janr tabiati.
4. Rivoyat janri tabiati, o`ziga xos xususiyatlari va turlari.
Rivoyat janri va afsonalarning bir-biridan farqi va o`xshashlik jihatlari
Naql atamasi haqida. Naql janrining tabiati,, badiiyati, turlari.
Jo'rayev M. Folklorshunoslikka kirish. Oquv qollanma. – T. 2008.
3. Safarov O. Ozbek xalq og'zaki ijodi. -T.: Musiqa nashriyoti, 2010.
4.Madayev O. Ozbek xalq ogzaki ijodi. -T.: Mumtoz soz, 2010
5.Jorayev M , Sh. Shomusarov. Ozbek mifologiyasi va arab folklori.T.2001.
6.K.Imomov.O`zbek xalq nasri poetikasi.T. Fan. 2008.
7.N.Mallayev. Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti. T. 2015.
8.Z.Masharipova O`zbek xalq og`zaki ijodi. T. 2008.
Eng qadimgi folklor miflarni, jangnoma tipidagi afsonalar va rivoyatlarni, ertak va naqllarni, qahramonlik eposlari, qo`shiq va maqollarni qamrab oladi.
Eng qadimgi folklor asarlarining yaratilishida animistik va totemistik qarashlar, turli mifologik inonchlar muhim rol o`ynagan.
Animizm - bu ibtidoiy insonning tabiat haqidagi qarashi, o`zini tabiatdagi narsalar: tabiat kuchlari va hodisalari, jonsiz predmetlar bilan aynan bir narsa deb hisoblashi, hamma narsalarni jonli deb bilishdan iborat tasavvurlari yig`indisidir. Animizm asosida jon va ruhning borligiga ishonch yotadi. Animistik tushuncha tasavvurlarning qoldig`i Yoriltosh, Qilich botir, Oqbilakxon kabi ko`plab ertaklar tarkibida saqlanib qolgan. Chunonchi, Yoriltoshda toshning inson murojaatiga quloq tutib yorilishi mo`jizasi, Qilich botirda qahramonning joni tanasida emas, balki unga tegishli predmetda saqlanishi, Oqbilakxon ertagida esa yigitning toshga aylanib qolishi kabi motivlar bevosita animistik tushunchalar qoldig`idir.