Bosh miya chayqalishi. Sabablari.Yiqilish, urilish, transport hodisasi natijasida bosh miya chayqalishi mumkin.
Belgilari.Miya chayqalishining yengil, o`rtacha va og`ir darajalari bo`ladi.
Yengil darajasida odam bir necha minut davomida hushini yo`qotadi. Hushiga kelgach boshi og‘riydi, boshi aylanadi, darmonsizlanadi, ko`ngli ayniydi.
O`rtacha darajada hushini yo`qotishi bir necha soatgacha bo`lishi mumkin. Hushiga kelgach xotirasining yo`qolishi (amneziya) kuzatiladi. U bo`lgan hodisani eslamaydi.Qayt qiladi, boshi og‘riydi, boshi aylanadi, yurak va tomir urishi sekinlashgan bo`ladi. Nafas olishi sekin, yuzaki, lablari ko`kargan, ranggi oqargan bo`ladi.
Og`ir darajada bemor komatoz holatga tushadi.Ahvoli og`ir bo`ladi, hushini yo`qotishi bir necha soatdan, bir necha kungacha davom etishi mumkin. Ko`z qorachig`i kengaygan bo`lib, u yorug`da torayish, qorong`ida kengayish xususiyatini yo`qotadi. Yurak va tomir urishi kuchsiz, sekinlashgan, nafas yuzaki bo`ladi, reflekslar yo`qoladi, siydigini va axlatini tuta olmaydi. Miya chayqalishidan keyin ancha vaqtgacha bemorning boshi og`riydi, boshi aylanadi, u tik turganida muvozanatini yaxshi saqlay olmaydi, jahldor bo`lib qoladi. Bemor xotirasini uzoq vaqt (oy, yil) yo`qotishi mumkin.
Tibbiy yordam.1.Bemorning boshini balandroq qilib yotqiziladi.
2.Yurak-tomir faoliyatini yaxshilovchi:kofein, kordiamin, kamfora (bittasi) 1-2 ml teri ostiga.
3.Hushiga kelishi uchun ozroq nashatir spirtini paxta (bint) ga tomizib hidlatiladi.
4.Og‘riq qoldiruvchi: analgin (baralgin)-1-2 ml, dimedrol-1 ml, novokain-3 ml muskul orasiga yuboriladi.
5.Birinchi yordam ko`rsatish jarayonida tez yordam chaqiriladi;
6.Miya chayqalishining har qanday darajasida ham bemor shifoxonaning reanimatsiya yoki neyroxirurgiya bo`limiga yotqiziladi. Yengil darajasida 10 kun, o`rta og`ir darajasida 20 kun, og`ir darajasida esa 30 kungacha o`rnidan turmay yotishi kerak.