Antivirus dasturlari taxlili reja: Kompyuter viruslari. Kompyuter viruslarini sinflarga ajratish Fayl viruslarini sinflarga ajratish


AVP Control Center oynasi quyidagi bo'limlardan iborat



Yüklə 110,69 Kb.
səhifə7/7
tarix03.12.2022
ölçüsü110,69 Kb.
#72120
1   2   3   4   5   6   7
26-mavzu akt Antivirus dasturlari haqida ma

AVP Control Center oynasi quyidagi bo'limlardan iborat:
- Components - antivirus kompleksiga kiruvchi modullar ro'yxati, versiyalari va oxirgi yangilanish sanasi
- Tasks - bajariladigan vazifalar ro'yxati;
- Report - hisobotlar bo'limi;
- Password - AVP Control Center dasturini yuklashga va chiqib ketishga parol o'rnatish. Kerakli o'zgartirishlar kiritilganidan keyin OK tugmasi chertiladi. O'zgartirishlarni bekor qilib chiqish uchun "Cancel" tugmasi bosiladi.
AVP Scanner moduli
Bu modul foydalanuvchi ko'rsatgan joylarni va ko'rsatilgan vaqtda tekshirish va zarurat tug'ilsa, davolash uchun mo'ljallangan, u avtomatik tarzda AVP Control Center tomonidan yoki foydalanuvchi tomonidan ishga tushishi mumkin.
AVP Scanner modulini ishga tushirish uchun quyidagilarni bajarish kerak bo'ladi:
"Pusk" / "Programmi"/ "AntiViral Toolkit Pro"/ AVP Scanner tanlanadi. Natijada ekranda quyidagi oyna hosil bo'ladi:

U yuklanish jarayonida operativ xotirani virusga tekshiradi va lozim b?lsa yangilanish kerakligini ta'kidlaydi.
Uning oynasi quyidagi kismlardan iborat:
- Location - tekshiriladigan disk va katolog ko'rsatish;
- Objects - tekshiriladigan ob'ektlarni - fayllar turini ko'rsatish;
- Actions - virus topilganida bajariladigan amalni ko'rsatish;
- Options - tekshiruvni olib borish tartibi va parametrlarini ko'rsatish;
- Statstics - hisobot va statistika oynasi.
Location bo'limi

Local Hard Drives - kompyuterning qattiq disklari tekshirilishi kerakligini ko'rsatish;
Network Drives - tarmoq qattiq disklari tekshirilishi kerakligini ko'rsatish;
Floppy Drives - disketa tekshirilishi kerakligini ko'rsatish;
Add Folder - joriy katlogni tekshirish lozim bo'lgan kataloglarga qo'shish;
Scan Now - tekshiruvni boshlash;
Object - topilgan xato va virusli fayllarni ko'rsatish bo'limi.
Objects bo'limi

Memory - xotirani tekshirish;
Sectors - qattiq disk yoki disketaning yuklanish sektorini tekshirish;
Files - fayllarni tekshirish;
Packed Files - siqilgan fayllarni tekshirish;
Archives - arxiv fayllarini tekshirish;
Mail databases - elektron pochta fayllarini tekshirish;
Smart - tekshiruvni yuzaki o'tkazish;
Programs - faqat dastur fayllarini tekshirish;
All files - barcha fayllarni tekshirish;
User defined - foydalanuvchi ko'rsatgan turdagi fayllarni tekshirish.
Actions bo'limi

Report Only - topilgan virus to'g'risida faqat hisobot berish.
Display Disinfect dialog - aniqlangan virus faylini davolash to'g'risida so'rov oynasini chiqarish;
Disinfect automatically - avtomatik tarzda davolash;
Delete object automatically - aniqlangan virusli fayllarni avtomatik tarzda o'chirish;
Copy to Infected Folder - topilgan virusli fayllarni ko'rsatilgan katalogga ko'chirish.
Yüklə 110,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin