Revizor dasturlar -dastlab dastur va diskning tizimli sohasi haqidagi rna'lumot1arni xotiraga oladi, so'ngra ularni dastlabkisi bilan solishtiradi. Mos kelmagan hollar haqida foydalanuvchiga ma’lum qiladi. Masalan, CRCLIST va CRCTEST dasturlar.
Doktor revizorlar - revizor va doktorning aralashmasi, boshqacha aytganda, fауl va diskning tizimli sohasidagi o'zgarishlarni nafaqat aniqlaydigan, balki o'zgargan holda ularni dastlabki holatga qaytarishi mumkin bo'lgan dasturlardir.
Filtr dasturlar yoki rezident dasturlar kompyuterning tezkor xotirasida rezidentday joylanadi va viruslar tomonidan zararni ko'paytirish va ziyon yetkazish maqsadida operatsion tizimga qilinayotgan murojaatlarni ushlab qolib, ular haqida foydalanuvchiga ma’lum qiladi. Foydalanuvchi ushbu amalni bajarish yoki bajarmaslikka ko'rsatma beradi. Masalan, Flushot Plus va Antivirus dasturlari.
Virusga qarshi dasturlar quvvatiga qarab bir necha turga bo'linadi. quyida eng ko'p tarqalgan virusga qarshi DSAV 2.0 («Dialog-nauka A.B.») kompleksi va uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. AIDSTEST – viruslarni aniqlash va yo'qotish uchun mo'ljallangan virusga qarshi ko'p qirrali dastur (har haftada yangilanib turadi).
2. Doctor WEB (Dr Web) – yangidan yaratilgan, ma’lum va noma’lum viruslarni aniqlash va yo'qotish uchun ishlatiladigan virusga qarshi dastur. U arxivlangan va vaksiyalangan fayllarda ham viruslarni aniqlay oladi (har oyda o'rtacha 2 marta yangilanadi).
3. ADINF – diskdagi barcha o'zgarishlarni nazorat qiluvchi, fdisklarning virusga qarshi revizor dasturi (bir yilda bir necha marta yangilanadi). Diskdagi barcha dasturlarning fizik kamchiliklarini nazorat qiladi. Diskning tizimli sohasini vа fayllar holatini eslab qoladi vа qayta yuklashda diskdagi o'zgarishlarni aniqlaydi, agar biror xavfli o'zgarishlar aniqlansa, foydalanuvchiga bu haqda xabar beradi.
4. ADINF CURE MODVLE – ADINF disklar revizoridagi davolash moduli bo'lib, revizor tomonidan zararlanganligi aniqlangan fayllarni avtomatik holatda tiklaydi (yiliga bir necha marta yangilanadi).
5. SHERIF – qattiq diskdagi operatsion tizim, dasturlar va ma'lumotlar faylini 100% kafolat bilan himoyalovchi rezident dastur.
Вu dasturlar asosan MS DOS muhitida ishlatiladi (ularni Windows muhitiga moslash ham mumkin).
Amalda yuqoridagilarning bittasidan foydalanish maqsadga muvofiq. Biror dasturni o'rnatib, uni doimiy ravishda yangilab borilsa, foydaliroq bo'ladi.
Kompyuterlarga virus yuqqanda (yoki yuqqanlik haqida gumon bo'lsa) quyidagi qoidalarni esda tutish vа qo'llash lozim:
1. Dastlab, qarshi kurash qarorlarini qabul qilishga shoshmaslik kerak. O'ylamasdan qilingan harakatlar tiklash mumkin bo'lgan fayllarning bir qismni yo'qotishgina emas, balki kompyuterni yana qayta kasallantirishga olib kelishi mumkin.
2. Virus o'zining buzg'unchiligini davom ettirmasligi uchun kompyuterni o'chirish lozim.
3. Kompyuter kasallanishi vа davolash ko'rinishini aniqlashga mo'ljallangan barcha amallarni yozishdan himoyalangan operatsion tizimli disk bilan kompyuterni ishga tushirish orqaligina bajarish mumkin.