antropogenetika usullari populyatsion statistik usul
Dermatoglifika 3 bо‘limdan iborat: palmaskopiya, plantaskopiya, daktiloskopiy. Palmaskopiya kaft terisidagi naqshlar tasvirini о‘rganadi.
Daktiloskopiya barmoq uchi terisidagi chiziqlar tasvirini о‘rganadi.
Populyatsiyalarda irsiyatni о‘rganish usuli. Odatda turlar alohida-alohida bо‘lgan populyatsiyalardan tashkil topgan. Odamlar har tur sifatida bir qancha populyatsiyalardan iborat. Populyatsiya- bir turga mansub bо‘lgan, bir joyda har xil genotipli organizmlar tо‘plami. Odam populyatsiyalariga misol qilib respublika, viloyat, tuman, shahar va qishloqdagi kishilarni olish mumkin. Demak, populyatsiyalar katta va kichik bо‘lishi mumkin ekan. Populyatsiyalarda kuzatiladigan genetik jarayonlarni genetikaning maxsus bо‘limi-populyatsiyalar genetikasi о‘rgatadi. Odam populyatsiyalarini bir-biridan geografik, sotsial, diniy e’tiqod va boshqa belgilari bilan ajratish mumkin. Odamlarda katta populyatsiyalar odatda, bitta emas, bir necha antropologik guruhlardan, Ya’ni genetik jihatdan bir-biriga yaqin bо‘lgan populyatsiyalardan tashkil topgan.
Adabiyotlar