Antropogenetika usullari populyatsion statistik usul



Yüklə 41,77 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü41,77 Kb.
#207416
1   2   3
antropogenetika usullari populyatsion statistik usul

Egizaklar usuli. Organizmda yuzaga chiqadigan belgilarning har biri ikkita muhim omilga Ya’ni shu organizmning irsiyatiga va tashqi muhit sharoitiga bog‘liq. Bu omillarning belgilarni yuzaga chiqarishdagi о‘rnini egizaklarni о‘rganish bilan kо‘rsatish mumkin. Egizaklarni о‘rganish usuli genetikaning eng qadimiy usullaridan bо‘lib, unga о‘tgan asrning oxirlari va asrimiz boshlarida F.Galton birinchi bо‘lib asossolgan. Egizaklar usulini о‘rganishdan oldin egizaklarning biologiyasi bilan tanishmoq lozim. Hayvonlarga qaraganda odamlarda egizaklar kamroq tug‘iladi. Barcha tug‘ilgan bolalar ichida egizaklar ( ikkita) 2% ni tashkil qiladi. Uchta egizaklar undan ham kam uchraydi, Ya’ni 8000-10000 tug‘ilishiga bitta tо‘g‘ri keladi. Tо‘rtta, beshta va undan ortiq egizaklarning tug‘ilishi esa juda ham kam.
Odatda, egizaklar ikki xil bо‘ladi: bir tuxumli (BE) yoki monozigotali va ikki tuxumli (IE) yoki dizigotali. Dizigotali egizak monozigotalisiga qaraganda kо‘proq tug‘iladi, Ya’ni umumiy egizaklar ichida dizigotalilari 65-70% ni tashkil qiladi. Dizigotali egizaklar yoshi kattaroq (37-38 yosh) ayollarda kо‘proq tug‘iladi. Agar ayol kishi bir marta egizak bola tuqqan bо‘lsa, keyingi xomiladorligida ham bolalarning egizak tug‘ilish ehtimoli katta. Egizak tug‘ilishga moyillik xususiyati irsiy hisoblanib, u onadan faqat qiziga о‘tadi va jinsga bog‘liq bо‘lgan retsessiv belgi hisoblanadi.
Monozigotali va dizigotali egizaklarning hosil bо‘lish mexanizmi bir xil emas. Dizigotali egizaklar bir vaqtda yetilgan ikkita tuxum hujayraning ikkita har xil spermatazoid bilan urug‘lanishidan hosil bо‘ladi. Monozigotali egizaklar esa bitta tuxum hujayraning bitta spermatozoid bilan urug‘lanishidan hosil bо‘ladi. Shunday urug‘langan tuxum hujayra bachadonga tushmasdan tezda ikkiga bо‘linadi va har biridan keyinchalik ikkita mustaqil organizm rivojlanadi. Bitta zigotadan hosil bо‘lganligi uchun monozigotali egizaklar bir jinsli bо‘lib, kо‘z rangi va teridagi naqshlar, modda almashinishi va boshqa kо‘pgina morfologik belgilari va kasalliklari bilan bir-birlariga juda о‘xshash bо‘ladi. Baland bо‘yli, savlatli ayollardan egizak bolalar tug‘ilishi ehtimoli past bо‘ylilarga qaraganda kо‘proq ekan. Afrikalik ayollar yaponiyalik ayollarga qaraganda kо‘proq egizak tug‘ishadi, chunki afrikalik ayollar baland bо‘yli bо‘ladilar. Eng kо‘p egizaklar tug‘ilishi Boltiq dengizi qirg‘oqlari aholisida kuzatiladi.
Dermatoglifika usuli. Dermatoglifika maxsus fan bо‘lib, odamlarning barmoq, kaft va tovon terisidagi naqshlar tasvirlarining yuzaga chiqishida irsiyatning rolini о‘rgatadi. Dermatoglifika ikkita grekcha sо‘zdan olingan bо‘lib, derma-teri, glyphe-rasm tushirmoq ma’nosini anglatadi. Dermatoglifika tushunchasini fanga Kammins va Midlolar kiritdilar. Teridagi tasvirlarni о‘rganish juda qadimdan boshlangan bо‘lib, Malpigi (1686) va Purkinyelar (1823) о‘zlarining anatomiya sohasidagi ishlarida barmoqlaridagi tasvirlarning xillarini kо‘rsatganlar.
Teridagi murakkab tasvirlar epidermisda derma qavatidan hosil bо‘lgan bо‘rtmachalar xisobiga paydo bо‘ladi. Barmoqlar uchida hosil bо‘lgan naqshlar esa, har bir irqqa mansub kishilarda о‘ziga xos kо‘rinishga ega. Rus, ukrain va beloruslarda barmoqlar terisidagi naqshlar tasviri bir-biriga juda о‘xshash. Bu ularning kelib chiqishi birligini bildiradi. Lekin barmoqdagi bu naqshlar har bir kishida alohida kо‘rinihga ega bо‘lib, bir kishinini ikkinchisiga sira о‘xshamaydi. Teridagi bunday xususiyatlarni birinchi bо‘lib, F.Galton payqadi va Angliya politsiya mahkamalarida jinoyatchilarni topishda barmoq izlaridan foydalanishni taklif qildi. Yaqin kunlargacha О‘rta Osiyo halqlari hujjatlarga imzo о‘rniga barmoq izlarini tushirganlar. Yer sharida monozigotali egizaklardan tashqari barmoqlar terisidagi tasvirlar bir xil bо‘lgan ikki kishini topib bо‘lmaydi.

Yüklə 41,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin