Turli yoshda kislorod o'zgarishini aniqlash.
Odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan kislorod qabul qilib,
karbonat angidrid gazini chiqarib turishi nafas olish deb ataladi. Nafas olish har bir
tirik organizmning hayoti uchun eng zarur fiziologik jarayon hisoblanadi.
Nafas olish jarayoni quyidagi qismlardan iborat: 1. O'pka alveolalari va tashqi
muhit o'rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi (tashqi nafas olish). 2.
O'pka alveolalari va o'pkaning kapillyar qon tomirlari o'rtasida kislorod va karbonat
angidrid almashinuvi. 3. Qon va to'qimalar o'rtasida kislorod va karbonat angidrid
almashinuvi (ichki nafas olish).Nafas olish orqali tashqi
muhitdan qabul qilingan
kisJorod ishtirokida hujayra va to'qimalarda oqsil, yog' va uglevodlar oksidlanib,
energiya hosil qiladi.Nafas olish a'zolariga: burun bo'shlig'i, hiqildoq,
kekirdak
(traxeya), bronxlar, o'pkalar va plevra pardalari kiradi (1-rasm).
Burun bo'shlig'i. Burun bo'shlig'i yuqori, pastki va ikkita yon devordan tashkil
topgan. Burun bo'shlig'i o'rtasidan ikkiga bo'lingan. Uning ichki yuzasi shilimshiq
parda bilan qoplangan. Bu pardada juda ko'p mayda bezchalar bo'lib, ulardan
shilimshiq suyuqlik ajraladi. Shilliq parda mayda qon tomirlari va nerv tolalariga
boy.Burun bo'shlig'ining oldingi qismida mayda tukchalar bo'ladi.
Ular nafas
olinadigan havo tarkibidagi chang zarrachalarini tutib qolib, organizmni himoya
qilish vazifasini bajaradi.
Nafas olganda tashqi muhitdan kirgan havo burun bo'shlig'i orqali o'tganda
iliydi, namlanadi va chang zarrachalaridan tozalanadi.
Shundan keyin bu havo
halqum orqali hiqildoqqa o'tadi.
Hiqildoq. Hiqildoq IV-VI bo'yin umurtqalari ro'parasida joylashgan. U old
tomondan til osti suyagi muskullari va teri, yon tomondan
qon tomirlari va nerv
tolalari hamda qalqonsimon bez bilan chegaralangan. Hiqildoq havo o'tkazuvchi
nafas yo'li vazifasini bajarishdan tashqari, u tovush hosil qiladigan ovoz apparati
hamdir. Uning ichki qavati tuldi
shilimshiq pardadan iborat, devori esa tog'ay va
muskullardan tashkil topgan. Ichki qavatining o'rtasida tovush boylamlari va
muskullari joylashgan bo'lib, ularning harakati, qisqarishi va bo'shashishi natijasida
ovoz teshiklari ochilishi yoki yopilishi orqali tovush hosil bo'ladi.
Hiqildoq uzuksimon, qalqonsimon, hiqildoq usti kabi uchta yirik tog'aydan va
uch juft mayda tog'aydan tashkil topgan. Hiqildoqda uch guruh muskullar bo'lib,
ularning bir guruhi tovush teshigini kengaytiradi,
ikkinchi guruhi toraytiradi,
uchinchi gu¬ruhi tovush boylamlarini taranglashtiradi. Hiqildoqdan havo uning
pastki qismiga tutashgan nafas yo'liga, ya'ni kekirdakka o'tadi.
Kekirdak (traxeya) va bronxlar. Kekirdak hiqildoqning pastki qismidan, ya'ni
VI-VII bo'yin umurtqalari ro'parasidan boshlanib, V ko'krak
umurtqasi
ro'parasigacha davom etadi va shu joyda o'ng va chap bronxlarga bo'linadi. Uning
uzunligi odamning bo'yiga qarab, 9-13 srn gacha yetadi.
Kekirdakning devori 16-20 ta aylanasimon tog'aylar va paylardan tashkil
topgan. Aylanasimon tog'aylarning orqa qismi silliq muskullardan iborat.
Kekirdakning ichki qavati tuksimon shilliq pardadan tashkil topgan bo'lib, unda
mayda bezchalar joylashgan. Ulardan ajralgan suyuqlik havoni namlab o'tkazadi.
Tuksimon silliq parda esa havodagi chang zarrachalarini ushlab qolib,
tashqariga
chiqarib yuboradi.
Bronxlar. V ko'krak umurtqasi ro'parasida kekirdakning ikkiga (o'ng va chap
bronxlarga) bo'linishidan hosil bo'ladi. Bronxlar o'pka to'qimasiga kirib, xuddi
daraxt shoxiga o'xshab, juda ko'p mayda bronxchalarga tarmoqlanadi va born-born
alveola pufakchalarini hosil qiladi.
Kekirdak va bronxlar nafas yo'li hisoblanib, ular havoni ilitib, namlab, mayda
chang zarrachalaridan tozalab, o'pka alveolalariga o'tkazadi.
O'pka. O'pka bir juft bo'lib (o'ng va chap o'pka), konussimon tuzilgan. Ular
ko'krak qafasining ikki tomonida joylashgan.O'ng va chap o'pkaning o'rtasida
kekirdak, qizilo'ngach, qon tomirlari, ayrisimon bez, nerv tolalari, limfa tomirlari va
tugunlari hamda yurak joylashgan.