Antropometriya. Bolalar qaddi-qomatini shakllanishi



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix09.06.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#127819
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
13 talik full removed.2tali pdf (2) (2)



Antropometriya . Bolalar qaddi-qomatini shakllanishi 
Antropometriya (antropo … va yun. metreo — oʻlchayman) — antropolo-
giyaning tekshirish usullaridan biri. U odam organizmi aʼzolarining hamma belgilari 
(uzunligi, eni, qalinligi, shakli, rangi va hokazo) oʻzgarib turishini miqdoriy 
tomondan tavsiflab beradi. Olingan maʼlumotlar organizmning ayrim boʻlaklari 
(bosh, boʻyin, koʻkrak qafasi, qorin va chanoq qismlari, qoʻl va oyoqlar)ga 
taqqoslanib, oʻsishi yoki oʻzgarishi kuzatib boriladi. Uzunlik, kenglik va burchak 
belgilari A. asboblari (uchi doʻmboq sirkul, sirgʻanuvchi sir-kul, koordinatali sirkul, 
odam boʻyini oʻlchovchi antropometr, burchakni oʻlchovchi goniometr va jagʻni 
oʻlchovchi mandibulo-metr va hokazo) yordamida oʻlchanadi. Tana, ayniqsa bosh, 
yuz, burun, labning oʻlchash mumkin boʻlmaydigan belgilari — rang va shakllari 
maxsus ishlab chiqilgan shkala va etalonlarga qarab aniqlanadi. A. maʼlumotlaridan 
kriminalistikada jinoyatchilarni tavsiflash va aniqlashda ham foydalaniladi.
Kifotik qad-qomatli odamlarda kuraklar qanotga o‘xshab ko‘tarilib, orqa yelka 
qismi do‘mbayib, bukir holat yuzaga keladi. 
Lordotik qad qomatli odamlar gavdasining orqa qismi tekis yoki bir oz 
botiqroq, ko‘krak qafasi yassi, qorni oldinga chiqqan bo‘ladi. Bunday holat umurtqa 
pog‘onasining bel qismi me‘yordan ko‘proq oldinga bukilishi, bo‘yin qismida esa 
oldinga kamroq bukilishi, hamda qorin devori muskullarining kuchsiz 
rivojlanganligi tufayli yuzaga keladi. 
Skoliotik qad-qomatli odam tik turganda yelkalarining biri past, ikkinchisi 
baland, ko‘kraklari ham past, baland, ko‘krak qafasining bir tomoni bo‘rtganroq, 
ikkinchi tomoni botiqroq holatda bo‘ladi. Bunday odam gavdasini to‘g‘ri va tik tuta 
olmaydi, tik turganda gavdasi bir tomonga qiyshaygan holatda bo‘ladi (rasmga 
qarang). Bolaning qad-qomati normal shakllanishi uchun bir qator gigiyenik 
qoidalarga rioya qilish kerak. 


Qad-qomatning to‘g‘ri shakllanishiga bola tug‘ilishidan boshlab e‘tibor berish
lozim. Yangi tug‘ilgan bolaning oyoq-qo‘llarini to‘g‘ri parvarish qilish, to‘g‘ri
yo‘rgaklash, beshikda yotganda oyoq-qo‘llarini to‘g‘rilab bog‘lash, ko‘krak qafasini
qattiq qisib bog‘lamaslik kerak. Bola bir yoshda yura boshlaydi. Bu davrdan boshlab
bolaning qad-qomatiga ye‘tibor berish lozim.
Bolani olti oylik bo‘lguncha o‘tqizmaslik, o‘n oylik bo‘lguncha oyog‘ida uzoq
vaqt tik turg‘izmaslik kerak, chunki bu yoshdagi bolalarning umurtqa pog‘onasi,
oyoq suyaklari egiluvchan bo‘lganligi sababli tana og‘irligini ko‘tara olmasdan,
qiyshayib qolishi mumkin.
yoshgacha bo‘lgan bolalalarni katta odamlar uzoq vaqt qo‘lidan yetaklab
yurmasligi kerak, chunki bolaning bir tomoni yuqoriga ko‘tarilishi tufayli umurtqa
pog‘onasi egrilanib qolishi mumkin. Bolaning 6-7 yoshdan qad-qomati shakllana
boshlaydi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uzoq vaqt bir joyda
o‘tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og‘ir buyumlarni
ko‘tarmasligi, ayniqsa doim faqat bir qo‘lida ish bajarmasligi, bo‘ylariga mos parta,
stol-stullarda o‘tirishi kerak. O‘quvchilar parta, stol-stulda o‘tirganda quyidagi
qoidalarga rioya qilishi zarur: o‘tirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekisda, beli stul
(parta) suyang‘ichiga suyanib tursin, oyoqlari tizza bo‘g‘imida to‘g‘ri burchak hosil
qilib bukilsin, oyoq kaftining hamma yuzasi polga baravar tegib tursin, ko‘krak bilan

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin