nazoratni susaytirishga aslo yo'l qo'yib bo'lmaydi. Mamlakatning oziq-ovqat
havfsizligi-jismoniy talablar darajasida aholi salomatligi holatiga havf solmasdan
aholini muhim iste'mol mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash
imkoniyati
kafolatlangan ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy holatdir. Boshqacha qilib aytganda,
hozirgi yashayotgan va kelajakda tug'iladigan avlod uchun havf tug'dirmaydigan
oziq-ovqat havfsiz hisoblanadi, Shu bois, bugungi kunda mahsulot sifatini nazorat
qilishning obyektivligi o'z navbatida butun insoniyat salomatligi uchun havfsizligini
kafolatlagani bois, mazkur soha bilan bog'liq muammolarga yuzaki qarab bo'lmaydi.
Bizning tadqiqot mavzuimizni chuqur ochib berish, sohadagi muammolarni ochib
berish, zarur takliflar bildirish, O'zbekiston Respublikasining qonunchilik
hujjatlarini tahlil qilishni taqozo etadi.
"Aholining Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risida"gi O'zbekiston
Respublikasi qonunining 17-moddasida fuqarolar
davlat boshqaruvi organlaridan,
mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, shuningdek davlat sanitariya nazoratini
amalga oshiruvchi organlardan sanitariya-epidemiologik vaziyat va insonning
yashash
muhiti holati, yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan
mahsulotning, shuningdek bajarilayotgan ishlar va ko'rsatilayotgan xizmatlarning
xavfsizligi hamda sifati to'g'risida axborot olish huquqida ega ekanligi belgilangan.
Bundan kelib chiqadiki, har bir fuqaro o'zi iste'mol
qiladigan mahsulotning
havfsizlik talablariga qanchalik javob berishi haqida yetarli ma'lumotga ega
bo'lishga huquqlidir. Shuningdek qonunchiligimizda, "Oziq-ovqat mahsulotining
havfsizligi" tushunchasiga ta'rif berilgan: "Oziq-ovqat mahsulotining havfsizligi —
Oziq-ovqat
mahsulotining
sanitariya,
veterinariya,
veterinariya-sanitariya,
fitosanitariya qoidalari va normalariga mosligi", ko'rinib turganidek, ta'rifda
havfsizlik uchun talab aynan ko'rsatilmasdan boshqa
normativ-hujjatlarga havola
qilingan. Mahsulotning sifati va xavfsizligini ta'minlaydigan talablar majburiy
bo'lib, u qonun yoki boshqa normativ hujjat belgilangan tartibda o'rnatiladi.
Iste'molchilarning havfsizligini ta'minlash bo'yicha majburiy talablar O'zbekiston
Respublikasi hukumati tomonidan tasdiqlangan va nazorat qilinadigan
standartlar, sanitariya me'yorlari va qoidalarda belgilanadi.