Ish qobiliyatining yil chorak kun davomida o'zgarishi
O’quvchi va talabalarning ishchanlik qobiliyati. O’quvchi va talabalarning
ishchanlik qobiliyati deganda ma’lum bir aqliy yoki jismoniy ishni uzoq muddat
davomida oz kuch sarflab, sifatini talab darajasida bajarish tushuniladi.
Ayrim adabiyotlarga asoslanib, aqliy ishchanlik qobiliyati ko’rsatkichlarini
kun davomida o’rganib chiqib alohida davrlarga ajratish mumkin, bu o’z navbatida
o’qish va mehnat qilish bo’yicha ratsional kun tartibi tuzishda eng obyektiv mezon
hisoblanadi. Aqliy ishchanlik qobiliyati 5 ta davrdan iborat:
1. Ishga kirishish davri. Darsda bir necha daqiqa davom etib, o’quvchi o’quv
va ish jarayonlariga moslasha boradi.
2. Optimal ishchanlik davri. Aqliy mehnatni bajarishning stabillashgan
davridir. Bunda diqqat dominantligi vujudga keladi.
3. To’liq, kompensatsiya davri. Oldingi davrdan farq qilib, toliqishning
dastlabki belgilari paydo bo’la boshlaydi, ammo ularni odamning iroda kuchi
kompensatsiyalashtirib, yuzaga chiqarmay turadi.
4. Beqaror kompensatsiya davri. Toliqishning ortib borishi ish faoliyatining
pasayishi bilan xarakterlanadi, ammo odam iroda kuchi bilan ma’lum vaqtgacha
aqliy mehnatni talab darajasida davom ettirishi mumkin.
5. Mehnat faoliyatining progressiv pasayish davri. Bu davr toliqishning tez
ortib borishi bilan xarakterlanadi, bunda bajarilayotgan aqliy mehnatning mahsuli
va samaradorligi keskin kamayadi.
Bu davrlarni dars davomida, kun, hafta, chorak, yil davomida kuzatish
mumkin.
Aqliy mehnat faoliyatini yuqori darajada saqlay olish mumkinmi degan savolga
rus olimi N.Ye Vedenskiyning ta’kidlashicha, aqliy mehnatning yuqori
mahsuldorligini ta’minlovchi sharoitlar quyidagilardan iborat:
- har qanday mehnatni bajarishga asta-sekin kirishish;
-ish bajarishning optimal ritmini va tartibini tanlash va unga rioya qilish;
-ishni izchillikda va ketma-ket bajarishga odatlanish;
-mehnat va dam olishni to’g’ri tashkil qilish, bir ish turini ikkinchisi bilan
almashtirib olib borish.
-muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish tufayli aqliy
mehnat malakalarini avtomatlashtirish va takomillashtirish hamda avtomatik malaka
hosil qilish.
Yuqoridagi omillarning ko’pchiligi o’quvchilarning ham ish qobiliyatini
aniqlaydi, ammo ularning eng muhimi o’quv kun tartibiga, va o’z vaqtida dam
olishga rioya qilishdir.
Aqliy faoliyat uzoq, vaqt davom etaversa, ularning ish qobiliyati asta-sekin
pasayib, ish sifati yomonlasha boshlaydi, bajarilayotgan ishga nisbatan e’tibor
kamayadi, fanlarni o’zlashtirish pasayadi, talaba bo’shashadi, mudraydi. Bu holat
miyaning ish bajarayotgan markazlaridagi asab hujayralari qo’zg’alish holatidan
tormozlanish holatiga o’tganligini, ya’ni ular charchaganligini ko’rsatadi.
Charchash bu tashqi muhit bilan miya po’stlog’idagi asab hujayralari o’rtasidagi
aloqaning vaqtincha uzilishidir. Charchash deganda, miya hujayralarining shu bilan
birga butun organizmning ishchanlik qobiliyatini pasayishi tushuniladi. Bu
fiziologik jarayon bo’lib, tormozlanishning oxirgi pog’onasi hisoblanadi.
Tormozlanish dastlab bosh miya po’stloq qismiga, so’ngra asab tizimining qo’yi
qismlariga tarqalib, organizmni bo’shashtiradi.
Darsda charchashning birinchi bosqichi faol tormozlanishning bo’shashi bilan
bog’liq, bu harakatlar o’zgacha ko’rinishda namoyon bo’ladi.
O’quvchilarning o’zlari faol o’quv holatidan to’xtagan bo’ladilar, sinfda ozgina
shovqin-suron ko’tariladi. Charchashning bundan keyingi ikkinchi bosqichi
qo’zg’alish jarayonining bo’shashi, bilan birga davom etadi. Tormozlanish
jarayonlari qo’zg’alish jarayonidan ustun turadi.
I.P. Pavlov charchashda tormozlanish jarayonining ahamiyatiga to’xtalib o’tar
ekan: «Charchash tormozlanish jarayonining avtomatik ichki qo’zg’tuvchilaridan
biridir» - deb yozgan edi.
|