A.Abduqayumning 2022 yilgi ekisport hajmi $3,5 mlnni tashkil etgan. Bu ko’rsatgich 2023 yilga kelib $5,5 mln tashkil etadi.
A.Abduqayum faqat o’yinchoq biznesi bilan shug’ullanib qolmadi. U o’z boshqa brendlariga ham asos soldi. Bugungi kunda tadbirkor quyidagi brendlarga egalik qiladi: — Afiyet doner kebab; — Puro geleteria; — Resto Profi education; — Sam Tech; — Scolaro consulting; — ToyBola Toys;
A.Abduqayum restaran biznesiga 2018 yilda kirib kelgan. U birinchi bo’lib 2018 yilning 1 oktyabr sanasida o’zining “AFIYET DONER KEBAB ” deb nomlangan restaranini ochadi. A.Abduqayum restaran biznesida hali yangiligi uchun juda qiynaladi. Shu bilan birga $100 ming ni ham suvga oqizib yuboradi. U turkiyaga borib restaran biznesini yaxshi mukammal o’rganadi. A.Abduqayum turkiyadan qaytgach “AFIYET DONER KEBAB” restaranini yaxshi yo’lga qo’yib oladi. Bu restaranga zararlarni ham hisoblaganda jami $500 ming sarflangan. A.Abduqayum 2021 yil Toshkent shahrida “AFIYET DONER KEBAB ” restaraning 2 chi filialini ochadi.
“PURO GELETERIA”
A.Abduqayum 2020 yilda o’zining “Puro geleteria” kofiteriyasiga asos soladi. A.Abduqayum interviyularining birida bu kofiteriyaga asos solishimdan maqsad yoshligimda musqaymoqni juda yahxshi ko’rganman, Italyaga borganimda italyan musqaymoqlarini yeb boshqacha tam his qilganman va shunaqa Italyan musqaymoq tayorlaydigan joy ochaman deb niyat qilgandim deb aytib o’tadi. Hozirgi kunda “Puro”ning filiallari soni jami 12 taga yetgan.
A.Abduqayum interviyusida : 10 yil uchun oldimga ushta asosiy maqsad qo‘yganman. Birinchi maqsadim ”Toy bola"ni dunyo bo‘yicha o‘yinchoq ishlab chiqaruvchi top-10 kompaniya safiga chiqarishni rejalashtirganman.
A.Abduqayum interviyusida : 10 yil uchun oldimga ushta asosiy maqsad qo‘yganman. Birinchi maqsadim ”Toy bola"ni dunyo bo‘yicha o‘yinchoq ishlab chiqaruvchi top-10 kompaniya safiga chiqarishni rejalashtirganman.
Ikkinchi maqsadim “Puro galeteria” ni xalqaro darajadagi kompaniyaga aylantirish va uni dunyo bo‘ylab jami 200 ta filialini ochish.
Uchinchi maqsadim yangi o‘zbek milliy oshxonasi brendini yaratib, butun dunyo bo‘yicha uning 1000 ta filialini ochish. O‘zbek oshxonasini butun dunyoga tanitmoqchiman deb aytib o’tgan.