64
qo‘llaniladi. Tug‘ilishning maxsus koeffisientida har 1000 ta 15-49 yoshdagi
ayollarga nisbatan tug‘ilgan bolalar soni aniqlanadi va quyidagicha ifodalanadi:
TW
N
F
49
15
49
15
-
-
=
*1000
F
15-49
-tug‘ilishning maxsus koeffisienti
N
15-49
-o‘rganilayotgavn davrda 15-49 yoshni ayollarda tug‘ilgan bolalar soni
T-o‘rganilayotgan davr (yil)
W-reproduktiv yoshdagi ayollarning o‘rtacha soni (15-49 yosh, tug‘ilish
darajasi past davlatlarda 15-44 yoshdagi ayollar olinadi).
Tug‘ilishning maxsus koeffisenti erkaklarga nisbatan ham hisoblanadi. U holda har
1000 ta 15-49 (14-54 yoshlar uchun ham hisoblanadi) yoshdagi erkaklarga
nisbatan tug‘ilgan bolalar soni aniqlanadi.
Tug‘ilishning xususiy koeffisientlari-tug‘ilishning o‘rganishdagi eng aniq
koeffisientlar bo‘lib, ma’lum yosh guruhlarda tug‘ilish darajasini ifodalaydi. Bu
koeffisient odatda har 1000 ta 15-19, 20-24, 25-29, 30-34, 35-39, 40-44 va 45-49
yosh guruhidagi ayollarda tug‘ilayotgan bolalar sonini aniqlashda qo‘llaniladi va
quyidagicha ifodalanadi:
1000
/
/
/
·
+
+
=
y
TW
y
N
F
x
x
x
x
y
x
F
x/V
-tug‘ilishning maxsus yosh guruhi bo‘yicha koeffisienti.
N
x/x
+V-ma’lum yosh guruhidagi onalardan tug‘ilgan bolalar soni.
T-o‘rganilayotgan davr (yil).
W-o‘rganilayotgan yosh guruhidagi ayollarning o‘rtacha soni.
Tug‘ilishning yig‘indisi (summarniy) koeffisienti, tug‘ilish darajasini eng
aniq ifadolovchi ko‘rsatkich bo‘lib, unda dunyo hududlari. davlatlar va ma’lum
aholi guruhlaridagi tug‘ilish darajasini ifodalashda qo‘llaniladi. Hududlar bo‘yicha
tug‘ilish darajasini taqqoslaganda ham asosan tug‘ilishning yig‘indi koeffisienti
ishlatiladi. Tug‘ilishning yig‘indi koeffisienti ma’lum avlodga tegishli har bir
ayolning hayoti davomida (o‘lim va yosh tarkibidagi o‘zgarishlardan qat’i nazar,
har bir yosh guruhidagi tug‘ilish darajasi saqlangan holda) tuqqan bolalarining
o‘rtacha soni. Tug‘ilishning yig‘indi koeffisienti tug‘ilishning yosh guruhlari
koeffisientlari yig‘indisiga teng.
å
+
·
=
49
15
/
y
F
y
F
x
x
йигинди
U-yosh guruhlari orasidagi davr (interval)
65
Tug‘ilishning yig‘indi koeffisienti 4,0 dan yuqori bo‘lsa-tug‘ilish darajasi
yuqori 2,15 dan kam bo‘lsa, tug‘ilish darajasi past 2,15-4,0 bo‘lsa o‘rtacha
hisoblanadi.
Jamiyat taraqqiyoti davomida tug‘ilish tarixiy davrlar va hududlar bo‘yicha
muntazam o‘zgarib kelgan. 18 asrning ikkinchi yarmiga qadar dunyodagi deyarli
barcha davlatlarda tug‘ilish yuqori bo‘lgan. 20 asrning ikkinchi yarmidan boshlab
esa tug‘ilish yer kurrasi bo‘ylab kamaya boshladi.
Tug‘ilish darajasi jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida ham bir xil
bo‘lavermagan. Kaptalistik formasiyagacha mavud bo‘lgan davrlarda tug‘ilish
biologik xarakterga ega bo‘lgan, ya’ni cheklanmagan. Ko‘pbolalik jamiyat
davlat tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan. Bu holni hozirgi jamiyat taraqqiyot
bosqichida turib tasavvur qilish mushkulroq albatta. Masalaning tub mohiyatiga
nazar tashlashga to‘g‘ri keladi, qaysiki o‘sha o‘tmish zamonlardagi ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot bilan bevosita bog‘liqdir. Quldorlik davrida ham, feodalizmda
ham ko‘pbolalikdan har bir oila va shu bilan birga jamiyat ham manfaatdor edi.
Nega shunday?
Eng avval oilada bolaning iqtisodiy roli juda katta edi. Ko‘pgina
mamlakatlarda oila yumushlarida, hunarmandchilikda, dehqonchilikda va
chorvachilikda bolalar mehnatidan foydalanilgan. Demak, bola mehnati milliy
daromadning ma’lum ulushini tashkil etgani sababli, jamiyat tomonidan qo‘llab
quvvatlangan. Hatto ba’zi davlatlarda, masalan, Rossiyada dehqonlarga ishlash
uchun beriladigan yer ham bolalar soniga qarab taqsimlanardi. Bunday sharoitda,
o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, har bir oila bolalar sonini ko‘paytirishdan
manfaatdor bo‘lgan.
Kapitalistik ishlab chiqarish usulining vujudga kelishi bilan sanoat tez
rivojlana boshladi, yangi-yangi shaharlar paydo bo‘ldi. Ko‘pchilik aholi ish
qidirib qishloqdan shaharga ko‘chib kela boshladi. Shahar aholisining o‘sib
borishi natijasida bir tomondan shaharlarda turar joy, oziq-ovqat muammolari
kelib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi tomondan fan texnika taraqqiy etib, ishsizlik
vujudga keldi. Uchinchidan, kapitalistik ishlab chiqarishda ayollar va bolalar
mehnatiga juda kam haq to‘lanar edi. Jamiyatda bunday o‘zgarishlar oilada
bolalar sonini cheklashga, tug‘ilishning qisqarishiga olib keldi. Aholisining asosiy
qismi shaharlarja yashovchi Xorijdiy Yevropa mamlakatlarida tug‘ilish ayniqsa
kamayib ketdi. Masalan, Angliyada 1850 yillarda aholining 50 % shaharlarda
yashagan va har ming kishi hisobiga tug‘ilgan bolalar soni o‘rtacha 32,6 ni
tashkil qilgan bo‘lsa, hozirgi aholining 80 % ga yaqini shaharlarda yashaydi va
har ming kishga nisbatan tug‘ilgan bolalar soni 10 tani tashkil qiladi. Yoki
Fransiyani olib qaraylik. Bu mamlakatda 1850 yildan to hozirgacha shahar aholisi
25,5 dan 74 % gacha ko‘paydi. Har ming hisobiga tug‘ilgan bolalar soni esa 26,2
dan, 13,7 gacha kamaydi. Germaniya respublikasida esa aholining 94 %
shaharlarda istiqomat qilishadi. Tug‘ilish ko‘rsatkichi esa 9 %
o
ni tashkil etadi
xolos, va dunyoda tug‘ilish eng kam davlatlardan hisoblanadi.
Yer yuzida tug‘ilishning kamayishi asosan 18 asrning ikkinchi yarmida
G‘arbiy Yevropa davlatlarida boshlanib, keyinchalik bu qit’aning boshqa
mamlakatlariga, undan so‘ng esa AQSh, Kanada, Avstraliya va Yaponiyaga
66
tarqaldi. Ayniqsa, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davlatlarda tug‘ilish tez
kamaya boshladi. Ushbu davlatlarda 1750-1800 yillarda har ming kishi hisobiga
38 ta bola tug‘ilgan bo‘lsa, 1970-1990 yillarda bu ko‘rsatkich 16 ni, 2007 yili 12
ni tashkil qildi. Boshqacha qilib aytganda, tug‘ilish 3 martadan ko‘proq
qisqargan. Endi xuddi ana shu davrlar uchun rivojlanayotgan mamlakatlardagi
tug‘ilishni qiyoslaydigan bo‘lsak, boshqacha ahvolni guvohi bo‘lamiz. Ularda
1750-1790 yillarda har ming kishi hisobiga 41 tadan bola tug‘ilgan va 1970-1990
yillarda esa har 1000 kishi hisobiga tug‘ilgan bola 34 ni, 2009 yili esa 22 ni
tashkil qilgan. Demak, rivojlanayotgan davlatlarda tug‘ilishning kamayishi,
nisbatan olib qaralganda, ancha sekin borgan. Hozirgi davrda tug‘ilish yer shari
bo‘yicha bir xil emas. Dunyo kontinentlari bo‘ylab eng yuqori tug‘ilish
Afrikada, eng pasti esa Yevropa davlatlarida ekan.
Dostları ilə paylaş: