Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə36/53
tarix27.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#199164
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53
Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши-fayllar.org

4.4. Dinlar geografiyasi 
Etnoslarga tavsif berishda ko‘pincha mutaxassislar ularning diniy
mansubligiga e’tibor qaratadilar.
Turli tarixiy davrlarda diniy va etnik birliklar nisbati turlicha bo‘lgan. Ibtidoiy
jamoa tuzumida diniy va etnik chegaralar o‘zaro mos kelgan. Har bir xalq
tomonidan yaratilgan xudolar milliy xudolar bo‘lib, ularning ta’sir doirasi
muayyan qabila chegarasidan tashqariga o‘tmagan. Bu davrda har bir davlat va
unga tegishli etnos o‘z xudolariga, o‘ziga xos diniy tasavvurlariga ega bo‘lgan.
Jamiyat taraqqiyoti, etnik aloqalarni kuchayishi bilan ancha katta diniy birliklar
vujudga keldi, bir dinga bir necha xalqlar e’tiqod qila boshlaydilar. Keyinchalik bir
etnosning ma’lum qismi eski xudolariga sig‘inishda davom etsalar, boshqalari
yangi dinni qabul qilish hollari tez-tez ro‘y berib turdi. Shunday qilib, xalqlar asta-
sekin ko‘pxudolikni qabul qila boshladilar. Jahon dinlarining vujudga kelishi bilan
etnik va diniy chegaralar muvofiqligi barham topadi. Ba’zi holatlarda diniy
tafovutlar til jihatdan o‘zaro yaqin (gollandlar va flamandlar; serblar va xorvatlar
va h.k.) aholi guruhlarining milliy chegaralanishida muhim rol o‘ynaydi.
Keyingi davrlarda diniy mansublik va etnik mansublik o‘rtasidagi aloqalar
susaya bordi. Ko‘pgina yirik zamonaviy xalqlar turli dinlarga sig‘inuvchi kishilar
guruhlarini o‘zida birlashtiradi, ayni paytda bitta dinga ko‘plab etnoslar e’tiqod
qilishlari ham mumkin. Hozir faqat ba’zan, unda ham shartli ravishda milliy dinlar
haqida gapirish mumkin (arman-grigorian cherkovi – ko‘pchilik armanlar, sintoizm
– yaponlarning asosiy qismi, sikxizm – panjobliklarning ma’lum qismi va h.k.).
Ba’zi mamlakatlarda hukmron mavqega ega dinga e’tiqod qilmaydigan
deyarli barcha aholi milliy kamsonli guruhlar tarkibiga kiritiladi. Jumladan, Eronda
nafaqat armanlar, assiriyaliklar, yahudiylar, shu bilan birga fors xalqining bir qismi
bo‘lgan gebrlar (zoroastriylar) ham milliy kamsonli guruh sifatida e’tirof etiladi.
Ayrim arab davlatlarida etnik kamsonli guruhlarga nafaqat musulmon bo‘lmagan
aholi, hatto islomning mazkur mamlakatda hukmron mavqega ega bo‘lmagan
mazhabiga mansub guruhlar ham kiritiladi.
Etnik birliklarda bo‘lgani kabi, diniy birliklar uchun ham tabaqalashuv xosdir.
Har bir din turli yo‘nalishlar, mazhablar, oqimlar va sektalarga bo‘linadi. Odatda
mamlakatlar yoki xalqlar shartli ravishda musulmon, nasroniy, budda dinlariga
ajratiladi, biroq quyi taksonomik darajalarga tushgan sari bunday bir xillik yo‘qola
boradi.
Ayrim nasroniy mamlakatlar diniy jihatdan bir necha qismlarga bo‘lingan.
Masalan, nemislar protestant (uning ikki oqimiga – lyuteranlik va reformatlik) va


104
katolik dinlariga e’tiqod qiladilar; shveysarlarning turli guruhlari orasida


protestantlar (reformatlik) va katoliklar tarqalgan; shotlandlar orasida protestant-
presviterianlar ustunlik qiladi.
Bitta xalq turli qismlarining har xil diniy oqimlarga mansubligi tufayli uning
ichida madaniy-maishiy tafovutlar kelib chiqadi va bu narsa o‘z navbatida
etnodiniy guruhlar shakllanishiga olib keladi. Bunday guruhlar jumlasiga kurdlar
orasidagi yazidlar diniy guruhini, Suriya va Livan arablari orasida – druzlarni,
misrliklar orasida – kopitlarni misol qilib keltirish mumkin. Buning ustiga, boshqa
yo‘ldosh holatlar ham unga ta’sir etsa diniy tafovut muhim etnotabaqalashuv omili
bo‘lib xizmat qiladi.
Ayrim mamlakatlarda din kishilar hayotining ko‘pgina tomonlariga, ularning
ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga, turmush tarziga va madaniyatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Jahonning qaynoq nuqtalarida ro‘y berayotgan siyosiy voqealarni, agar u yerdagi
diniy vaziyat hisobga olinmasa, tushunish qiyin. XX asr 70-yillarida Hindiston
diniy jihatdan bo‘yicha ikki mustaqil davlatga bo‘lindi, va natijada Pokistondan
ko‘pgina hindlar, Hindistondan esa musulmonlar ko‘chib ketdilar. Bunday
migratsiya jarayonida yigirma milliondan ortiq kishi ishtirok etdi. Turli diniy
guruhlarga mansub kishilar orasida Livan, Isroil, Filippin, Afg‘oniston, Serbiya va
boshqa joylarda to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Avvalo, turli siyosiy va ijtimoiy-
iqtisodiy sabablar natijasida kelib chiqqan bunday kelishmovchiliklarda diniy omil
muhim rol o‘ynadi. Din ko‘p mamlakatlar ichki siyosiy hayotiga jiddiy ta’sir
ko‘rsatadi; hatto ularning ayrimlarida siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalari
diniy mansublik tamoyili asosida tuzilgan.
Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, turli tarixiy voqealar
va hozirda ro‘y berayotgan hodisalar hamda milliy munosabatlar mohiyatini
tushunish uchun o‘sha mamlakat yoki mintaqa aholisi diniy tarkibiga e’tibor
qaratish zarur. Aholi diniy tarkibi bilan tanishishdan avval quyida dinlar tarixi
haqida qisqacha ma’lumot berilgan:
Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va dastlabki davlatlar yuzaga kelishi
bilan ajdodlar ruhiga topinish, dehqonchilik va chorvachilikka xos ibodatlar
muhim ahamiyat kasb eta boshladi, ruhlarning ierarxiyasi paydo bo‘ldi, alohida
tabaqa sifatida kohinlik ajralib chiqdi. Jamiyat sinfiy tabaqalashuvi shunda ham o‘z
aksini topdiki, din oliy va quyi xudolarga (politeizm) bo‘lindi, keyinchalik bu
jarayonlar yakkaxudolikni (monoteizm) keltirib chiqardi.
Eramizdan avvalgi II mingyillikda hozirgacha saqlanib qolgan dinlar tashkil
topdi. Eng qadimiy shunday dinlardan biri Old Osiyoda yuzaga kelgan iudaizm
bo‘lib, u dastlab politezmga asoslangan, keyinchalik monoteizmga o‘tgan. Er. avv.
I mingyillik boshlarida shu mintaqada boshqa din – zoroastrizm (uning asosida
dualizm – yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash haqidagi tasavvur yotadi)
rivojlana boshladi, eramizning XI asrida uning tarmoqlaridan biri – yazidizm
paydo bo‘ldi. Osiyoning boshqa hududlarida politeistik dinlar shakllandi. Janubiy
Osiyoda hukmron bo‘lgan kasta tuzumi orqali shuhrat qozongan braxmanizm va
kasta tuzumini inkor qiluvchi jaynizm (er. avv. VI-V asrlar) shular jumlasidandir.
Er. avv. VI-V asrlarda Xitoyda deyarli bir vaqtda ikki falsafiy-axloqiy ta’limot –
daosizm i konfusiylik yuzaga keldi va keyinchalik ular alohida dinlarga aylandi.


105
Yaponiyada ibtidoiy jamoa tuzumi davridan bu mamlakatda hukmron bo‘lgan


ajdodlarni hurmatlash va tabiatga topinish asosida sintoizm vujudga keldi.
Yer yuzi bo‘ylab juda katta hududlarda tarqalgan ayrim dinlar jahon dinlari
nomini oldilar (odatda ularga buddizm, nasroniylik va islomni kiritadilar).
Eramizning I mingyilligi boshlarida Old Osiyoda monoteistik din –
nasroniylik yuzaga keldi. 1054 yilda u ikki: pravoslav va katolik yo‘nalishlariga
ajraldi. XVI asrda katolik dinidagi islohotlar natijasida undan (Rim papasi
hokimiyatini inkor qiluvchi va ilk nasroniylikka qaytishni yoqlovchi) protestantizm
ajralib chiqdi. Protestantizm bir qancha mustaqil oqimlar (eng yiriklari:
anglikanlar, lyuteranlik, kalvinizm, reformatlar va h.k.) ko‘rinishida shakllandi va
o‘z navbatida ular ham mayda bo‘lakchalarga bo‘linib ketdi. Nasroniylik tarkibida
yuqorida qayd etilgan uchta (pravoslav, katolik va protestant) asosiy tarmoqdan
tashqari, yana ikkita nisbatan kam tarqalgan, V asrda shakllanib, diniy marosimlari
pravoslavlarga yaqin bo‘lgan monofisit va nestorian yo‘nalishlari mavjud.
Boshqa monoteistik din – islom – VII asrda arablar orasida shakllandi. Yangi
din oradan ko‘p o‘tmay uchta: sunniy, shia va xorijiy yo‘nalishlariga ajralib ketdi.
Sunniylik va shialik o‘rtasida siyosiy masalalarda, ayrim diniy marosimlar va
an’analar bo‘yicha tafovutlar mavjud. Siyosiy tafovut shundaki, agar sunniylar
xalifalik hokimiyatini yoqlasalar, shialar esa imomat tarafdoridirlar. Diniy
marosimlar va an’analardagi farqlar ham anchagina. Sunniylikda shialikda mavjud
bo‘lgan “Muta”, “Shaxsey-Vaxsey” va boshqa marosimlar yo‘q. Sunniylar Makka
va Madina shaharlarini muqaddas hisoblasalar, shialar Iroqdagi Karbalo va Najaf
shaharlarini muqaddas deb biladilar. Sunniylar Sunnani butunligicha etirof etadilar,
shialar esa uning ba’zi qismlarinigina tan olishadi. Bu oqimlar orasida bunday
tafovutlar juda ko‘p, shu bilan birga, malum o‘xshashliklar ham bor. Masalan,
mahdiylik – zamona oxir bo‘lishi va Mahdiy (arabcha, Olloh tamonidan to‘g‘ri
yo‘lga yetaklovchi) kelishi haqidagi diniy ta’limot ikkala oqimda ham mavjud.
Xorijiylar sunniylarga yaqin bo‘lib, ular o‘z izdoshlariga qattiq talablarni
qo‘yadilar – zeb-ziynatni qoralaydilar, musiqa va raqsni ta’qiqlaydilar va h.k.
Alohida dinlarga e’tiqod qiluvchilar soni haqidagi ma’lumotlar birmuncha
noaniq va ishonchsiz bo‘lishiga qaramasdan, harholda ular turli dinlarning ta’sirini
baholash imkonini beradi. Nasroniylarning umumiy soni dunyo bo‘yicha –
taxminan 1,2 mlrd. dan ortiq bo‘lib, shundan katoliklar – 700 mln., protestantlar –
400 mln. va pravoslavlar – 100 mln. kishi atrofida. Katoliklarning asosiy qismi
Amerikada (ular umumiy sonining yarmidan ko‘prog‘i) to‘plangan; Yevropada
taxminan 200 mln.kishi, Osiyo va Afrikada – 100 mln. kishidan. Protestantlarning
40%i Amerikada, 1/3 qismi Yevropada (asosan qit’aning shimoliy qismida), Afrika
va Osiyoda mos ravishda 40 va 70 mln., Avstraliya va Okeaniyada – taxminan 20
mln. kishi. Pravoslavlar va boshqa sharqiy cherkovlar izdoshlari Janubi-Sharqiy
Yevropa, Rossiya va Shimoliy-Sharqiy Afrika aholisi orasida keng tarqalgan.
Protestantlarning eng yirik guruhlaridan baptistlar – 75 mln., lyuteranlar – 70
mln., anglikanlar – 67 mln., reformatlar va presviterianlar – 52 mln., metodistlar –
43 mln., pyatidesyatniklar – 8 mln., Iegova guvohlari – 5 mln., «qutqarish
armiyasi» izdoshlari – 5 mln., mormonlar – 4 mln., kongregasionalistlar – 3 mln.,
yettinchi kun adventistlari – 3 mln. kishini tashkil etadi. Sharqiy cherkovlar


106
vakillari orasida – taxminan 20 mln. monofisitlar va 100 ming. kishi


nestorianlardan iborat.
Musulmonlar orasida tug‘ilishning yuqoriligi tufayli keyingi yillarda ularning
soni nasroniylardan oshib ketdi (1,5 mlrd. kishi atrofida). Ularning taxminan 90
foizi sunniylar, 9,5 foiziga yaqini shialar va 0,5 foizi xorijiylardan iborat. Islomga
e’tiqod qiluvchilar asosan Shimoliy Afrika va Osiyoda (uning sharqiy qismi
bundan mustasno) jamlangan. Boshqa barcha dinlarning izdoshlari – asosan Osiyo
aholisi. Induistlar taxminan 550 mln., buddistlar – 300 mln. (ular orasida
maxayanistlar – 60% atrofida), konfusiylar – 200 mln., sintoistlar – 100 mln.,
daosistlar – 30 mln., sikxlar – 15 mln., jaynlar – 4 mln., zoroastrizm tarafdorlari –
300 ming, yazidlar – 100 ming kishiga teng. Iudaistlar 15 mln. kishi atrofida
bo‘lib, ularning yarmidan ko‘prog‘i Amerika xalqlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Afrika, Osiyo va Okeaniyada saqlanib qolgan mahalliy dinlarga sig‘inuvchilar
sonini aniqlash ancha murakkab. Ularni hisoblashda muayyan dinga mansublik
haqidagi ma’lumot doim ham xaqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bundan tashqari, mazkur
mintaqalar aholisi statistik jihatdan ham yaxshi o‘rganilmagan. Nihoyatda taxminiy
hisob-kitoblarga ko‘ra, mahalliy dinlarga sig‘inuvchilar soni dunyo bo‘yicha 100
mln. kishi atrofida.
Aholi diniy tarkibi haqidagi ma’lumotlarning noaniqligi tufayli, turli dinlarga
sig‘inuvchilar soni bo‘yicha o‘sish dinamikasini belgilash ancha murakkab.
Shunga qaramasdan, musulmonlar va induistlar sonining jadal o‘sishi, boshqa
dinlarga e’tiqod qiluvchilar o‘sish sur’atining esa pastligi yoki hatto kamayishi
kuzatilmoqda. Buning sababi, induizm va islom hukmron bo‘lgan davlatlarda aholi
orasida tug‘ilish sur’atlarining yuqoriligi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, islom
Afrikada janubga, uning tropik qismiga tomon jadal siljimoqda, induizm esa
Hindiston qabilalari orasida keng tarqalmoqda.
Yer sharining yirik mintaqalari bo‘yicha diniy guruhlar tarqalishi quyidagi
ko‘rinishga ega:
MDHning katta qismini pravoslav diniga mansub kishilar guruhlari
(Rossiyaning katta hududlari, Ukraina, Belorus, Moldova va Gruziya) tashkil etadi.
Armanistondagi xudojo‘ylar monofisit arman-grigorian cherkoviga mansub,
Litvada katolik dini, boshqa Boltiqbo‘yi davlatlarida – lyuteranlik keng tarqalgan.
Islom diniga Markaziy Osiyo va Qozog‘iston, Kavkazning katta qismi,
Tatariston va Boshqirdiston aholisi e’tiqod qiladi. Ozarbayjonda asosan shia
oqimiga mansub musulmonlar, boshqa hududlarda – sunniylar ko‘pchilikni tashkil
etadi. Buddizm-lamaizmga Buryatiya, Tuva va Qalmig‘iston tubjoy aholisi e’tiqod
qiladilar. Xudojo‘y yahudiylar – iudaistlardir.
Yevropa shimolida protestantlik, Skandinaviya davlatlari, Finlyandiya va
Islandiyada – lyuteranlik, Angliyada – anglikanlik, Shotlandiyada – presviterianlik
ustunlik qiladi. Belgiya, Lyuksemburg, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Italiya,
Avstriya va Maltada katolik dini tarqalgan. Markaziy Yevropada katoliklar va
protestantlar soni deyarli teng, biroq Germaniyada protestantlar orasida lyuteranlar,
Shveysariya va Niderlandiyada esa – reformatlar ustunlik qiladi. Gresiyada
ko‘pchilik xudojo‘ylar pravoslavlardan, Turkiya Yevropa qismida esa –
musulmonlardan iborat. Polsha, Chexiya, Slovakiya va Vengriya aholisi orasida


107
katoliklar, Bolgariya va Ruminiyada – pravoslavlar, Germaniyada – protestantlar


(asosan lyuteranlar), Albaniyada – musulmonlar (sunniylar) ko‘pchilikni tashkil
etadi. Sobiq Yugoslaviya respublikalarida ko‘proq pravoslavlar, qisman katoliklar
va musulmonlar mavjud.
Osiyo aholisi diniy jihatdan nihoyatda xilma-xil. Islom barcha Old Osiyo
mamlakatlarida (Isroil, Kipr va Livandan tashqari), Pokiston, Bangladesh, Maldiv
orollari, Indoneziya va Malayziyada yetakchilik qiladi. Kipr, Sharqiy Timor,
Hindiston, Shri-Lanka, Filippin aholisining muayyan qismi musulmonlardan
iborat. Ko‘pchilik mamlakatlarda islomning sunniy mazhabi hukmronlik qilsa,
Eronda shialikning mavqei yuqori. Iroq, Yaman Arab Respublikasi va Baxraynda
sunniylar va shialar soni deyarli teng. Eron, Hindiston, Pokistonda
zoroastriylarning, Eron, Iroq va Turkiyada – yazidlarning kamsonli guruhlari
mavjud.
Hindiston va Nepal induizm tarqalgan asosiy hududlardir. Induistlar Shri-
Lanka va Bangladesh hamda Indoneziyaning Bali oroli aholisi orasida ham
uchraydi.
Hindixitoy mamlakatlari va Shri-Lankada aholining ko‘pchiligi buddistlardan
iborat (Vetnamda – maxayana mazhabi, boshqalarda – txeravada). Shu bilan birga,
ayrim Sharqiy Osiyo mamlakatlari aholisi maxayana buddizmidan tashqari, bir
vaqtning o‘zida boshqa dinlarga: jumladan, Xitoyda – konfusiylik va daosizmga,
Koreyada – konfusiylikka, Yaponiyada – sintoizmga ham e’tiqod qiladilar.
Mug‘ulistonning xudoyjo‘y aholisi – lamaist buddistlardir.
Osiyoning faqat ikki mamlakati, ya’ni, Filippin (asosan katoliklar) va Kiprda
(pravoslavlar) nasroniylar yetakchilik qiladi. Mazkur dinga sig‘inuvchilar Livan
aholisi yarmidan ozrog‘ini tashkil etadi (maronitlar).
Osiyoda qabilaviy ibodat izdoshlari soni izchil kamayib bormoqda. Hozirgi
paytda ular faqat Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoning borish qiyin bo‘lgan tog‘li
o‘lkalaridagina saqlanib qolgan.
Afrikaning barcha arab davlatlarida, Somali va Jibutida islomning sunniy
mazhabi hukmronlik qiladi. Sahroi Kabirdan janubda joylashgan bir qator
mamlakatlarda (Sudan, Chad, Niger, Yuqori Volta, Mali, Senegal, Gambiya,
Gvineya, Gvineya-Bisau, Serra-Leone, Liberiya) musulmonlardan tashqari,
mahalliy dinlarga sig‘inuvchi muayyan guruhlar saqlanib qolgan. Efiopiya
aholisining 2/3 qismi nasroniylikning monofisit mazhabiga mansub. Nigeriyada
musulmonlar asosan mamlakat shimolida joylashgan bo‘lib, aholining yarmidan
ko‘prog‘ini tashkil etadi. Shu bilan birga, bu yerda nasroniylar va mahalliy
dinlarga sig‘inuvchi guruhlar ham mavjud. Qit’aning boshqa mamlakatlarida
nasroniylar (protestantlar va katoliklar) hamda mahalliy dinlarga sig‘inuvchi
guruhlar turlicha nisbatda taqsimlangan. Umuman yer sharida saqlanib qolingan
mahalliy dinlarga sig‘inuvchilarning deyarli 80 foizi Afrikada jamlangan.
Deyarli barcha Amerika mamlakatlarida nasroniylik boshqa dinlardan
ustunlik qiladi. AQSh va Kanadada protestantlar ko‘p bo‘lib, ular o‘z navbatida
xilma-xil diniy oqim va sektalarga bo‘linib ketganlar. Janubiy va Markaziy
Amerika aholisining ko‘pchiligi – katoliklar. Vest-Indiyaning bir orolida son
jihatdan katoliklar ustun bo‘lsalar, boshqasida – protestantlar. Kuba, Gayana,


108
Surinam hamda Trinidad va Tobagoda katolik va protestantlardan tashqari,


induistlar va musulmonlarning ma’lum guruhlari joylashgan. Janubiy Amerikaning
ichki hududlaridagi hindu qabilalari mahalliy dinlarga sig‘inadilar.
Avstraliya va Okeaniyada xudojo‘ylarning katta qismini turli oqim va
sektalarga bo‘lingan protestantlar, ozroq qismini esa katoliklar tashkil etadi. Yangi
Kaledoniya, Guame hamda Uollis va Futun orollarida katoliklar protestantlarga
nisbatan ko‘proq. Fidjida nasroniylar bilan bir qatorda induistlar va musulmonlar
mavjud. Mahalliy dinlarning tarafdorlari asosan Vanuatu, Papua-Yangi Gvineya va
Avstraliya tubjoy aholisi orasida saqlanib qolgan.


109


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin