Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə35/53
tarix27.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#199164
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53
Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши-fayllar.org

4.3. Yer yuzida irqlarning tarqalishi 
Irqlar – umumiy irsiy morfologik va fiziologik belgilarga ega bo‘lgan, tarixiy
shakllangan kishilar guruhidir. Ko‘pchilik olimlar iqrlarning kelib chiqishida
hozirgi ko‘rinishdagi inson bitta markazda, ya’ni, taxminan O‘rtaer dengizining
sharqi, unga qo‘shni hududlar – Janubiy Yevropa, Shimoliy va Sharqiy Afrika va
G‘arbiy Osiyoda paydo bo‘lgan, degan g‘oyani ilgari suruvchi monosentristik


97
ta’limotni yoqlaydilar. Paleolit oxirida irqlar ikkita hudud – g‘arb (shimoli-sharqiy


Afrika va janubi-g‘arbiy Osiyo) va sharqda (janubi-sharqiy va sharqiy Osiyo)
yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Keyinroq, insoniyat yer shari bo‘ylab tarqalib va
o‘zaro qorishib, hozirgi qiyofadagi irqlar shakllangan.
Yaqin davrgacha antropologlar insoniyatni uchta, ya’ni yevropeoid,
mongoloid va negro-avstraloid, yoki ekvatorial irqlarga ajratib kelganlar. So‘nggi
yillarda mutaxassislar ekvatorial irqni ikki mustaqil – negroid va avstraloid
irqlarga bo‘lishni taklif etmoqdalar.
Katta irqlar to‘qnashgan hududlarda oraliq va aralash irqiy tiplar vujudga
kelgan. Oraliq irqlar shu darajada uzoq o‘tmishda shakllanganki, endilikda ular
ikki irqning aralashishi natijasimi, yoki katta irqlarning ular bo‘lingungacha
bo‘lgan xususiyatlarni o‘zida saqlab qolganmi ekanligini aniqlash qiyin. Aralash
irqiy tiplar esa nafaqat qadimda, shu bilan birga, o‘rta asrlarda hamda yangi va eng
yangi tarixda yuzaga kelgan. Oraliq irqlarning tipik vakillari – Janubiy
Hindistonning dravid tipi hamda Sharqiy Afrikadagi Efiopiya tipi hisoblanadi;
aralash tiplarga Amerika metislari va mulatlarini kiritish mumkin.
Negroidlar uchun qora, jingalak sochlar, qo‘yko‘z, tez-tez pigmentlashib
turadigan teri, zaif yoki o‘rtacha rivojlangan uchlamchi jun qoplami, o‘rtacha
chiqib turgan yonoq suyagi, oldinga kuchli chiqqan jag‘, zaif chiqib turgan keng
burun, qalin lablar xarakterlidir. Negroid belgilar ko‘proq Sahroi Kabir janubida
yashaydigan xalqlar uchun xosdir. Shu bilan birga, negroidlarga past bo‘yli
Markaziy Afrika pigmeylari, bo‘yi nihoyatda past bo‘lgan negrillilar hamda
negroid (sochi nihoyatda jingalak) hamda mongoloid xususiyatlar (qurigan barg
rangidagi sarg‘aygan teri, keng yuz) qorishib ketgan janubiy Afrika bushmenlari va
gottentotlari tegishlidir.
Yevropeoidlar turlicha tusdagi jingalak yoki to‘g‘ri yumshoq sochi, sariq yoki
bug‘doyrang terisi, kuchli rivojlangan uchlamchi jun qoplami, zaifroq chiqib
turgan yonog‘i va jag‘i, kambar burni, ingichka yoki o‘rtacha qalinlikdagi lablari
bilan ajralib turadi. Yevropeoidlar asosan sochi va ko‘zining rangi bo‘yicha ikkita
yirik – shimoliy va janubiy guruhlarga bo‘linadi. Shimoliy guruhga terisi kam
pigmentlashadigan Skandinaviya va unga qo‘shni hududlardagi xalqlar,
bug‘doyrang teri, qorasoch, qo‘yko‘z xarakterli bo‘lgan janubiy guruhga – Janubiy
Yevropa, Shimoliy Afrika, Old, Markaziy va Janubiy Osiyo xalqlari kiradi.
Yevropaning katta qismi oraliq mintaqada bo‘lib, undagi xalqlar Yevropeoid
irqining na shimoliy, na janubiy guruhiga mansub emas. Shimoliy va janubiy
yevropeoidlar hamda oraliq guruhlar kishilarning bo‘yi, sochi va ko‘zining rangi,
bosh shakli bo‘yicha ko‘plab kichik irqlarga ajratiladi. Shimoliy guruh tarkibida –
atlantika-boltiq va belomor-boltiq irqlari, oraliq formalar tarkibida – alp, o‘rta
yevropa, sharqiy yevropa irqlari, janubiy guruh tarkibida – o‘rtaer dengizi, hind-
afg‘on, adriatika (dinar), old osiyo (armenoid), pomir-farg‘ona irqlarini kiritish
mumkin.
Mongoloidlar uchun to‘g‘ri qattiq qora sochlar, zaif rivojlangan uchlamchi
jun qoplami, sariq tusli teri, qisiq ko‘z, keng yuz, kuchli chiqib turgan yonoq
suyagi, past qansharli ingichka yoki o‘rtacha kenglikdagi burun, ko‘z qovog‘ining
yuqori qismini ajin qoplashi xarakterlidir. Kelib chiqishi va ko‘pgina belgilari


98
bo‘yicha ularga amerika hindulari yaqin, biroq, hindularda umumiy mongoloid


qiyofa yo‘qolib ketgan, epikantus kam uchraydi, burni cho‘zinchoq. Osiyo
mongoloidlari ikki, ya’ni materik va tinch okeani guruhlariga ajratiladi. Materik
mongoloidlari tinch okeani guruhidan pigmentasiyaning sustligi, skelet
massasining kattaligi, keng yuzi va boshqa belgilar bilan ajralib turadi.
Mongoloidlar orasida materik va tinch okeani guruhlari xususiyatlarini o‘zida
birlashtirgan hamda o‘ziga xos belgilarga ega arktika guruhi (masalan, burnining
juda torligi) alohida o‘rin egallaydi.
Tinch okeani guruhidan janubda malayya irqi deb ataluvchi, biroq
avstraloidlarning juda ko‘p belgilari (to‘lqinsimon sochlar, anchagina qora teri,
qalin lab, nisbatan keng burun va h.k.) uchraydigan mongoloidlarning janubiy
guruhiga mansub xalqlar yashaydi. Ular avstraloid irqining turli guruhlari bilan
qorishishlari tufayli hozirda mongoloid irqi tarkibiga kiritilmay, mongoloid katta
irqining Osiyo tarmog‘i va avstraloid irqi o‘rtasidagi oraliq va aralash irqiy
formalar deb hisoblanmoqda. Ta’kidlash joizki, boshqa yirik irqlarga hamda
ularning oraliq va aralash formalariga nisbatan tinch okean va janubiy
mongoloidlar orasidagi chegara to‘liq aniqlanmagan.
Avstraloidlar terisining to‘q rangi, keng burni, ularni negroidlar bilan
yaqinlashtiruvchi qalin lablari, biroq ulardan farqlantiruvchi to‘lqinsimon sochlari
(avstraliyaliklar, veddoidlar), kuchli rivojlangan uchlamchi jun qoplami
(avstraliyaliklar), ba’zan biroz zaiflashadigan pigmentasiya bilan ajralib turadi.
Boshqa barcha yirik irqlardan farqli o‘laroq, avstraloidlarning alohida guruhlari
(Avstraliya aborigenlari, papuaslar va melaneziyaliklar, veddoidlar, hamda
negritoslar va aynlar) o‘z irqiy belgilari bilan ajralib turadi. Avstraliya aborigenlari
pigmentasiya bo‘yicha negroidlarga, sochining shakli va uchlamchi jun qoplami
rivojlanishi bo‘yicha – yevropeoidlarga yaqin. Avstraloid irqiga mansub belgilar
yaqqol namoyon bo‘lgan papuaslar va melaneziyaliklarning sochlari negroidlarga
o‘xshash jingalak. Avstraloidlarga o‘xshash umumiy jihatlari ko‘p bo‘lgan
veddoidlar o‘zlarining past bo‘yi, yuz terisining jun bilan kam qoplanganligi, qosh
ustidagi suyaklari va keng burni bilan ajralib turadi. Nihoyatda past bo‘yli va
jingalak sochli negritoslar va aynlar genetik jihatdan boshqa avstraloidlarga bog‘liq
bo‘lsalarda, o‘zlarining tashqi ko‘rinishi bo‘yicha ulardan keskin farqlanadi.
Ularda deyarli barcha katta irqlarning ma’lum xususiyatlari o‘z aksini topgan
(yevropeoidlardan – yorqin rangli teri va juda kuchli rivojlangan uchlamchi jun
qoplami, avstraloidlardan – keng burun va nishab peshona hamda
mongoloidlardan –epikantusning mavjudligi).
Odatda mongoloid, avstraloid va yevropeoid irqlariga mansub belgilari
bo‘lgan Madagaskar, Gavayi, Polineziya va Mikroneziya aholisining aralash irqiy
tiplari (Madagaskar aholisi uchun – negroid ham) alohida ajratiladi.
Turli irqiy guruhlarga mansub yuqorida ko‘rsatilgan tashqi farqlardan
tashqari, ularda fiziologik va biokimyoviy jihatdan tafovutlar ham mavjud.
Jumladan, turli irqlar qon guruhi, tishlarining joylashuvi, ta’m bilishi, oqsil
zardobi, rang turlarini ajratishi (daltonizm) va h.k. xususiyatlar bilan ham bir-
biridan farqlanadilar.


99
Etnoslar, tillar va dinlardan farqli o‘laroq, irqlar orasida qandaydir aniq


chegarani belgilash juda qiyin. Irqlarning aralashuvi ko‘p ming yillar davom etib,
tinimsiz va ayni paytda jadal sodir bo‘ladigan jarayondir (dunyo aholisining 30
foizi aralash va oraliq irqlarga mansub kishilar). Shuning uchun irqiy farqlar
odatda bir-biridan uzoqda joylashgan kishilar guruhlari orasida yaxshi seziladi,
o‘zaro yaqin yashaydigan kishilar orasida esa deyarli bilinmaydi.
Ta’kidlash joizki, asosiy morfologik, fiziologik va psixologik xususiyatlariga
ko‘ra, insoniyat bir xil. Irqiy tafovutlar inson tanasi tuzilishidagi eng muhim
biologik xususiyatlarga taalluqli emas va kamsonli qiyosiy belgilarda namoyon
bo‘ladi. Har qanday irq vakillari o‘rtasidagi nikohdan sog‘lom farzand tug‘ilishi
mumkin.
Irqiy va etnik birliklar nisbati masalasi juda murakkab. U yoki bu birlikning
tabiati o‘zaro keskin farq qilishini ularni ajratishda qo‘llaniladigan mezonlarning
xilma-xilligidan ham bilish mumkin. Ayni paytda, qadimda odamlarning irqiy
tiplari xuddi etnik birlikda bo‘lgani kabi, kishilarning hududiy guruhlari asosida
shakllangan. Qabilalar dastlab irqiy jihatdan ham bir xil bo‘lgan. Asta-sekin,
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonida va yer shari bo‘ylab tarqalishi natijasida
turli qabila guruhlari o‘zaro qo‘shilib keta boshladilar. Agar kishilarning etnik
guruhlari shakllanishi ko‘proq ijtimoiy ahamiyat kasb etsa, irqiy belgilar esa
asosan biologik jarayonlar hosilasidir.
Xalqlar katta irqlar darajasida bir xil bo‘lishi mumkin, lekin deyarli doim bu
irqlarning ayrim bo‘linmalariga nisbatan har xil. Masalan, Yevropa xalqlarining
mutloq ko‘pchiligi yevropeoid irqiga mansub, biroq ulardan har biri ushbu irqning
ikki, va hatto ba’zan har uchala (shimoliy, oraliq va janubiy) guruhi vakillarini o‘z
ichiga oladi. Agar katta yevropeoid irqining mayda irqiy tiplari (belomor-baltika,
alp, dinar va h.k.) haqida gapiradigan bo‘lsak, ularning chegarasi etnik chegaralar
bilan umuman mos kelmaydi.
Xuddi shu kabi irqlar va til bo‘linmalari orasidagi chegaralar ham o‘zaro mos
kelmaydi. Masalan, turk guruhiga mansub tillar mongoloid irqi vakillari orasida
ham (yoqutlar, tuvaliklar va h.k.), yevropeoidlar orasida (ozarbayjonlar, turklar va
h.k.) ham keng tarqalgan; ko‘pchilik turk tillarida so‘zlashadigan xalqlar aralash
irqiy formalarga mansub. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Ko‘pchilik Amerika mamlakatlari etnoslar shakllanishida irqiy tiplar jadal
qo‘shilishining yorqin misoli bo‘la oladi. Metisasiya asosan qadimda va o‘rta
asrlarda bo‘lib o‘tgan Eski Dunyodan farqli ravishda, bu yerda mazkur jarayonlar
so‘nggi uch-to‘rt asrda ro‘y berdi va hozir ham davom etmoqda.
Ko‘pchilik zamonaviy Amerika xalqlari ikki, ba’zan uch irq vakillari
qo‘shilishidan paydo bo‘lganlar. Bunda Afrikadan keltirilgan, turli qabilalarga
mansub, yangi joylarda oqlar bilan ketma-ket o‘rnashgan negrlar tezda qabila
tillarini unutib, o‘zlari yashay boshlagan mamlakatning hukmron tillarini (ingliz,
ispan, portugal, fransuz) o‘zlashtirdilar. Atrofdagi aholi bilan qo‘shilib, ular ayrim
mamlakatlarda millatni (braziliyaliklar, kubaliklar) tashkil etuvchi asosiy etnik
komponentlarga aylandilar. Boshqa mamlakatlarda, ayniqsa AQShda, ularning oq
aholi bilan qo‘shilish jarayoniga irqiy kamsitish siyosati orqali sun’iy to‘siqlar
qo‘yildi.


100
MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlarida yevropeoid irqining har uchala guruhiga


mansub kishilar ko‘pchilikni (80%dan ortiq) tashkil etadi. Shimoliy guruh boltiq
xalqlariga, shimoli-g‘arb – ruslarga, janub esa asosan kavkaz xalqlariga tegishli.
Oraliq formalarga ruslarning katta qismi, ukrainlar, beloruslar va boshqa xalqlar
kiradi. Sharqiy Sibir va Uzoq Sharqning tubjoy xalqlari mongoloidlarning materiak
guruhiga mansub, eskimoslar esa mazkur irqning arktika guruhini tashkil etadi.
Volgabo‘yida, Uralda, G‘arbiy Sibirda va Qozog‘istonda qadimdan yevropeoid va
mongoloidlar o‘rtasida oraliq zona shakllangan. Boz ustiga, mongoloid irqini
namoyon qiluvchi belgilar sharqqa tomon kuchayib boradi. Mongoloid belgilari
ustunlik qiluvchi G‘arbiy Sibir tekisligi va Sayan-Oltoy zonasi xalqlari Ural irqiy
guruhi tarkibiga kiradilar.
Volgabo‘yi va Uralda yashovchi fin (mordva, mari, udmurt, saam) va turk
(chuvash, boshqird va tatar) tillarida so‘zlashuvchi xalqlarda mongoloid irqiga
mansub belgilar ancha zaif rivojlangan; ushbu xalqlarni laponoid va uralyoni irqiy
tiplari deb atash qabul qilingan.
Xalqlarning buyuk ko‘chishi davrida Markaziy Osiyo mongoloidlarining
ko‘pchiligi, tubjoy aholisi asosan yevropeoidlardan iborat bo‘lgan G‘arbiy
Sibirning cho‘l mintaqasiga, Qozog‘istonga, O‘rta Osiyoga va Janubi-Sharqiy
Yevropa cho‘llariga kirib bordilar. Natijada bu yerda ikkita aralash irqiy tip:
asosan zamonaviy qozoqlar orasida tarqalgan janubiy sibir (ularda mongoloid
irqining belgilari yaqqolroq namoyon bo‘lgan) hamda turkmanlar, o‘zbeklar va
qisman tojiklar uchun xarakterli bo‘lgan o‘rta osiyo (ularda mongoloid irqiga
mansub belgilar juda kam seziladi) tipi shakllandi. Sibirga dastlab ko‘chib kelgan
ruslar mahalliy aholi bilan aralashib, nafaqat etnomadaniyati, shu bilan birga irqiy
jihatdan farqlanuvchi, o‘ziga xos, kamsonli guruhni tashkil qildilar (kamchadallar,
yasashlar va h.k.).
Yevropa aholisi deyarli to‘liq (Afrika, Janubiy Osiyo va Hindistondan yaqin
o‘tmishda kelgan muhojirlar bundan mustasno) yevropeoid irqiga tegishli.
Qit’aning chekka shimol va janub mintaqalari aholisi irqiy tiplari bo‘yicha o‘zaro
keskin farqlanadilar; bir tomonda, baland bo‘yli, sariq soch, ko‘kko‘z norveglar
(shimoliy yevropeoidlar), va ikkinchi tomonda, nisbatan past bo‘yli, qorasoch,
qo‘yko‘z italyanlar (janubiy yevropeoidlar) o‘rtasida o‘xshash belgilar kamligini
payqash mumkin. Shu bilan birga, Yevropada irqiy belgilar shu darajada sekin
o‘zgaradiki, kichik irqlar o‘rtasidagi aniq chegarani belgilash mumkin emas.
Shartli ravishda Skandinaviya mamlakatlari, Islandiya, Buyuk Britaniya, Irlandiya,
Niderlandiya va Germaniyada shimoliy yevropeoidlarning atlantika-boltiq irqiy
tipi tarqalgan, deb qabul qilingan. Pireney yarim oroli, janubi-g‘arbiy Fransiya,
janubiy va markaziy Italiya, janubiy Gresiya, O‘rtaer dengizi orollari aholisi
janubiy yevropeoidlarning o‘rtaer dengizi irqiy tipiga, sobiq Yugoslaviya, shimoliy
Gresiya, Bolgariya, shimoliy Italiya va janubiy Avstriya – dikar irqiy tipiga
mansub. Yevropaning boshqa aholisini irqiy jihatdan ajratish murakkab bo‘lib,
“oraliq va o‘rta yevropa formalari” deb ataluvchi mavhum tushuncha ostida
birlashgan guruh tarkibiga kiritadilar. Umuman mintaqa aholisining 17 foizi
shimoliy va 32 foizi janubiy yevropeoidlarga, yarmidan ko‘prog‘i oraliq va o‘rta
yevropa formalariga taalluqli.


101
Osiyo aholisi antropologik jihatdan nihoyatda murakkab bo‘lib, bu yerda


barcha katta 4 irqning ko‘pchilik guruhlari tarqalgan. Janubiy yevropeoidlar jami
aholining 29 foizini tashkil etib, ular Old Osiyo va shimoliy Hindistondagi old
osiyo, hind-afg‘on, pomir-farg‘ona irqiy tiplari vakillaridan iborat. Mongoloidlar
(taxminan 31% aholi) shimoliy yoki materik (mug‘ullar, tungus-manchjuriya
xalqlari) va sharqiy yoki tinch okean (koreyslar, shimoliy xitoylar) guruhlariga
ajratiladi. Mongoloidlarga mongoloid va avstraloid irqlari o‘rtasidagi aralash va
oraliq formalar uzqiy bog‘liqdir. Ushbu formalarga quyidagilar tegishli: janubiy
Osiyo tipi yoki janubiy mongoloidlar guruhi (25% aholi) – janubiy xitoylar,
indoneziyaliklar, filippinliklar, Hindixitoy xalqlari; ayrim ayn elementlari
uchraydigan yapon tipi (5% aholi), va sharqiy indoneziya tipi (Molukki orollari
aholisi).
Osiyoda avstraloid irqi vakillari juda kam (0,4% aholi), biroq ular ko‘plab
hududlarda tarqalgan. Veddoid tipi Shri-Lankadagi veddlardan tashqari, dravid va
munda xalqlarining ayrim guruhlari hamda hind ariy til guruhiga mansub bxillar;
papuas-melaneziya tipi – sharqiy Indoneziya xalqlari orasida; negritoslar – Filippin
aetlari, Malayziya semanglari, Hindistondagi andamanliklar; ayn tipi –
Yaponiyadagi ayn xalqlari orasida uchraydi. Yevropeoidlar janubiy tarmog‘i va
veddoidlarning qadimiy aloqalari hududida Janubiy Hindiston tipi (10% aholi)
shakllangan. Uning asosiy vakillari bo‘lib, dravid til oilasiga mansub Janubiy
Hindiston xalqlari hisoblanadi.
Afrikaning 54,1% aholisi Sudan, materikning markaziy va janubiy qismlarini
egallagan negroid katta irqiga mansub. Turli hududlardagi negrlar irqiy belgilar
bo‘yicha o‘zaro katta tafovut qiladilar – terisining rangi to‘q qoradan
jigarranggacha turlanadi, lab qalinligi, burun kengligi hamda bo‘y balandligi
bo‘yicha o‘zaro farqlanadilar, biroq barchasining sochi bir xilda jingalak.
Agar negrilley va gotentotlarning bushmenlar bilan alohida ajralib turadigan
morfologik jihatlari, sudanliklar va nilotlarning baland bo‘yi va terisining qoraligi,
Kongo daryosi havzasi negrlarining uzun boshli va barvasta ekanligi hisobga
olinmasa negroidlarni turli irqiy tiplarga ajratish masalasi hali oxiriga yetmagan.
Kongo daryosi tropik o‘rmonlarida yashovchi negrilleylar uchun pakanalik (bo‘yi
150 sm dan past), yupqa lab, yuz va tananing jun bilan kuchli qoplanganligi,
boshqa negroidlarga nisbatan tana rangining ochligi xosdir. Janubi-g‘arbiy Afrika
cho‘llarida yashovchi bushmenlar va gottentotlar boshqa negroidlardan terisining
och rangi, past bo‘ylari (150-160 sm), epikantusning mavjudligi bilan ajralib turadi
va bu narsa ularni mongoloidlar bilan yaqinlashtiradi.
Afrika aholisining ¼ qismini tashkil etuvchi janubiy yevropeoidlar materik
shimolidan to Sahroi Kabirgacha tarqalgan bo‘lib, tarkibi asosan arablar va
barbarlardan iborat. Afrika janubida 10 mln. ga yaqin G‘arbiy Yevropadan chiqqan
kishilar avlodlari yashaydilar va ular antropologik jihatdan yevropeoid irqining
oraliq formalariga va uning shimoliy tarmog‘iga mansubdirlar.
Afrika aholisi irqiy aralashuvi asosan negroidlar va yevropeoidlar o‘rtasida
yuzaga kelgan. Ular orasidagi qadimiy aloqalar zonasida efiop tipi shakllangan.
Burun shakli va yuz tuzilishiga ko‘ra efioplar arablardan deyarli farq qilmaydilar,
biroq ular terisining rangi xuddi negrlar kabi qora. Afrika g‘arbida fulbe


102
xalqlaridan iborat, negroidlar va yevropeoidlar irqiy belgilarini o‘zida aks


ettiruvchi G‘arbiy Sudan oraliq tipi tashkil topgan. Arablar bosqini va islom
dinining tarqalishi tarqalishi natijasida janubiy yevropeoidlarning arab tilida
so‘zlashuvchi ma’lum aholisi Afrikaning ichki qismlariga kirib keldilar. Bu esa o‘z
navbatida Sudan oraliq tipi shakllanishiga olib keldi. Madagaskarda Janubi-
Sharqiy Osiyodan ko‘chib kelgan janubiy mongoloidlar bilan tubjoy aholisining
qorishishi oqibatida mongoloid va negroid irqiy belgilarini namoyon etuvchi
malagas oraliq tipi vujudga keldi.
Amerika xalqining irqiy tarkibi nihoyatda rang-barang bo‘lib, bu yerdagi
aholi shakllanishida insoniyatning barcha uch irqi vakillari ishtirok etgan. Yerli
aholi – hindular va eskimoslar – Meksika yassi tog‘larida, And tog‘larida, Janubiy
Amerikaning ichki o‘lkalarida va arktikaning ayrim hududlarida jamoa-jamoa
bo‘lib saqlanib qolganlar. Boshqa hamma joylarda yo irqiy jihatdan aralash aholi
yoki keyin ko‘chib kelganlar – yevropeoidlar va negroidlar – avlodlari ko‘pchilikni
tashkil etadi. Yerli aholi mongoloid irqining har xil tiplariga mansub.
Hozirgi paytda Amerikada yevropeoidlar boshqa irq vakillariga nisbatan keng
tarqalgan. AQSh va Kanada aholisining 90 foizi, Lotin Amerikasi aholisining 25
foizi ularga mansub. Shimoliy Amerikaga, uning janubiy qismidan tashqari, asosan
yevropeoidlarning shimoliy va oraliq guruhlari (Buyuk Britaniya, Skandinaviya,
Germaniya aholisi) vakillari ko‘chib keldilar. Biroq antropologik tip chegaralari
o‘rtasidagi aralashuv jarayonida bu farqlar Yevropadagidan ko‘ra ham kamayib
ketdi. Natijada oraliq irqiy formalar hozirda ko‘pchilikni tashkil etadi. Lotin
Amerikasida ispanlar, portugallar va italyanlarning avlodlaridan iborat asosan
janubiy yevropeoidlar o‘rnashgan. Lotin Amerikasidagi ko‘pchilik yevropeoidlarda
ma’lum darajada hind yoki negr qoni alomatlari seziladi.
Hind va yevropa nikohlari aralashuvidan hosil bo‘lgan avlodlar – metislar
Amerika irqiy guruhlari orasida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Meksika, ko‘pgina
Markaziy Amerika davlatlari, Venesuela, Chili, Paragvay kabi Lotin Amerikasi
mamlakatlarida ular aholining asosiy qismini tashkil etadi. Yevropa va Afrika
aholisi qorishishi natijasida paydo bo‘lgan mulatlar soni nisbatan kam bo‘lib, ular
tarkibiga AQShliklarning bir qismi, Braziliya, Kuba, Venesuela aholisi, Vest-
Indiya xalqlari kiradi. Ba’zi hollarda metislar va mulatlarni o‘zaro ajratish qiyin.
Umuman aholi tarkibida aralash irqiy tiplar salmog‘i tinimsiz oshib bormoqda.
Amerikada negroid irqiga aralashmagan (yoki kam aralashgan) Afrikadan
keltirilgan negr-qullarning avlodlari kiradi. Yirik negroid guruhlari Braziliya va
AQShda
yashaydilar
hamda
Gaiti,
Yamayka
va
boshqa
Vest-Indiya
mamlakatlarining asosiy aholisini tashkil etadi. Umuman Amerikada yevropeoidlar
jami aholining 53 foizini, metis va mulatlar – 34 foizni, negrlar – 7 foizni va
mongoloid hindular 6 foizni tashkil etadi.
Avstraliya va Okeaniyada yevropaliklar kelgunga qadar aholining asosiy
qismi avstraloid katta irqining ikki – avstraliya va papuas-melaneziya tiplariga
mansub bo‘lgan. Okeaniyaning sharqi va shimolida – Polineziya va Mikroneziyada
oraliq irqiy tiplar keng tarqalgan. XVII asrda, asosan yevropaliklar va qisman
osiyoliklar orasida boshlangan yalpi immigratsiya ushbu mintaqa aholisi irqiy
tarkibini keskin o‘zgartirib yubordi. Avstraliya va Yangi Zelandiyada yevropeoid


103
irqining asosan oraliq va qisman shimoliy tarmog‘iga mansub vakillari


ko‘pchilikni tashkil etadi. Okeaniya aholisining yevropaliklar va osiyoliklar bilan
qo‘shilishi Polineziya va Mikroneziyada, hamda Fidji va Yangi Kaledoniyada
metis guruhlari shakllanishiga olib keldi. Ko‘pgina Melaneziya orollarida va Yangi
Gvineyada metislar kam. Umuman Avstraliya va Okeaniyada yevropeoidlar
(asosan ularning oraliq tiplari) aholining 76 foizini, melaneziyaliklar va papuaslar
16 foizini, polineziyaliklar va mikroneziyaliklar 4,5 foizini tashkil etadi.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin