IBt – ishchi kuchini tekshirib chiqish natijasida aniqlangan ish bilan band bo‘lmaganlar soni, jami; INAt – ishchi kuchini tekshirib chiqish natijasida aniqlangan iqtisodiy
nofaol aholi, jami;
SS – mehnat yoshidagi so‘rab chiqilganlar soni.
2) ish bilan band bo‘lmagan, ishga joylashishga muhtoj shaxslarning umumiy
soni quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
IBJ = MAT · IBJS : 100,
bunda: IBJ – ish bilan band bo‘lmagan, ishga joylashishga muhtoj shaxslar soni;
MAT – mehnat yoshidagi aholi soni;
IBJS – tekshirish natijasida aniqlangan ish bilan band bo‘lmagan, ishga
joylashishga muhtoj shaxslar salmog‘i.
3) mustaqil ravishda ish izlayotgan shaxslar soni ish bilan band bo‘lmagan,
ishga joylashishga muhtoj shaxslar soni bilan mehnat organlarida ish
izlayotganlar sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va rasman ishsiz maqomini olgan
shaxslar o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi:
IQm = IJM – IQ – RI,
bunda: IQm – mustaqil ish qidirayotganlar;
IJM – ishga joylashishga muhtojlar;
IQ – mehnat organlarida ish qidirayotganlar sifatida ro‘yxatga olinganlar; RI – rasman ishsizlar.
Iqtisodiy nofaol aholi. Mehnat resurslarining balansini tuzish vaqtida
iqtisodiy nofaol aholining soni hamma vaqt mehnat resurslari soni bilan iqtisodiy
faol aholi soni o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘ladi:
INA = MR – IF,
bunda: INA – iqtisodiy nofaol aholi;
MR – mehnat resurslari soni;
IF – mehnat resurslarining iqtisodiy faol qismi.
Mehnat resurslari balansi ma’lumotlari turli tahliliy maqsadlar uchun,
masalan, mehnat resurslarining shakllanish omillarini, ularning ish bilan bandligini
va ishsizlikni aniqlash, shuningdek, mehnat bozorining ahvoli va ish bilan bandlik
sohasidagi vaziyat, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va joylashishi
haqida jamoatchilikka axborot berish uchun xizmat qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligidan farqli o‘laroq, xalqaro
statistikada mehnatga laqayotli aholining yosh chegarasi 16-65 yosh qilib
belgilangan. Bu yoshdagi kishilar guruhi Yer shari aholisining 2/3 qismiga
yaqinini tashkil etadi. Biroq, dunyoning turli mintaqalarida ushbu ko‘rsatkich
o‘zaro farq qiladi.
2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, bu sohadagi eng quyi
ko‘rsatkichlar Afrika mintaqalariga tegishli (Shimoliy Afrika mustasno). Agar bu
jarayonlar alohida mamlakatlar misolida o‘rganilsa, ko‘rsatkichlar yanada pastroq
ekanini guvohi bo‘lamiz. Xususan, Burkina-Faso, Malavi, Zambiya, Chad,
Uganda, Niger kabi davlatlarda mehnat resurslari salmog‘i jami aholining
116
yarmidan ham kamrog‘ini tashkil etadi. Buning sababi, mazkur mamlakatlarda
aholi tabiiy o‘sishining yuqoriligi va kuchli «demografik portlash” jarayoni ro‘y
berayotganligi bilan bog‘liq.
2-jadval