Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə47/53
tarix27.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#199164
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53
Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши-fayllar.org

Urbanizasiya – (lotincha urbanus – shahar) – shaharlashish, ya’ni
shaharlarning o‘sishi va ko‘payishi. Bu jarayon fan-texnika inqilobi davrida keskin
kuchayib, shahar aholisining ko‘payishiga, shahar turmush tarzining keng
tarqalishiga sabab bo‘ladi
1
.
BMT bergan statistik ma’lumotlarda hozirda dunyo aholisining teng yarmi
shaharlarda yashaydi, ya’ni 2009 yilda yer shari aholisining 50 foizi shaharlarga
to‘g‘ri keladi va bu ko‘rsatkich 2030 yilda 60 foizni, ya’ni 3 milliarddan 5
milliardgachani tashkil etadi. Bunday shahar aholisining o‘sishi faqat tabiiy
ko‘payish hisobiga ro‘y beradi. 2000-2030 yillar orasida yiliga 1,8 foizdan ortib
boradi, bu global o‘sishdan ikki marta ko‘p degani. Shuningdek, bugungi kunda
dunyoning 20 ta shahrida 10 million kishi yashamoqda (15 tasi rivojlanayotgan
davlatlarda) bu jahon aholisining 4 foiziga teng. 2015 yilda shunday liga shaharlar
22 taga yetadi va ularda 5 foiz dunyo aholisi yashaydi
2
.
Davlatlar o‘rtasida shahar aholisi ustun bo‘lgan mintaqalarga rivojlangan
davlatlarni kiritish mumkin. Masalan, Yevropa aholisining 71 foizi shaharlarga
to‘g‘ri keladi, Osiyoda bu ko‘rsatkich 42 foiz (2009 yil), Yaponiya (86 foiz),
Koreya respublikasi (82 foiz), Singapur (100 foiz), Malayziya (68 foiz), Eron (67
foiz), Quvayt (98 foiz) va qator G‘arbiy Osiyo mamlakatlari aholsining hududiy
tarkibida shahar aholisi ustun.
Dunyodagi shahar aholisining soni to‘xtovsiz o‘sishida davom etmoqda.
Jumladan, 1900 yilda shahar aholisi jami aholining 3 foizini, 1860 yilda – 6,4
foizni, 1990 yilda – 19,6 foiz, 1990 yilda 43 foiz, 2005 yilda esa 48 foiz, 2009
yilda 50 foizni tashkil qilgan. Bundan aholining shaharlarda konsentrasiyalashuvi
ya’ni, mujassamlashuvi tezlashganini kuzatamiz. Urbanizasiyaning umumiy
1
Ғуломов П. Ж ғрофия атамалари ва тушунчалари изо ли луғати. -Тошкент “Ўқитувчи”, 1994. Б.112.
2
Народонаселение мира 2004 в году. -2004. C. 29-30.


127
ko‘rsatkichi mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasini belgilaydi va o‘z


navbatida ular orasidagi aloqadorlik mohiyatini ifodalaydi. Chunonchi, agar
urbanizasiya darajasi taxminan 70-75 va undan ortiq bo‘lsa, u holda mamlakat
sanoat jihatidan yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat; 50-70 %
industrial-agrar; 30-50 %- rivojlanayotgan agrar-industrial va 30 foizdan past, sust
rivojlangan agrar mamlakat hisoblanadi.
Binobarin, urbanizasiya darajasi bo‘yicha mamlakatlarni solishtirganda
quyidagilarga e’tibor berish lozim:
-shahar tashkil qilish mezonlari (masalan, aholi soni);
-shaharlarning umumiy soni va zichligi;
-yirik shaharlarning mavjudligi;
-shahar aglomeratsiyalarining rivojlanganligi;
-qishloq-shahar va mayatniksimon migratsiya;
-aholining bandlik darajasi va tarkibi va x.k.
Bulardan shahar aholi salmog‘i urbanizasiya darajasini ifodalovchi
ko‘rsatkich bo‘lib, u yer sharining barcha hududlarida urbanizasiya jarayonining
borishini ko‘rsatadi. Jumladan, urbanizasiya darajasining ahamiyatli tomonlarini
quyidagilarda yaqqol ko‘rish mumkin:
1. Urbanizasiya darajasi 10 % bo‘lsa, bunday hudud urbanizasiyalashmagan
bo‘ladi. Qishloq aholi punktlari bilan shahar aholi punktlari orasidagi farq
deyarli bo‘lmaydi. Qishloq turmush tarzi aks etadi va shahar aholi soni yoki
shaharliklar hissasi juda sekinlik bilan ko‘payadi;
2. Agarda urbanizasiya darajasi 25 % dan past bo‘lsa, qishloq aholi punktlapi
ustunlgi seziladi, hudud kuchsiz urbanizasiyalashgan hisoblanadi. Ammo
shahar turmush tarzi aks eta boshlaydi, oqibatda shahar aholisi tezlik bilan
ko‘payadi, ommaviy shahar aholi punktlari paydo bo‘la boshlaydi. Shahar
va qishloq aholi punktlapi o‘rtasidagi farq kattalasha boradi;
3. Urbanizasiya darajasi 50 % ga yetsa, shahar aholisining qishloq aholisidan
ustunligi seziladi, hudud o‘rta urbanizasiyalashgan hisoblanadi. Shahar aholi
soni va o‘sish sur’ati katta bo‘ladi, shahar aholi punktlapi qishloqlardan
yaqqol ajralib turadi;
4. Urbanizasiya darajasi 75 % ni tashkil etganda shaharlar qishloqlardan aniq
farq qiladi, shahar turmush tarzi qishloq joylarga ham tarqala boshlaydi.
Shahar aholisining hissasi va aholi o‘sish sur’ati birdan sekinlashadi;
5.
Mintaqa, mamlakat, hudud aholisida shahar aholisi hissasi 90 % bo‘lsa,
to‘liq urbanizasiyalashgan hisoblanadi. Shahar turmush tarzi barcha qishloq
aholi punktlapiga tarqaladi, qishloq bilan shahar orasidagi farq yana
butunlay yo‘qoladi. Aholi soni va salmog‘i juda sekinlik bilan o‘sadi, hatto
ba’zi hollarda kamaya boradi
1
.
Yevropa mamlakatlarida bugungi kunda aynan shahar aholisi salmog‘ida
kamayish hodisasi ro‘y bermoqda. Yevropa davlatlari deyarli hammasida shahar
aholisi jami aholining 50 foizdan ko‘pini tashkil qiladi (2009 y.). Faqatgina,
Albaniya, Bosniya va Gersegovina aholisining 46 foizi shahar aholisi hisoblanadi.
1
Копылов В.А. География населения. Учебное пособие. -М.: Маркетинг, 1999.-С.117.


128
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan Yevropa davlatlaridan Daniya (72 foiz), Shvesiya


(84 foiz), Angliya (80 foiz), Germaniyani (73 foiz) to‘laligicha urbanistik tavsifga
ega deyish mumkin.
Urbanizasiya darajasining keskin farq qilishida ijtimoiy-iqtisodiy omillar
muhim o‘rin tutadi. Biron-bir mamlakat, mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi
qanchalik yuqori bo‘lsa, o‘sha joyda urbanizasiya darajasi, shahar aholisi salmog‘i
katta bo‘ladi. Ayrim hollarda tabiiy omillar tufayli ham urbanizasiya darajasi
ko‘tarilishi mumkin. Masalan, istiqbolli foydali qazilma konlari, qulay iqtisodiy
geografik o‘rin va x.k.
Shulardan iqtisodiy geografik o‘rni (IGO‘) shahar va shahar aholi punktlari
tarkib topishida muhim omil hisoblanadi. Ma’lumki, IGO‘ mikro, mezo va makro
darajada ajratib ko‘rsatiladi. Shahar aholi punktlari paydo bo‘lishida, IGO‘ning
mikrodarajadagi ahamiyati katta mavqega ega bo‘ladi. Uning mezo va
makrodarajadagi ahamiyati esa keyinchalik shaharchalarning rivojlanishi va yirik
markazlarga aylanishida muhim o‘rin tutadi. Binobarin, ayrim shaharlarning
mikrodarajadagi o‘rni noqulayligi uning asta-sekin yo‘q bo‘lib ketishiga olib
kelishi mumkin. Shaharlarning mezodarajada o‘rni qulayligi uning yirik va katta
shaharlarga aylanishiga zamin bo‘lishi mumkin. Agarda bu aksincha bo‘lsa, shahar
kichik xolatida qolaveradi. Shaharlar IGO‘nini to‘rtta bosqichga ajratish tavsiya
etiladi.
mikro o‘rni- yaqin shahar atrofiga nisbatan o‘rni;
mezo o‘rni- mamlakat katta bir qismiga yoki uncha katta bo‘lmagan davlatga
nisbatan o‘rni;
makro o‘rni- yirik davlat chegaralariga nisbatan o‘rni;
mego o‘rni- dunyo miqyosida yoki uning yirik regionlariga nisbatan tutgan
1-jadval
Yer shari mintaqalarida urbanizasiya darajasi 
mintaqalar
Shahar aholisining hissasi, foizda
1900 yil
1950 yil
2000 yil
2009 yil
Shimoliy Amerika
39
64
78
79
Lotin Amerikasi
13
41
77
77
Xorijiy Yevropa
35
54
76
71
Avstraliya va Okeaniya
30
62
74
67
Horijiy Osiyo
5
17
38
42
Afrika
3
15
37
38

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin