Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə50/53
tarix27.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#199164
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши-fayllar.org

aglomeratsiya,  deb nomlanadi.
Aglomeratsiya–aholi punktlarning bir-birlariga qo‘shilib ketib, ulkan shahar,
yagona iqtisodiy hudud hosil qilishi. Aglomeratsiyalarda aholi zich o‘rnashgan,
xilma-xil ishlab chiqarish tarmoqlari, xususan sanoat korxonalari, ilmiy va o‘quv
muassasalari to‘plangan bo‘ladi
1
. Aglomeratsiya so‘zi fransuz adabiyotlarida
uchraydi, inglizlar buni konurbasiya, amerikaliklar metropolislar, deb atashadi.
Shahar aglomeratsiyasi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va
joylanishi tufayli turli funksional tip va yiriklikdagi shaharlarning vujudga kelishi
va ularning bir joyda to‘planishidan, xususan shaharlarning qulay iqtisodiy
geografik o‘rin tufayli eniga va bo‘yiga kengayib borishidan hamda yirik shahar
atrofida va unga yaqin joyda shahar va shaharchalarning tarkib topib qo‘shilib
ketishidan paydo bo‘ladi.
Shahar aglomeratsiyasi quyidagi shart va sharoitlarga tayangan holda
shakllanadi:
-shahar atrofida bitta yoki ikkita yirik shahar bo‘lishi lozim;
-uning atrofida kamida ikkita shahar va shaharchalar bo‘lishi shart;
-markaziy shahar (aglomeratsiya yadrosi) va yo‘ldosh shaharchalar orasidagi
masofa eng ko‘pi ikki soatlik vaqt doirasida bo‘lishi zarur;
-aglomeratsiya shahar va shaharchalari o‘rtasida mayatniksimon (tebranma)
migratsiya aloqasi rivojlangan bo‘lishi shart;
-atrofidagi shaharlar aholisi eng kami aglomeratsiya aholisining 10 foizini
tashkil etishi zarur va x.k.
1
Ғуломов П. Ж ғрофия атамалари ва тушунчалари изо ли луғати. Тошкент “Ўқитувчи”
1994. Б.7.


132
Dunyoda birinchi shahar aglomeratsiyasi XIX asrning ikkinchi yarmida yirik


shaharlar (London, Parij, Nyu-York va boshqa.) yoki unga yaqin joylashgan
alohida uncha katta bo‘lmagan shaharlar atrofida shakllangan. Aglomeratsiyaning
birinchi tipi yagona markazga asoslangan monosentrik xususiyatga ega bo‘lgan
bo‘lsa, ikkinchi tipi polisentrik, ya’ni mavqei jihatdan teng bo‘lgan ko‘p
markazlardan iborat bo‘lgan. Bulardan monosentrik aglomeratsiyalar tipi keng
tarqaldi. Holbuki, hozirda polisentrik tipi ham ko‘p sonlidir. Shu o‘rinda keltirish
joizki, aglomeratsiyalar bir markazli (monosentrik) va ko‘p markazli (polisentrik)
xususiyatga ega bo‘ladi. Farg‘ona-Marg‘ilon, Angren-Olmaliq aglomeratsiyalari
polisentrik, Toshkent, Samarqand, Andijon, Namangan, Qarshi, Nukus, Urganch
va boshqa aglomeratsiyalar monosentrik hisoblanadi.
Shahar aglomeratsiyasi - mehnat, madaniy-maishiy, rekrasion, infratuzilma,
ishlab chiqarish va boshqa aloqalari bilan o‘zaro birlashgan shahar aholi punktlapi
guruhiga aytiladi. Dunyoda eng yirik aglomeratsiyalar 20 dan ortiq bo‘lib, ularning
ko‘pi AQShda ( Chikago, Nyu-York, Los-Anjeles), Hindistonda (Dehli, Bombey,
Kalkutta), Yaponiyada (Tokio, Osako-Kioto-Kobe) va Braziliyada (San-Paulu,
Rio-de-Janeyro) joylashgan. Pokiston (Karachi), Buyuk Britaniya (London), Eron
(Tehron), Argentina (Buenos-Ayres), Fillipin (Manila), Xitoy (Shanxay), Fransiya
(Parij),
Bangladesh
(Dakka),
Rossiya
(Moskva)
kabi
mamlakatlarda
aglomeratsiyalar soni atiga bittadan, xolos. Shahar aglomeratsiyalari vaqt o‘tishi
bilan rivojlangan davlatlarga nisbatan rivojlanayotgan davlatlarda tobora
o‘smoqda.
Aglomeratsiya chegaralari odatda, markaz shahar bilan uning atrofidagi
shaharlar o‘rtasidagi mehnat, madaniy-maishiy aloqalar samaradorligi bilan
belgilanadi. Bu aloqalar chegarasi hozirgi zamonaviy transport rivojlangan bir
vaqtda 50-60 km oraliqdagi radiusni tashkil etadi. Ko‘pgina hollarda bu shahar
aglomeratsiya chegarasi ma’muriy chegaralar bilan mos kelmaydi.
Shahar atrofidagi aholi punktlapining shahar markazidan va uning atrofidan
kelayotgan aholi hisobiga tezroq rivojlanishi shahar aglomeratsiyasining o‘z
chegarasidan tashqariga chiqishiga olib kelmoqda. Bu jarayon fanda

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin