Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


II. BOB. Aholi soni va takror barpo bo‘lishi



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə10/67
tarix02.01.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#39284
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   67
Aholi geoo

II. BOB. Aholi soni va takror barpo bo‘lishi

2.1. Aholini hisobga olish

Jamiyat taraqqiyoti davomida aholi soni va tarkibi muntazam o‘zgarib kelgan. Yuqorida qayd etilganidek insonlar tug‘iladi, ularning ma’lum qismi hayotdan ko‘z yumadi, nikohga kirib oila quradi, nikohlar bekor etiladi. Shuningdek insonlar bir hududdan ikkinchi hududga ko‘chadilar, bir ijtimoiy guruhdan boshqa ijtimoiy guruhga o‘tadilar. Masalan, O‘zbekistonda 2007 yil 608,9 mingta chaqaloq tug‘ildi, 137,4 ming kishi hayotdan ko‘z yumdi, 254,2 ming kishi nikoh, 18,2 ming ajrimlar qayd etildi, 69,1 ming o‘quvchilar oliy o‘quv yurtlariga qabul qilindilar. Ya’ni o‘quvchilik guruhidan talabalik guruhiga o‘tdilar. Respublikada 1926 yili 4,6 million aholi bo‘lib, ularning 22 foizi shaharlarda, 78 foizi qishloq hududlarida istiqomat etganlar. 2008 yilda esa O‘zbekiston aholisining soni 27,1 millionga yetdi va ularning 35,8 foizi shahar, 64,2 foizi esa qishloq aholisiga mansubligi haqida ma’lumotlar mavjud. Aholi soni uning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik tarkibi davrlar, hududlar bo‘yicha doimo o‘zgarib turadi. Ushbu jarayon dunyoning barcha davlatlari, xalqlari va hududlarida sodir bo‘ladi va ular xaqida muntazam ma’lumotlar to‘plab, hisobga olinib boriladi.

Aholi soni va tarkibida sodir bo‘lgan barcha o‘zgarishlar iqtisodiyotning rivojlanishiga, umuman jamiyatning rivojlanishiga bevosita ta’sir etadi. Har bir hududning, davlatning ijimoiy-iqtisodiy rivojlanishida aholi sonining ortib yoki kamayib borishi, aholining umumiy tarkibida mehnat yoshidagi aholi guruhining salmog‘i, ularning demografik va sifatiy shakllanib borishi, shuningdek bolalar va mehnat yoshidan yuqori bo‘lgan qariyalar salmog‘i ham juda muhimdir. Har bir davlat aholisining soni va yosh-jinsiy tarkibidagi mutanosiblik, uning rivojlanish istiqboli dasturlarini ishlab chiqishda asosiy omil, za min hisoblanadi. Ana shu nuqtai nazardan dunyo va uning alohida hududlari, davlatlari, xalqlari bo‘yicha aholi soni va tarkibini yuqorida qayd etilganidek juda qadimdan boshlab hisobga olib kelinadi. Aholi soni va tarkibini hisobga olish uslublari, dasturlari, texnikalari jamiyat rivojlanishiga monand doimo rivojlanib, takomillashib keldi. Aholini hisobga olishda, uning umumiy soni, yosh-jinsiy tarkibi bilan bir qatorda oilaviy tarkibi, tug‘ilish, o‘lim, nikoh va ajrim kabi demografik jarayonlar, aholi migratsiyasi haqida ham ma’lumotlar to‘planib boriladi.

Aholini hisobga olishda to‘plangan ma’lumotlarni aniqligi, to‘la qamrovi va muntazamligi juda muhimdir. Masalan, O‘zbekiston aholisi soni tarkibi haqida ma’lumotlar to‘planganida, tug‘ilgan chaqaloqlardan boshlab barcha yoshdagi aholi soni, eng kichik mahalla, qishloq, tuman, viloyat va shaharlar aholisi, ularning ijtimoiy-demografik tarkibi haqida ma’lumotlar aniq va har bir yil, davr uchun muntazam hisoblab borilishi lozim.

Jahondagi barcha davlatlarda aholining ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holatlari hisobga olinib, ma’lumotlar muntazam to‘planib boriladi. Hozirgi davrda aholini hisobga olishning asosiy to‘rt turi mavjuddir: aholi ro‘yxati o‘tkazish; demografik jarayonlarning doimiy ro‘yxatga olish; tanlama va sotsiologik-demografik tadqiqotlar; aholining turli ro‘yxatlari va registrlari. Aholini hisobga olishda eng asosiy va aniq manba – umumiy aholi ro‘yxati o‘tkazishdir.


Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin