XULOSA………………………………………...................................29
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR………………….....................30
ILOVA………………………………………………………….……..31
KIRISH Dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-4732-son Farmonidagi ustuvor yo‘nalishlar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, u zamonaviy talablar asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini muntazam oshirib borishni maqsad qiladi. Dastur mazmuni oliy ta’limning normativ-huquqiy asoslari va qonunchilik normalari, ilg‘or ta’lim texnologiyalari va pedagogik mahorat, ta’lim jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, amaliy xorijiy til, tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari, maxsus fanlar negizida ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari bo‘yicha so‘nggi yutuqlar, pedagogning kasbiy kompetentligi va kreativligi, global Internet tarmog‘i, multimedia tizimlari va masofadan o‘qitish usullarini o‘zlashtirish bo‘yicha yangi bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Ushbu dasturda o‘rnatilgan tizimlarning asosiy xususiyatlari va sinflari, o‘rnatilgan tizimlarni loyihalash bosqichlari va standartlari, o‘rnatilgan tizim apparat vositalari, o‘rnatilgan tizim protsessorlari, xotira qurilmalari kiritish va chiqarish qurilmalari va shinalari, o‘rnatilgan tizim qurilmalari uchun dasturlash tillari, o‘rnatilgan tizimlar uchun operatsion tizim, o‘rnatilgan ilovalar yaratish bosqichlari muammolari bayon etilgan.O‘rnatilgan tizimlar modulining maqsad va vazifalari:
- boshqaruv jarayonlari funksiyalarini amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan, dasturiy va texnik vositalar kompleksini o‘rganish;o‘rnatilgan tizimlarni loyihalash bosqichlari va standartlari, o‘rnatilgan tizim apparat vositalari, o‘rnatilgan tizim protsessorlari, xotira qurilmalari kiritish va chiqarish qurilmalari va shinalari, o‘rnatilgan tizim qurilmalari uchun dasturlash tillari, o‘rnatilgan tizimlar uchun operatsion tizim, o‘rnatilgan ilovalar yaratish bosqichlar va ularni amaliyotga qo‘llash malakaviy ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Uzoq masofada joylashgan boshqariladigan ob’ektlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan xisoblash tizimlar sinflari axborot-boshqaruvchi tizimlar (ABT) deb nomlanardi. Kompyuter tarmoqlari paydo bo‘lishi bilan tarmoq yoki taqsimlangan ABTlarni qurish imkoniyati vujudga keldi.Integral mikrosxemalar va mikroprotsessorlar paydo bo‘lishi ABTni boshqariladigan ob’ektlarga yaqinlashtirish yoki unga EXMni o‘rnatish imkonini berdi. Shunday qilib birinchi o‘rnatilgan tizimlari (Embedded System) paydo bo‘ldi. Bora-bora element bazasi arzonlanishi va uni integrallanishi darajasi ko‘tarilishi va xisoblash qurilmalarini ishonchliligi oshishi bilan EXMni boshqariladigan ob’ektni turli joylariga o‘rnatish va barcha xisoblash tugunlarini umumiy nazorat tarmoqiga birlashtirilish imkonlari vujudga keldi. Rivojlanish protsessida elementlar kichiklashishi va boshqariladigan ob’ektlar bilan birlashishi bilan kiberfizik nomini olgan (CPS, Cyber Physical System) tizimlari paydo bo‘ldilar. Boshqariladigan ob’ektlariga xisoblash tizimi kiritilish darajasiga ko‘ra quyidagi tizimlarni ajratish mumkin:
Kiber fizik tizimlari (Cyber Physical System, CPS).
Texnika rivojlanishiga ko‘ra boshqaruvchi kompyuter tizimlarini sinflarini belgilash evolyutsiyasi amalga oshrilildi: axborot-boshqaruvchidan o‘rnatilgan tizimlarga, o‘rnatilgandan tarmoqli o‘rnatilganga, tarmoqli o‘rnatilgandan kiberfiziktizimlariga.Zamonaviy kiberfizik tizimlari juda yaqindan boshqariladigan ob’ektlari bilan integrallashtirilgan.