Dekorativ applikatsiya- turli bezaklar hosil qilish bilan bog‘lik bo‘lgan faoliyat turi. Dekorativ applikatsiyada bolalar qirqish mahoratini ritm, simmetriya bo‘yicha turli rang birikmalarini turli bezak elementlarini birlashtirish, qirqish mahoratini o‘zlashtiradilarBu mashg‘ulotlarda bolalar predmetlarni dekorativ stillashtirish, ularni tuzilishiga ahamiyat berish, namunalarni yangi sifatlar bilan boyitishni o‘rganadilar. Bu mashg‘ulotlarda bolalar yana qo‘yidagilarni o‘rganadi: predmetlarni o‘zgartirish, ularning tuzilishini umumlashtirish, namunalarni yangi sifatlar bilan taqqoslash.
Mazmunli applikatsiya- o‘z oldiga qiyin masalalarni qo‘yadi va ba’zi bir qoidalarni bajarilishini talab qiladi: rang, shakl bo‘yicha birbirlariga to‘g‘ri keladigan tabiiy materiallarni yig‘ish kerak. Masalan, barglar va chig‘anoklar va mayda toshlar, somon, taxta qipiqlari, qurigan shoxchalar, danaklar va hokazolar. Asosiy e’tiborni fon va materiallar rangi mosligiga qaratish lozim. Syujetdagi tasvirlarga asosiy qahramonlarni yorkin rang bilan kompozitsion yechim qilib olish, ya’ni alohida e’tibor qaratish kerak.
Syujetli mavzu applikatsiya syujet yoki mavzu bilan bog‘lik predmetlarni yopishtirish va qirqish mahoratini mo‘ljallaydi
Adabiyotlar ro‘yxati:
Takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturi. T.: 2016.
Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari. T.: 2017