Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat. Bular apparat ta’minot
(hardware) va dasturiy ta’minot (software) lardir.
Apparat ta’minoti ─ bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik
qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir.
Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qisimi bo’lib, u
ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish
uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday
kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi.
Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasidagi bog’lanish qanday
amalgam oshiriladi? Avvalo ular orasidagi bog’lanish interfeys deb atalishini bilib
olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o’zaro bog’lanish
─ bu, apparat
interfeysi
, dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish esa ─ dasturiy
interfeys,
apparat qismlari va dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish
─ apparat ─ dasturiy interfeys deyiladi.
Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda
uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim.
Inson
kompyuterning ham apparat
, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda
bo’ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o’zaro muloqoti
─ foydalanuvchi interfeys deyiladi.
Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy
ta’minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin:
─ sistemaviy dasturiy ta’minot;
─ amaliy dasturiy ta’minot;
─ dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software) ─ kompyuterning va kompyuter
tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program package) ─ bu aniq bir predmet
sohasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini mo’ljallangan dasturlar majmuasidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari ─ yangi dasturlarni ishlab
chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat
vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi,
ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu
jumladan
, avtomatik ravishda ham),
saqlash va joriy etishga mo’ljallangan.
Komyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko’p qo’llaniladigani amaliy dasturiy
ta’minot (АДТ) dir. Bunga asosiy sabab ─ kompyuterlardan inson faoliyatining
barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan
tizimlarning yaratilishi va qo’llanilishidir.
Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin.
Muammoga yo’naltirilgan АДТ ga quyidagilar kiradi:
─ bugalteriya uchun ДТ;
─ personalni boshqarish ДТ;
─ jarayonlarni boshqarish ДТ;
─ bank axborot tizimlari va boshqalar.
Umumiy maqsadli АДТ ─ soha mutaxassisi bo’lgan foydalanuvchi axborot
texnologiyasini qo’llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko’plab dasturlarni o’z
ichiga oladi. Bular:
─ kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (МББТ);
─ matnli hujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi, ularni tegishli holatda
rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muxarrirlari;
─ grafik muxarrirlar;
─ hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elektron jadvallar;
─ taqdimot qilish vositalari,
ayni tasvirlar hosil qilish
, ularni ekranda namoyish
etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo’ljallangan maxsus dasturlar.
Ofis АДТ idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlarni o’z
ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
─
rejalovchi yoki organayzerlar
, ya’ni ish vaqtini rejalashtiruvchi, uchrashuvlar
bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini
olib boruvchi
dasturlar
;
─ tarjimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlang’ich matnni ko’rsatilgan tilga tarjima
qilishga mo’ljallangan dasturlar;
─ skaner yordamida o’qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga binoan
o’zgartiruvchi dasturiy vositalar;
─ tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi orasidagi
o’zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar.
Kichik
nashriyot
tizimlari
“kompyuterli
nashriyot
faoliyati”
axborot
texnologiyasini ta’minlaydi, matnni bichim solish va tahrirlash, avtomatik ravishda
betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo’yish va
hokazolarni bajaradi.
Multimedia
dasturiy vositalari
dasturiy mahsulotlarning nisbatan yangi sinfi
hisoblanadi. U ma’lumotlarni qayta ishlash muhitining o’zgarishi, lazerli
disklarning paydo bo’lishi, ma’lumotlarning tarmoqli texnalogiyasining
rivojlanishi natijasida shakllandi.
Sun’iy intellekt tizimlari. Bu sohadagi izlanishlarni to’rt yo’nalishga bo’lish
mumkin:
─ ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar.
Ushbu yo’nalish kompyuterda o’yinlarni (shaxmat, shashka va h.k) avtomatik
tarjima qilishni va boshqalarni amalga oshiradigan dasturiy ta’minotni yaratish
bilan shug’ullanadi.
─ Bilimlarga asoslangan intelektual tizimlar yaratilishi hisoblanadi. Shu tufayli
sun’iy intellekt tizimlarini ma’lum va kichik sohalarning eksperti sifatida tan
olinishi va qo’llanishi mumkin.
─ EHM larning yangi arxitekturasini yaratish.
Bu yo’nalish sun’iy tafakkur mashinalari (beshinchi avlod EHM lari)ni yaratish
muammolarini o’rganadi.
─ Intelektual robotlar.
Dostları ilə paylaş: |