(interfeysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi,
kompyuterning
ishchanligini
oshiruvchi
, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va
boshqa dasturlardir.
Asosiy dasturiy ta’minotni qo‘shimcha ravishda o'matiladigan xizmat
ko'rsatuvchi dasturlar to‘plami to‘ldirib turadi. Bunday dasturlami ko‘pincha
utilitlar deb atashadi.
Utilitlar — ma’lumotlami qayta ishlashda qo‘shimcha operatsiyalami
bajarishga yoki kompyuterga xizmat ko'rsatishga (tashxis,
apparat va dasturiy
vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar)
mo'ljallangan dasturlardir.
Kompyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko‘p qo‘llaniladigani amaliy
dasturiy ta’minot (ADT)dir. Bunga asosiy sabab kompyuterlardan inson
faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanilishi,
turli predmet sohalarida
avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo'llanishi. Amaliy dasturiy
ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin.
Muammoga yo’naltirilgan ADTga quyidagilar kiradi:
— buxgalteriya uchun DT;
— personalni boshqarish DT;
— jarayonlami boshqarish DT;
— bank axborot tizimlari va boshqalar.
Umumiy maqsadli ADT — soha mutaxassisi bo'lgan foydalanuvchi axborot
texnologiyasini qo‘llagando uning ishiga yordam beruvchi ko’plab dasturlarni o’z
ichiga oladi. Bular:
— kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT);
— matnli hujjatlami avtomatik ravishda formatlashtiruvchi, ulami tegishli holatda
rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muharrirlari;
— grafik muharrirlar;
— hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elektron jadvallar;
— taqdimot qiiish vositalari, ya’ni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda namoyish
etish,
slaydlar
, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo‘ljallangan maxsus dasturlar.
Ofis ADT idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlarni
o‘z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
— rejalashtiruvchilar yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini rejalashtiruvchi,
uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va qaydnomalarni olib
boruvchi dasturlar;
— taijimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlang‘ich matnni ko'rsatilgan tilga tarjima
qilishga mo'ljallangan dasturlar;
— skaner yordamida o‘qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga
o'zgartiruvchi dasturiy vositalar;
— tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan
foydalanuvchi orasidagi
o‘zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar.
Kichik nashriyot tizimlari «kompyuterli nashriyot faoliyati» axborot
texnoiцgiyasini ta’minlaydi, matnni formatlash va tahrir qilish, avtomatik ravishda
betlarga ajratish, xat boshilarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo'yish va
hokazolami bajaradi.
Dostları ilə paylaş: