Apparat ta'minoti bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik kismlari



Yüklə 203,05 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü203,05 Kb.
#201209
Fizikaviy xususiyatlari bo\'yicha kompyuterlarning optimallashtirilishi


| Fizikaviy xususiyatlari bo'yicha kompyuterlarning optimallashtirilishiShaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iboratligini biz oldingi bobda
aytib utgan edik. Bular apparat ta'minot (hardware) va dasturiy ta'minot
(software)lardir.
Apparat ta'minoti — bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik kismlari
va kushimcha (atrof) kurilmalaridir.
Dasturiy ta'minot kompyuterning ikkinchi muxim qismi bulib, u ma'lumotlarga
ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bulgan
xujjatlarni uz ichiga oladi. Dasturiy ta'minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir
parcha temirga aylanib qoladi.
Kompyuterning apparat va dasturiy ta'minoti orasida boKlanish kanday amalga
oshiriladi?
Avvalo ular orasidagi bog’lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim.
Kompyuterning turli texnik kismlari orasidagi uzaro bog’lanish — bu, apparat
interfeysi, dasturlar orasidagi uzaro bog’lanish esa — dasturiy interfeys, apparat
kismlari va dasturlar orasidagi uzaro bog’lanish — apparat — dasturiy interfeys
deyiladi.
Shaxsiy kompyuterlar xakida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda
uchinchi ishtirokchini, ya'ni insonni (foydalanuvchini) xam nazarda tutish lozim. Inson
kompyuterning xam apparat, xam dasturiy vositalari bilan mulokotda buladi. Insonning
dastur bilan va dasturni inson bilan uzaro mulokoti — foydalanuvchi interfeysi
deyiladi.
Endi kompyuterning dasturiy ta'minoti bilan tanishib chikaylik. Barcha dasturiy
ta'minotlarni uchta kategoriya buyicha tasniflash mumkin:
sistemaviy dasturiy ta'minot;
amaliy dasturiy ta'minot;
dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
Sistemaviy dasturiy ta'minot (Sistem software) — kompyuterning va kompyuter
tarmoklarining ishini ta'minlovchi dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta'minot (Aplication program paskage) — bu anik bir predmet
soxasi buyicha ma'lum bir masalalar sinfini echishga muljallangan dasturlar
majmuasidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dasturlarni ishlab
chikish jarayonida kullaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir.
Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bulib xizmat kiladi, ya'ni ular
dasturlarni ishlab chikish(shu jumladan, avtomatik ravishda xam), saklash va joriy
etishga muljallangan.tizimi deb ataladi. Ushbu OT, jumladan, tarmok ichra ma'lumotlarni ayirboshlash,
saklash, kayta ishlash, uzatish kabi xizmatlarni kursatadi.
Asosiy dasturiy ta'minotni kushimcha ravishda urnatiladigan xizmat kursatuvchi
dasturlar tuplami tuldirib turadi. Bunday dasturlarni kupincha utilitlar deb atashadi.
Utilitlar — bu, ma'lumotlarni qayta ishlashda kushimcha operatsiyalarni
bajarishga yoki kompyuterga xizmat kursatishga (tashxis, apparat va dasturiy
vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshkalar)
muljallangan dasturlardir.6
Birinchi shaxsiy kompyuterlar OT ga ega emas edilar. Kompyuter tarmokka
ulanishi bilan protsessor doimiy xotiraga murojaat etar edi. Ularda murakkab bulmagan
dasturlash tili, masalan, Beysik yoki shunga uxshash tilni kullovchi, ya'ni uni tushunib,
unda yozilgan dastur bilan ishlay oluvchi maxsus dastur yozilgan bular edi. Ushbu til
buyruklarini urganish uchun bir necha soat kifoya kilar, sungra kompyuterga uncha
murakkab bulmagan dasturlarni kiritish va ular bilan ishlash mumkin bular edi.
Kompyuterga magnitofon ulangach, chet dasturni xam yuklash imkoniyati yaratildi.
Buning uchun bitta, LOAD buyrug’i kifoya edi, xolos.
Kompyuterga disk yurituvchilar ulanishi bilan OTga bulgan zaruriyat paydo
buldi. Disk yurituvchi magnitofondan shunisi bilan fark kiladiki, bu kurilmaga erkin
murojaat etish mumkin.
Diskdagi dasturlarni fakat nomi orkali yuklash imkonini beruvchi operatsion
tizim ishlab chikildi va u disk operatsion tizimi (DOT) deb nom oldi.
DOT nafakat diskdagi fayllarni yuklash, balki xotiradagi fayllarni diskka yozish, ikkita
faylni bitta sektorga tushishining oldini olish, kerak bulgan paytda fayllarni uchirib
tashlash, fayllarni bir diskdan ikkinchisiga kuchirish (nusxa olish) kabi ishlarni xam
bajara oladi. Umuman olganda, DOT foydalanuvchini aloxida koKozlarda kuplab
yozuvlarni saklashdan xalos etdi, disk yurituvchilar bilan ishlashni soddalashtirdi va
xatolar sonini sezilarli darajada kamaytirdi.
OTlarning keyingi rivojlanishi apparat ta'minotining rivojlanishi bilan parallel
bordi. Egiluvchan disklar uchun yangi disk yurituvchilar paydo bulishi bilan OTlar
xam uzgardi. Kattik disklarning yaratilishi bilan, ularda unlab emas, balki yuzlab, xatto
minglab fayllarni saklash imkoniyati yaratildi. Shu sababli fayllar nomida xam
anglashilmovchiliklar paydo bula boshladi. Ana shunda DOTlar xam ancha
murakkablashdi. Ularga disklarni kataloglarga buluvchi va ushbu kataloglarga xizmat
kursatuvchi vositalar (kataloglar orasida fayllarni kuchirish va nusxa olish, fayllarni
saralash va boshkalar) kiritildi. Shunday kilib, disklarda faylli struktura paydo buldi.
Uni tashkil etish va unga xizmat kursatish vazifasi esa OTga yuklanadi. Kattik disklar
yanada katta ulchamlarga ega bulishi bilan OT ularni bir nechta mantikiy disklarga
bulishni xam «urganib» oldi.
Uar bir yangi paydo bulayotgan OT kompyuterning tezkor xotirasidan yanada
yaxshi, unumlirok foydalana oladi va yanada kuvvatli protsessorlar bilan ishlay oladi.
1981 yildan 1995 yilgacha IBM PC kompyuterlarni asosiy operatsion tizimi MS DOS
edi. Shu yillar ichida u MS DOS 22 versiyasigacha bulgan rivojlanish boskichlarini
bosib utdi.
MS DOS foydalanuvchi bilan kompyuterning apparat ta'minoti urtasidagi
«vositachi» bulib xizmat kildi. Shuning bilan birga u insonga qaraganda kompyuterga
yakinrokdir. Kompyuterni ta'mirlash va unga xizmat kursatish buyicha kupgina ishlar
xam MS DOSda bajarilar edi.
WINDOWS 95, WINDOWS NT, WINDOWS 98lar grafik interfeysli OTlar
xisoblanadi, chunki ular foydalanuvchi bilan grafik tasvirlar (yorliklar, belgilar)
yordamida mulokot kilish imkonini beradilar.
Tarmoq OT. Tarmokka ulangan kompyuterlarni yakkaxol va birgalikda
ishlashini ta'minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat OT— tarmok operatsionOperatsion tizimlarning turlari (Type operating systems). Hozirgi paytda
eng ko’p tarqalgan operatsion tizimlar MS DOS, OS/2, Windows, UNIX tizimlaridir.
MS DOS operatsion tizimlari (Microsoft Disk Operating Systems) –
Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan eng dastlabki va eng ishonchli
operatsion tizimlardir. Ko’pincha boshqa operatsion tizimlar boshqaruvida ishga
tushishga injiqlik qilayotgan komp’yuterlar yoki dasturlar MS DOS orqali osonlik
bilan ishga tushishi mumkin. Birdan-bir kamchiligi – foydalanuvchi bilan muloqot
qilish usullarining noqulayligidir. Lekin bu kamchilik maxsus ishlab chiqilgan
faylmenedjerlar (qobiq dasturlar) yordamida bartaraf qilingan. Bunday
faylmenedjerlarga Norton commander (NC) va uning takomillashtirilgan versiyasi
Volcov commander (VC) kabi vositalar misol bo’la oladi.dasturlariga9
Windows 95 – Microsoft kompaniyasining eng universal va eng ko’p tarqalgan
operatsion tizimidir. Ofislarda, korxona va tashkilotlarda, shaxsiy maqsadlar uchun
uylardagi komp’yuterlarda muvaffaqiyat bilan foydalanish mumkin.
Ko’plab ilova-dasturlariga ega. Dasturlarning xavfsizligini ta’minlovchi usullarga
mavjud.
Asosiy kamchiliklari - talab qilingan darajada ishonchli emasligi va Internet
bilan ishlashga mo’ljallanmaganligidir.
Windows 98 - Windows 95 ning takomillashgan ko’rinishi bo’lib, o’zining
ishonchliligi, dasturlarni himoya qilish vositalarining ko’pligi hamda grafik
ma’lumotlar bilan katta tezlikda ishlay olish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Birorta
ham qo’shimcha qurilmaviy yoki dasturiy vositalarsiz Iinternet dan keng foydalana
olish xususiyatiga ega. SHuning uchun ham hozirda eng ko’p tarqalgan operatsion
tizimdir.
Windows NT – kichik va katta komp’yuter to’rlarini boshqarish maqsadida
ishlab chiqilgan. Ishonchli tarzda ishlashini ta’minlovchi va komp’yuter qurilmalarini
hamda dasturlarni muhofaza qila oluvchi samarali vositalarga ega. 1999 yilda ishlab
chiqarilgan.
Asosiy kamchiligi – shaxsiy maqsadlarda har kuni foydalanadigan dasturlar
bilan ishlashda ayrim noqulayliklarni keltirib chiqaradi (masalan, ishlash sur’ati
kamayadi). SHuning uchun ham yakka komp’yuterlarda kamdan-kam hollardagina
qo’llaniladi.
Windows 2000 - Windows 98 va Windows NT operatsion tizimlarining barcha
imkoniyatlarini o’zida mujassamlashtirgan tizimdir. Ayniqsa, bu tizimning qulayligi
mul’timedia ma’lumotlari bilan, komp’yuter to’rlari va Internet bilan ishlaganda
yaqqol seziladi.
Windows Millenium - Windows 2000 ning takomillashtirilgan turidir. 2001
yilda ishlab chiqarilgan bu tizim komp’yuter qurilmalarini boshqarishni va murakkab
dasturlar bilan ishlashni tezlashtiruvchi ko’plab zamonaviy vositalarga ega bo’lib,
haqiqiy professionallarga mo’ljallangandir.
Windows XP - Windows operatsion tizimlarining eng yaxshi xususiyatlarini
o’zida jamlagan tizimdir. Grafik hamda mul’timedia ma’lumotlari bilan ishlash
sur’atini oshiruvchi eng zamonaviy vositalarga ega. 2002 yilda ishlab chiqarilgan.
UNIX – ko’p vazifali va bir vaqtning o’zida ko’plab foydalanuvchilarga xizmat
ko’rsata oladigan tizimdir. Qulaylik tomoni shundaki, bu tizimdan shaxsiy
komp’yuterlardan boshlab super komp’yuterlargacha foydalanish mumkin.
Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, lokal tarmoqlardan tortib to global tarmoqlargacha
oddiy modem yordamida ulana olish imkoniyatlarini beradi. Ko’plab ilova-dasturlari
mavjud.
YUqorida keltirilgan operatsion tizimlardan tashqari hozirgi paytgacha
jahondagi ko’zga ko’ringan firma va kompaniyalar tomonidan ko’plab boshqa tizimlar
ham ishlab chiqarilgan bo’lib, ularga IBM kompaniyasining PS DOS (Personal
Computers Disk Operating System), IBM LAN, Digital Research kompaniyasining DR
DOS (Digital Research Disl Operating System), Nowell kompaniyasining Nowell
Netware va boshqa kompaniyalarning Solaris, Linux, Mak10
05, Banyan Vines tizimlari misol bo’la oladi.
Operatsion sistemalar. Sakkiz razryadli ShKlar uchun yaratilgan birinchi OT
SRG’M-80 (Control Program for Microcomputers) mikrokomp’yuterlar uchun
boshkaruvchi dastur xisoblanadi. Bunga asos soluvchi Digital Research
komponiyasining prezidenti Geri Kildell buladi.
Keyinchalik vakt o’tishi bilan 16 razryadli komp’yuterlar yaratildi va unga MS
DOS Operatsion tizimi yaratildi. Ushbu OT 64 Kbayt xotiraga ega bulgan
komp’yuterlarga muljallangan bo’lib, u 8 Kb xotiradan joy olar edi.
Mualliflar MS DOSni rivojlantirib uning bir necha versiyalarini ishlab chikishdi.
1984 yilda MS DOS 3.0 versiyasiga asos solindi.
IBM firmasi 1986 yilda 80386 mikroprotsessorga asoslangan komp’yuterni ishlab
chikardi. Bu mikroprotsessor asosida yaratilgan komp’yuter nazariy bir necha
Gegabayt xotiraga ega bo’lishi mumkin edi. Ammo MS DOS OT 640 Kb bulgan
komp’yuterlarga moslashgan edi. Shuning uchun MS DOS Ot ni kengaytirish maksad
kilib olindi va 1987 yil MS DOS 3.3 versiyasi yaratildi. Shu yili Microsoft firmasi
tomonidan bir vaktda bir nechta masalalar echishga kodir bulgan OSG’2 OT ishlab
chikildi. Lekin bu OT keng tarkalmadi sababi, MS DOS 3.3 ko’pchilikni
imkoniyatlarini koniktirar edi. Xozirga kelib OTlarning bir necha turlari ishlab
chikilgan va ishlab chikilmokda. Ammo MS DOS xalida uz kuchini yukotgani yuk.
MS DOSning kobik dsturi bu NC xisoblanadi.
OT funktsiyalari. OT – bu boshkaruv dasturidir. OT bu komp’yuterning fizik va
dasturiy resurslarini taksimlash va ularni boshkarish uchun ishlatiladigan dastur.
Komp’yuter resurslari ikki xil buladi: fizik va dasturiy.
Fizik resurslar bu:
- xotira
- vinchester
- monitor
- tashki kurilma.


Dasturiy resurslar bu:
- kiritish va chikarishni boshkaruvchi dasturlar
- komp’yuter ishlashini ta’minlaydigan boshkaruvchi dasturlar
- berilganlarni taxlil kiluvchi dasturlar
- drayverlar
- virtual ichki va tashki xotirani tashkil kiluvchi va boshkaruvchi
dasturlar.
Dasturlash sistemasi- bu dasturlash tillari va ularga most il protsessorlari
majmuasidan iborat bo’lib, dasturlarga ishlov beri shva sozlashni ta’minlovchi
dasturlar tuplamidan iborat. Dasturlash sistemasining tashkil kiluvchi dasturlar
tuplami singari OT boshkaruvi ostida ishlaydi. Komp’yuter resurslari OT boshkaruvi
ostida buladi. OTga extiyoj resurslar taksimoti va ularni boshkarish masalasi
zaruriyatidan kelib chikadi.
OT lardan kuyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi talab kilinadi:
1. Ishonchlilik.11
OT uz ishlayotgan kurilmalar bilan birga ishonchli bo’lishi kerak.
OT foydalanuvchining aybi bilan vujudga kelgan xatoni aniklashi, taxlil kilishi
va tiklash imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
2. Ximoya. OT bajarilayotgan masalalarning uzaro bir-biriga beradigan tasiridan
ximoyalash kerak.
3. Bashorat. OT foydalanuvchi suroviga bashoratchilik Bilan javob berishi kerak.
4. Kulaylilik. Foydalanuvchiga OT ni taklif kilishdan maksad resurslarni aniklash
va bu resurslarni boshkarish masalalarini echishdan ozod kilishdir. Sistemani inson
psixologiyasini xisobga olgan xolda loyixalash kerak.
5. Effektivlik. Resurlar taksimotida OT foydalanuvchi uchun maksimal xolda
sistema resurslaridan foydalanish darajasini oshirish kerak. Resurslarning OT
tomonidan band kilinishi foydalanuvchi imkoniyatlarini kamaytirishga olib keladi.
6. Moslashuvchanlik. Sistema amallari foydalanuvchiga karab sozlanishi
mumkin. Resurslar majmuasi OT effektivligi va samaradorligini oshirish maksadida
ko’paytirishi yoki kamaytirilishi mumkin.
7. Kengaytiruvchanlik. OT ga Yangi fizik va dasturiy resurslar kushilishi
mumkinligi.
8. Aniklik. Foydalanuvchi sistema xakida kancha bilgisi kelsa shuncha bilish
imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. OT foydalanuvchini resurslar taksimotidan ozod kilib
komp’yuterni uch xil rejimda ishlashini ta’minlash mumkin: bir dasturli, ko’p dasturli,
ko’p masalali.
9. Bir dasturli rejim- komp’yuterning barcha resurslari fakat bir dasturga xizmat
kiladi.
10. Ko’p dastur (mul’tidastur) li rejim- OT bir vaqtning o’zida bir-biriga bog’liq
bo’lmagan bir necha dasturlarga xizmat qiladi. Bunda resurslar dasturlar o’rtasida
o’zaro taqsimlanadi. Mul’tidastur rejimi markaziy protsessor ish vaqti bilan
«periferiya» qurilmalari ishini ta’minlashdan iborat. Bu usulning bir dasturli rejimdan
afzalligi resurslardan effektiv foydalanish va berilgan masala echilishini tezlatishdir.
11. Ko’p masalali rejim- bu bir vaktning o’zida bir necha masalaning parallel
ishlashini ta’minlash ko’zda tutilgan. Bunda bir masalaning natijasi ikkinchi masala
uchun berilganlar majmuasini tashkil qilishi ham mumkin. OT echilayotgan
masalalarning bir-biri bilan bog’liqligini rejalashtiradi va nazorat qilib boradi. Ko’p
dasturli rejimdan farqli bu erda barcha msalalar bo’yicha parallel ishlash ko’zda
tutilgan. Ko’p masalali rejim faqat mul’tisistemada tashkil qilinadi.
OT foydalanuvchi so’rovini analiz qiladi va uni bajarilishini ta’minlaydi.
So’rov OT tilida qabul qilingan buyruqlar ketma-ketligi ko’rinishida bo’ladi. OT
so’rovlarni turli rejimlarada bajarishi mumkin, shu sababli u quyidagi turlarga
bo’linishi mumkin:
- paket rejimi sistemasi
- vaqtni taqsimlash sistemasi
- real vaqt sistemasi - dialog sistemasi.
Paket rejimi- bu masalalar majmuasiga ishlov beruvchi sistema, ya’ni bir yoki bir
necha foydalanuvchi tomonidan tayyorlangan topshiriklarni bajaruvchi sistema.12
Vaktni taksimlash- bu bir vaktning o’zida bir necha foydalanuvchiga xizmat kili shva
foydalanuvchiga uz masalasi bilan mulokat kilish imkonini beradi.
Real vakt- sistema berilgan real vakt oraligida topshirikning bajarilishini
ta’minlaydi. Komp’yuter bunday OT Bilan odatda bir dasturli rejimda ishlaydi.
Mulokat operatsion sistemasi- yakka foydalanuvchi uchun muljallangan bo’lib
komp’yuter Bilan mulokatning kulay ko’rinishini ta’minlaydi. OT odatda bir dasturli
rejimda ishlaydi.
O’zilishga ishlov beruvchi modul’ OT tarkibiga kiritilgan asosiy modullardan biri
xisoblanadi. U foydalanuvchi dasturi Bilan alokani ta’minlaydi. O’zilishga ishlov
beruvchi modul’ operativ xotiraga yuklanadi va u erda komp’yuter bilan ishlash seansi
vaktida saklanib turadi. Bu modul’ komponentalari kism dasturlaradan iborat bo’lib
fay l sistemasi ishlashini, disk Bilan berilganlarni almashishni vash u Bilan birga
maxsus xolatlarni taxlil kilishni ta’minlaydi. Amaliy dasturdan bu kism dasturlarga
murojaat kilinganda o’zilishga ishlov beruvchi modul’ bajariladigan amallar
parametrlarini oladi, uni taxlil kiladi va xolatni ko’rinishiga karab kerakli modullarga
bir yoki bir necha murojatni xosil kiladi.
Buyruk protsessori funktsiyalari kuyidagilardan iborat:
1. Klaviatura va buyruk faylidan kiritilgan buyrukni kabul kilish va sintaktik analiz
kilish.
2. OT ichki buyruklarini bajarish
3. OT tashki buyruklarini va foydalanuvchining Amaliy dasturlarini yuklash va
bajarish.
Buyruk protsessori tomonidan bajariladigan buyruklar ichki buyruklar deyiladi.
Foydalanuvchi tomonidan bajariladigan buyruklar tashki buyruklarni tashkil etadi. OT
tashki buyruklari diskda aloxida saklangan dasturlar yordamida bajariladi.
Ixtiyoriy OTga turli amallarni bajarishga muljallangan unlab dasturlar kiritilgan.
Masalan, barcha OT Larga kiritilgan kurilma drayveri deb nomlanadigan maxsus
rezedent dasturlar kiritish-chikarish sistemasini tuldirish uchun kullaniladi. Ushbu
drayverlar kushimcha tashki kurilmalarni yoki mavjud kurilmalarni nostandart
ishlatilishini ta’minlab beradi.
Sistemada bajariluvchi dastur jarayonni tashkil kiladi. Jarayon-bu xolatlarning
yagona ketma-ketligidir. Jarayon Bilan komp’yuter resurslari va fayllar Bilan boglik
buladi. Xaar bir jarayon uz jarayonini Yangi jarayon Bilan almashtirib boshkaruvni
Yangi jarayonga berishi xam mumkin.
Ritchi va Tompson terminologiyasiga asosan dastur bajariladigan muxit-xolat
(obraz) deyilar ekan. Xolat tarkibiga dastur va unga boglik bulgan berilganalar, ochik
fayllar xolati va joriy mundarija kiradi.
Berilganlar segmentiga foydalanuvchi berilganlarni kiritishi mumkin va bu
segment boshka foydalanuvchilardan ximoyalangan. Foydalanuvchi bu oralikni
dasturiy usul Bilan kengaytirishi yoki kiskartirishi mumkin. Berilganlar segmenti
xajmi OT da kabul kilingan oralik Bilan aniklanadi yoki real foydalanuvchi extiyojiga
karab tashkil kilinadi. Xotira chegaralanganligi tufayli foydalanuvchi OT dan exiyoji
boricha foydalanila olmasligi mumkin.13
Bulinmas stek segmenti xotiraning bosh chegarasidan boshlab pastga karab
usadi. Bu oralik zarurat tugilsa avtomatik tarzda usishi mumkin.Real sistemada stek
segmentini boshka kurilmalarda (masalan, virtual tashki xotira) xam tashkil kilish
mumkin. OT shunday tashkil kilinishi kerakki, bulinmas stek segmenti xajmi etarli
bulmasa OT uz o’rnini, sistemaning ishonchlilik darajasini kamaytirgan xolda,
bulinmas stek segmentiga bushatib berish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
Jarayonni boshkarish jarayon turli xolatda bo’lishi mumkin. Xolatni aniklash
OT dasturlari yoki foydalanuvchi tomonidan ayrim xollarda boshkarilishi kuzda
tutilgan.
Uzgaruvchi xolat Biron-bir ish bajarilishi natijasiga kura xosil buladigan xolat.
Xolatni turlicha bo’lishi muxitga va real ishlovchi dasturga boglik buladi. Ishga
tayyor xolat- bu karalayotgan dastur uchun kerak bulgan fizik xamda dasturiy
resurslar ishga tayyor xolda turadi va karalayotgan dastur fakat buyrukni kutadi.
Ishlovchi –bunda jarayonni boshkarish dasturi ishlovchi dastur uchun kerakli
resurslarni ishga tayyor xolatga keltiradi va aktiv xolatdagi dastur yukori imtiyozli
xisoblanadi.
Blokirovka kilingan- bu dastur ishlashi uchun fyrim resurslar etarli bulmasa
sistema bunday dasto’rni blokirovka kilib kuyadi. Ya’ni bunda dasturga nisbatan
sistema xolati aniklanmagan xisoblanadi.
Masalaning boglanishini boshkarish (ketma-ket,parallel)- Masala OT
resurslari Bilan ketma-ket yoki parallel boglanishi mumkin. Bunday boglanish asosan
resurslarning jarayonga xizmat kilish tezligiga boglik. Agar resurslarning xizmat kilish
tezligi bir xil bulsa, resurslar xizmatga ketma-ket chakiriladi. Agarda talab kilinayotgan
resurs tezligi sekin bulsa va u mustakil o’zi masalaga xizmat kila olsa, u xolda bu
resursga boshkaruv beriladi va navbatda turgan keyingi resurs aktiv xolatga utadi va
x.k. OT tarkibiga masalani xal kiluvchi dasturlarni parallel va ketma-ket bulgan
kismini aniklaydigan maxsus buyruklar kiritiladi.
Yordamchi kurilmalar
Matematik ta’minot resurslari
Kiritish va chikarish
Kiritish va chikarish standart kurilmalari
Kiritish - chikarish kurilmalari va dasturlari
Fil’tr
Kommunikatsiya
OTning kushimcha funktsiyalari
Virtual xotirani boshkarish – bu OT tarkibiga virtual (faraziy) xotiraga ishlov
beruvchi dastur kiritiladi. Virtual xotira-bu taxmin (tasavvur) kilinadigan xotira.
Virtual xotira xajmi real fizik xotira xajmidan ko’p buladi.
Virtual tashki xotirani boshkarish – bu tashki xotirani boshkarish virtual
ichki xotirani boshkarishga nisbatan bir muncha murakkabrok. Buning asosiy sababi
ularning xajmidadir.
Berilganlarni saklanishi:Matn muharrirlari. Bu sinfga mansub bo’lgan amaliy dasturlarning asosiy
vazifalari matn ma’lumotlarini kiritish va muharrirlik qilish hamda qo’shimcha
vazifalar kiritish va tahrir jarayonlarini avtomatlashtirishdan iboratdir. Ma’lumotlarni
kiritish, chiqarish va ularni saqlash amallari uchun matn muharrirlari tizimli dasturiy
ta’minotni chaqiradi va undan foydalanadi. Ammo bu amaliy dasturlarning boshqa
hamma turlari uchun ham xos bo’lib va bundan keyin bu dalilni maxsus ravishda
ko’rsatib o’tirmaymiz.
Dasturiy ta’minot bilan tanishish, odatda, amaliy dasturlarning ushbu sinfidan
boshlanadi va kompyuter tizimi bilan o’zaro aloqa hamkorlikning dastlabki
ko’nikmalarini u bilan ishlashda hosil qilinadi.
Matn protsessorlari. Matn protsessorlarining matn muharrirlaridan asosiy farqi
shundaki, ular faqatgina matn kiritish va uni tahrir qilishgagina emas, balki uni
tuzishga, ya’ni shakllantirishga ham imkon beradi. Shunga mos ravishda matn
protsessorlarining asosiy vositalariga yakuniy hujjatni tashkil etuvchi matn, grafiklar,
jadvallar va boshqa ob’ektlarning o’zaro aloqasi ta’sirini ta’minlovchi vositalar,
qo’shimchalariga esa - formatlashtirish jarayonini avtomatlashtiruvchi vositalar
kiritiladi. Hujjatlar bilan ishlashning zamonaviy uslubi ikkita muqobil yondashuvni -
qog’oz hujjatlar bilan ishlashni va elektron hujjatlar (qog’ossiz texnologiyalar
bo’yicha) bilan ishlashni ko’zda tutadi. Shuning uchun hujjatlarni matn protsessorlari
yordamida shakllantirish haqida gapirganda bir-biridan tamoyil jihatdan farq qiluvchi
ikkita yo’nalish - chop etish uchun mo’ljallangan hujjatlarni formatlashtirish va
ekranda aks ettirish uchun mo’ljallangan elektron hujjatlarni formatlashtirishni nazarda
tutish kerak. Bunday hollarda uslublar bir-biridan jiddiy farqlanadi. Matn protsessorlari
ham o’z navbatida farqlanadi, lekin ko’p hollarda va yo’nalishni o’zida
mujassamlashgan hollarni ham k’orish mumkin.
Grafikli muharrirlar. Bu grafik tasavvurlarni yaratish va (yoki) ularga ishlov
berish uchun mo’ljallangan keng dasturdir. Bunday sinfda quyidagi kategoriyalar55
farqlanadi: rastr muharrirlari, vektor muharrirlari, uch o’lchamli
grafiklar(3Dmuharrirlari) va ishlov berish uchun dasturiy vositalar.
Rastr muharrirlarini grafik ob’ekti rastrni tashkil qiluvchi hamda nur va rang
xususiyatlariga ega bo’lgan nuqtalarning kombinatsiyasi shaklida taqdim qilingan
hollarda qo’llaydilar. Bunday yondashuv grafik tasvir ko’plab yarim tonlarga ega
bo’lsa (tasvir uncha aniq bo’lmasa) va ob’ektni tashkil qiluvchi elementlarning nuri
haqidagi axborot uning shakli haqidagi axborotdan muhimroq bo’lgan hollarda
samarali bo’ladi. Bu fotografiya va matbaa tasvirlari, ularning retushi, fotoeffektlar va
badiiy kompozitsiya (kollej)lar tuzish uchun xosdir.
Yangi tasvirlarni rastr muharrirlari vositalari bilan yaratish imkoniyatlari
chegaralangan va har doim ham ulardan foydalanish qulay bo’lavermaydi. Ko’pchilik
holatlarda rassomlar an’anaviy asboblardan foydalanib, so’ngra rasmni maxsus apparat
vositalari (skanerlar) yordamida kompyuterga kiritish va ishni rastr muharrirlar
yordamida maxsus effektlar qo’llash yo’li bilan tugatishni afzal ko’radilar.
Vektor muharrirlari. Rastr muharrirlaridan tasvir haqidagi ma’lumotlarni
taqdim etish usuli bilan farq qiladilar.
Vektor tasvirining elementar ob’ekti nuqta emas, balki chiziqdir. Bunday
yondashuv chiziqlarning shakli uni tashkil qiluvchi alohida nuqtalarning rangi
to’g’risidagi axborotdan ko’ra, kattaroq ahamiyatga ega bo’lgan chizmagrafik ishlar
uchun xosdir. Vektor muharrirlarida har bir chiziq uchinchi tartibdagi matematik
qiyshiq chiziq sifatida ko’rib chiqiladi va shunga muvofiq ravishda nuqtalarning
kombinatsiyasi sifatida emas, balki matematik formula tarzida (kompyuterda bu
formulaning raqamli koeffitsientlari saqlanadi) taqdim etiladi. Bunday taqdim qilish
rastr muharriri taqdimiga qaraganda ancha ixcham va shunga muvofiq ravishda
ma’lumotlar ancha kam joyni band etadilar, biroq har qanday ob’ektni yaratish ekranda
nuqtalarni oddiygina aks ettirish bilan amalga oshirilmaydi, balki qiyshiq chiziqning
parametrlarini ekran yoki matbaa tasvirining koordinatlariga muttasil ravishda qayta
hisoblash bilan davom etadi. Shunga muvofiq, vektor grafikasi bilan ishlash
unumdorligi yuqoriroq bo’lgan hisoblash tizimini ishlatishni talab qiladi.
Elementar ob’ektlar (chiziqlar)dan eng oddiy geometrik ob’ektlar (primitivlar)
yaratiladi. Vektor grafikasi vositalari bilan yaratilgan badiiy illyustratsiya bir-birlari
bilan o’zaro aloqada bo’lgan, bir-birlariga o’zaro ta’sir qiluvchi o’n minglab sodda
ob’ektlarni o’z ichiga olishi, ulardan iborat bo’lishi mumkin.
Vektor muharrirlari tasvirlarni yaratish uchun qulay, ammo ular tayyor rasmlarga
ishlov berishda qo’llanilmaydi. Ular reklama tadbirkorligida keng qo’llaniladi, ularni
matbaa nashrlarining muqovalarini bezatishda va badiiy ish usuli chizma usuliga
yaqinroq bo’lgan hamma holatlarda ishlatiladi.
Uch o’lchovli grafika muharrirlari uch o’lchovli kompozitsiyalarni yaratishda
ishlatadilar. Ular ikkita o’ziga xos xususiyatga ega. Birinchidan, ular tasvir
qilinayotgan ob’ektlar yuzasini yoritish manba xususiyatlari bilan o’zaro ta’siri va
aloqa shakllari sharoitlardan kelib chiqqan holda boshqarish imkoni berilsa,
ikkinchidan esa ular uch o’lchovli animatsiya yaratishga imkon beradilar. Shuning
uchun uch o’lchovli grafika muharrirlarini ko’pincha 3D-animatorlar deb ham
ataydilar.56
Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari. Ma’lumotlar bazasi deb jadval
tuzilmalariga uyushgan (tushurilgan, keltirilgan) ma’lumotlarning ulkan, yirik
massivlariga aytiladi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari
quyidagilardir:
ma’lumotlar bazasini bo’sh (to’latilmagan) tuzilmasini yaratish;
uni to’ldirish vositalarini taqdim etish yoki boshqa bazani ish jadvalidan
ma’lumotlarni import qilish;
ma’lumotlarga yetish imkonini ta’minlash, shuningdek, izlash va filtrlash
(tozalash, saralash) vositalarini taqdim etish.
Ma’lumotlar bazalarini boshqarishning ko’p tizimlari ma’lumotlarning eng oddiy
tahlili va ularni qayta ishlashni amalga oshirish uchun qo’shimcha imkoniyatlar taqdim
etiladi. Natijada, mavjud bo’lgan ma’lumotlar asosida ma’lumot bazalarining yangi
jadvallarini tuzish imkoni paydo bo’ladi. Tarmoq texnologiyalarining keng tarqalishi
munosabati bilan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimiga ham butun jahon
kompyuterlarining serverlarida joylashgan, olisdagi va taqsimlangan resurslar bilan
ishlash imkoniyatlarini taqdim etish talablarini qo’ymoqda.
Elektron jadvallar. Elektron jadvallar turli ma’lumotlarni saqlash va ularga
ishlov beruvchi kompleks vositalardir. Qaysidir ma’noda ular ma’lumotlar bazalarini
boshqarish tizimiga o’xshab ketadi, ammo asosiy urg’u ma’lumotlar massivlarini
saqlash va ulardan foydalana olishni ta’minlashga emas, balki ma’lumotlarni qayta
ishlash, bunda aynan ularning ichki mohiyat-mazmuniga ko’ra, qayta tashkil qilish
yangilanishga qaratiladi.
Odatda, ma’lumotlarning keng laktori (raqamli va matnlilardan tortib to
multimediya ma’lumotlarigacha)ni o’z ichiga olgan ma’lumotlar bazalaridan farqli
o’laroq elektron jadvallar uchun raqamli ma’lumotlarga diqqatni jamlash muhim
hisoblanadi. Buning evaziga esa elektron jadvallar raqamli tipdagi ma’lumotlar bilan
ishlash uchun usullarning kengroq spektrini taqdim etadi. Elektron jadvallarning asosiy
xususiyati shundaki, jadval yacheykalari istalganining mazmuni o’zgarganda boshqa
hamma yacheykalarda mazmunning matematik va mantiqiy ifodalari
nisbatlarning o’zgarishlar bilan bog’liq avtomatik o’zgarishlari ro’y berishi mumkin.
Elektron jadvallar bilan ishlashning qulayligi ularning buxgalterlik hisob-kitob
sohasida moliyaviy, xom ashyo va tovar bozorlarini tahlil qilishning universal vositasi,
texnik sinovlar, texnik natijalarini qayta ishlashning oson vositasi sifatida, ya’ni
qayerda muntazam ravishda takrorlanuvchi, katta hajmdagi raqamli ma’lumotlarni
hisoblashni avtomatlashtirish zarurati bo’lgan hamma joyda keng qo’llaniladi.
Avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari (ALT-tizimlar). Ular
loyihakonstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishga mo’ljallangan. Mashinasozlik,
asbobsozlik, me’morchilikda qo’llaniladi. Chizmachilik-grafik ishlardan tashqari, bu
tizimlar eng oddiy hisob-kitoblar (masalan, detallarni (mahkam) mustahkamligi hisob-
kitoblari)ni o’tkazish va ma’lumotlarning keng bazasidan tayyor konstruktiv
elementlardan tanlash imkoniyatini beradi.
ALT- tizimlarining o’ziga xos ajratib turuvchi xususiyati loyihalashtirishning
hamma bosqichlarida texnik shartlar, me’yorlar va qoidalarning avtomatik ravishda
ta’minlanishidir, bu konstruktor (yoki me’mor)ni ijodiy bo’lmagan ishdan ozod qiladi.57
Masalan, mashinasozlikda ALT-tizimlari mahsulotni yig’ish chizmasi bazasida
detallarning ishchi chizmalarini avtomatik ravishda bajarish, zarur texnologik
hujjatlarni mexanik ishlovdagi harakatlarning ketma-ketligini ko’rsatgan holda
tayyorlash, zarur asboblar, dastgoh va nazorat moslamalarni tayinlash, shuningdek,
raqamli dasturiy boshqaruvli dastgohlar, sanoat robotlarni va moslashuvchan
avtomatlashgan liniyalar uchun boshqaruv dasturlarini tayyorlashga qodir. Bugungi
kunda avtomatik loyihalashtirish tizimlar zarur komponentga aylanib qoldi, usiz
moslanuvchan ishlab chiqarish tizimlari va texnologik jarayonlarni boshqarishning
avtomatlashtirilgan tizimlarini qo’llashning samaradorligi tushib ketadi.
Stol ustiga qo„yiladigan nashriyot tizimlari. Bu sinf dasturlari matbaa
nashrlarining sahifalash jarayonini avtomatlashtirishga mo’ljallangan. Dasturiy
ta’minotning bu toifasi matn protsessorlari va avtomatik loyihalashtirish tizimlarining
o’rtasida oraliq holatni egallagan.
Nazariy jihatdan olganda, matn protsessorlari matnli hujjatga boshqa soha
ob’ektlarini, masalan, vektor va rastr grafikasi ob’ektlarni joriy qilish uchun
ishlatiladigan, shuningdek, matn parametrlari va kiritilayotgan ob’ektlar parametrlari
o’rtasidagi aloqa, o’zaro ta’sirini boshqarishga imkon beradigan vosita sifatida taqdim
etiladi. Lekin, amaliyotda esa matbaa mahsulotini tayyorlash uchun bu vositalar yo
matbaa talablari nuqtai nazaridan olinganida, yo funksional jihatdan yetarli emas, yoki
unumli ishlash uchun yetarli darajada qulay emas.
Stol ustiga qo’yiladigan nashriyot tizimlari matn prosessorlaridan matn
sahifalarining parametrlari bilan hamda grafik ob’ektlar bilan o’zaro aloqasi va ta’siri
boshqarishning kengaytirilgan vositalarga egaligi bilan ajralib turadi. Boshqa
tomondan olganda esa, ular matnni kiritish va tahrir qilishni avtomatlashtirish bo’yicha
funksional imkoniyatlarning pastligi bilan farqlanadi. Stol ustiga qo’yiladigan
nashriyot tizimlaridan foydalanishning tipik misoli shundan iboratki, ular avval matn
protsessorlari va grafik muharrirlarining ishlovidan o’tkazilgan hujjatlarga nisbatan
qo’llanadi.
Ekspert tizimlar ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan ma’lumotlarni
foydalanuvchining so’roviga ko’ra, tahlil qilish va tavsiyalar berishga mo’ljallangan.
Bunday tizimlar boshlang’ich ma’lumotlar shakliga yaxshi tushayotgan, ammo qaror
qabul qilish uchun keng ko’lamli maxsus bo’limlar talab qilingan hollarda qo’llaniladi.
Ekspert tizimlar ishlatish huquqshunoslik, tibbiyot, formakologiya, kimyo sohalarida
qo’llaniladi. Kasallik belgilarining yig’indisiga ko’ra, tibbiy ekspert tizimlar tashxis
qo’yish va dorilar, ularning me’yorlari (dozirovkasi)ni va davolash kursining dasturini
belgilashga yordam beradi. Hodisa belgilarining to’plami bo’yicha huquqshunoslik
ekspert tizimlari hodisaga huquqiy baho berishlari va ayblovchi tomonga bo’lganidek,
himoya qiluvchi tomonga ham harakat tartibini taklif qilishi mumkin.
Ekspert tizimlarining o’ziga xos xarakterli xususiyati ularning o’z-o’zini
rivojlantirishga qodirligidir. Boshlang’ich ma’lumotlar bilimlar bazasida dalillar
shaklida saqlanadi, mutaxassis-ekspertlar yordamida ular o’rtasida ma’lum bir
munosabatlar tizimi o’rnatiladi. Agar Ekspert tizimni testdan o’tkazish bosqichidan
uning aniq masalalar bo’yicha noto’g’ri, tahrirga muhtoj tavsiyalar va xulosalar
berayotgan yoki umuman bunday tavsiya va xulosalar berilmayotgani aniqlansa, bu yo58
uning bazasida muhim omillar yo’qligini yoki munosabatlarning mantiqiy tizimdagi
buzilish hamda nosozliklar borligini anglatadi. U holda ham Ekspert tizimi
Ekspert uchun yetarli bo’lgan so’rovlar to’plamini o’zi yarata olishi (generatsiya qila
olish) va o’z sifatini avtomatik tarzda ko’tarilishi mumkin.
Ekspert tizimlaridan foydalanishda ilmiy-texnik faoliyatning bilimlar
muhandisligi deb ataluvchi alohida sohasiga bog’liq. Bilimlar muhandislari - bu
eskpert tizimini ishlab chiqaruvi (dasturchilar), fan va texnikaning aniq sohalaridagi
yetakchi mutaxassislar (ekspertlar) o’rtasidagi oraliq bo’g’in sifatida chiquvchi,
malakali mutaxassislardir.
HTML muharrirlar (Web-muharrirlar). Bu muharrirlar o’zlarida matn va
grafik muharrirlarning xususiyatlarini birlashtiruvchi alohida sinfi (toifasi)dir. Ular
Web-hujjatlar (internetning Web sahifalari) deb ataluvchi hujjatlarni tuzish va tahrir
qilish uchun mo’ljallangan. Web-hujjatlar - bu elektron hujjatlar bo’lib, ularni
tayyorlashda internetdan axborot qabul qilish va axborot uzatish bilan bog’liq bir qator
imkoniyatlarni hisobga olish kerak bo’ladi.
Nazariy jihatdan olinganda Web-hujjatlarini tuzish uchun odatdagi matn
muharrirlari va protsessorlari, shuningdek, vektor grafikasini grafik muharrirlaridan
ayrimlaridan foydalanish mumkin, ammo Web-muharrirlari Web-dizaynerlarning ish
unumdorligini oshiruvchi bir qator foydali vazifalarni bajara olish xususiyatiga ega. Bu
sinfga mansub dasturlardan elektron hujjatlarni va multimediya nashrlarini tayyorlash
uchun foydalanish mumkin.
Brouzerlar (sharhlovchilar, Webni ko„rib chiqish vositalari). Bu toifaga
HTML (bu formatdagi hujjatlar Web-hujjatlar sifatida ishlatiladi) formatidagi elektron
hujjatlarni ko’rib chiqish uchun mo’ljallangan dasturiy vositalar kiradi. Zamonaviy
brouzerlar faqat matn va grafikani aks ettirmaydi. Ular musiqani, inson nutqini aks
ettirishi, internetdagi radio eshittirishlarni eshitishni, videokonferensiyalarni ko’rib
chiqishni, elektron pochta xizmati, telekonferensiyalar
(yangiliklar guruhlari) tizimi bilan ishlashni va ko’plab boshqa funksiyalarni bajarishi
mumkin.
Ish yuritishning integratsiyalashgan tizimlari - rahbarning ish joyini
avtomatlashtirishning dasturiy vositalaridan iborat. Bunday tizimlarning asosiy
vazifalariga eng sodda hujjatlarni tuzish, tahrir qilish va formatlashtirish, elektron
pochta, faks va telefon aloqalari vazifalarini markazlashtirish, korxonaning hujjatlar
aylanmasini dispetcherlashtirish va monitoring qilish, bo’linmalar faoliyatini
muvofiqlashtirish, ma’muriy xo’jalik faoliyatini optimallashtirish va so’rovga binoan
tezkor hamda ma’lumotnoma axborotini taqdim etish vazifalari kiradi.
Geoaxborot tizimlari (GAT) - topografik yoki aerokosmik usullarda olingan
axborot asosida kartografiya va geodeziya ishlarini avtomatlashtirish uchun
mo’ljallangan.
Videomontaj tizimlari video ma’lumotlarga raqamli ishlov berish, ularni montaj
qilish, video ko’rinish tasvirlar yaratish, nuqsonlarni bartaraf etish, ovoz yozish, titr va
subtitrlarni tushirish uchun mo’ljallangan.
Amaliy va dasturiy vositalarining o’z rivojlangan ichki tasniflash tizimiga ega
bo’lgan ayrim toifalari o’rgatuvchi, rivojlantiruvchi, ma’lumot beruvchi va65
ShK da ishlatiladigan ilmiy va muxandislik grafikasi dasturlari ichidan Golden
Software firmasining Surfer va Grapher, MapViewer dasturlarini aloxida ko’rsatish
mumkin. Bu dasturlar tekislik va grafiklar hamda rangli kartalar(xaritalar) yaratish
uchun mo’ljallangan. Ular DOS va Windows muxitlarida ishlaydi. Rangli grafik va
xaritalarni bu dasturlar yordamida ixtiyoriy monitor yoki tashqi qurilmalarga chiqarish
mumkin. Surfer paketi zqf(x,y) ko’rinishdagi funksiyalar bilan aniqlanadigan ikki
o’lchovli berilganlarga ishlov berish va vizuallashtirishga mo’ljallangan. U
tekislikning raqamli modelini ko’radi, yordamchi amallarini bajaradi hamda natijalarni
vizuallashtiradi. Grapher dasturi yqf(x) ko’rinishdagi funksiyalarga ishlov berish va
grafiklarini yasashga mo’ljallanagan. Unda bir rasmdagi grafiklar soni va grafiklardagi
egri chiziqlar soni cheklanmagan. Xar bir egri chiziq 32000 tagacha nuqtadan iborat
bo’lishi va bir grafikda xar hil o’lchovli, masshtabli bir nechta koordinata o’qlari
bo’lishi mumkin. MapViewer paketi kartalarni kiritish taxrirlash-masshtablarni
o’zgartirish, koordinatalarni o’zgartirish
hamda kartalar bilan bog’lik raqamli axborotga( masalan- demografik ma’lumotlarga)
ishlov berish va grafik ko’rinishda chiqarish imkonini beradi.
Yuqorida keltirilgan vizuallashtirish dasturlaridan tashqari umumiy holda
ishlatiladigan quyidagi vizuallashtirish dasturlari ham bor: IRIS Explorer, VIS-5D,
PV- Wave, Khronos, Data Visualizer, Data Explorer.
SGIdagi Earth Watch dasturi yordamida Er ob–xavo sharoitining uch o’lchovli
tasvirini modellashtirish va ko’rsatish, kosmik suratlar asosida topologik tekisliklarini
ko’rish hamda ob-havo ma’lumotlarini bir xafta oldin berish mumkin. Video va
komponovka bilan ishlash tizimlari.
Raqamli videotasvirlarga ishlov berish dasturlari hamda ikki o’lchovli va uch
o’lchovli grafikadan foydalangan holda ko’pqatlamli kompozisiyalarni yaratish,
murakkab(s’yomka) suratga olish jarayoni o’rnini egallashi, kompyuter grafikasi
yordamida suratga olingan materiallarga ishlov berish, suratga olingan materiallarni
kompyuter animasiyasi bilan qo’shish, natijalarni kino va videotasmalarga chiqarish
mumkin.
Windows va Macintosh muxitlarida ishlovchi videotasvirlarni taxrirlash dasturi
Adobe Premier raqamlashtirilgan videoni, statik tasvirlarni va tovushli fayllarni montaj
qilish imkonini beradi. Paketning eng oxirgi versiyasi (rusumi) turli usullar bilan bir
nechta mustaqil videoroliklarga ishlov berish, ko’pgina filtrlardan foydalanish, maxsus
effekt va shriftlarni xosil qilish imkoniga ega. Bu dasturning raqobatchilari sifatida ATI
firmasining MediaMerge dasturini, eng kuchli dasturlardan yuqoridagi Adobe
firmasining CoSA After Effects dasturini ko’rsatish mumkin. SGI muxitida ishlovchi
Composer dastur AliasG’Waferfront firmasining maxsulotidir. Bu dastur maxsus
effektlarni yaratish, videoyozuv vositalari, kompleks saxnalarni xosil qilish
uskunalaridan foydalanish imkoniga ega .Shular yordamida yuqori sifatli video
maxsulotlarni yaratish, yozish, taxrirlash, mumkin. Bulardan tashqari alohida kadrlarni
va animsiyali kliplarni kompanovka qilish, aralashtirish (mikshirovat), ularga maxsus
effektlarni matnlarni qo’shish mumkin. Paket (dastur) nafaqat videoyozuvning oxirgi
natijasini, balki oraliq kadrlarni (natijalarni) quyi imkoniyati kichik ekranlarda
ko’zatish, ko’rish mumkin.66
Composer dasturi barcha kino va videoformatlarni hamda video bilan ishlovchi
qurilmalarni qo’llash imkonini beradi. Bu dasturlardan tashqari SGI muxitida videoga
ishlov beruvchi Chiron firmasining Liberty, Integrated Research firmasining Harmony,
Parallax firmasining Matador, Avid firmasining Media Suite Pro, Discreet Logic
kompaniyasining Flint paketi, Flame, Interno, XAOS firmasining Pandemonium
dasturlari mavjud.
Modellashtirish (2D va 3D).
2 o’lchovli va 3 o’lchovli modellashtirish dasturlari dizaynerlik va muxandislik
ishlanmalari uchun qo’l keladi. Bulardan tashqari bu dasturlarni uch o’lchovli
animasiya, poligrafik, taqdimot paketlari bilan to’ldirish mumkin.
Modellashtirish dasturlari ichida WINDOWS muxitida ishlatiluvchi eng kuchli
avtomatlashtirilgan loyixalash tizimi sifatida Autodesk firmasining AutoCad dasturini
olish mumkin. Odatda, AutoCad ni avtomatlashtirilgan loyixalash tizimi(SAPR)ning
grafik yadrosi sifatida qabul qiladilar. Dastur yordamida turli chiziq, yoy, matnlar xosil
qilish, taxrirlash, 2D va 3D modellarni yaratish, loyixalash jarayonida vujudga
keladigan ko’pgipa muammolarning yechimini avtomatlashtirish, xususiy ssenariy va
makrokomandalar yaratib, aniq(konkret) masala va ilovalarga tizimni sozlash,
adaptasiya qilish mumkin.
AutoCad paketi Auto LISP ichki dasturlash tiliga ega bo’lib, uning yordamida
foydalanuvchi yangi buyruqlarni xosil qilishi va xatto yuqori darajadagi dasturlash
tillaridan foydalanishi mumkin.
IBM va Macintosh muxitlarida uch o’lchovli modellashtirish uchun ko’pincha
AliasG’ Wavefront firmasining splaynli modellashtirish dasturi Sketch! ishlatiladi. Bu
dastur yuqori sifatli vizuallashtirish imkonini beradi. Ray Dream Designer dasturi esa
maxsus modellashtirish vositalari to’plamiga ega bo’lib, tasvirning fotorealistik
sifatiga erishish imkonini beradi.Macromedia firmasining MacroModel paketi va
Auto.des.sys firmasining Form.Z dasturi uch o’lchovli ob’ektlarni modellashtirish va
deformasiyalash vositalariga ega.
IBM ga mos kompyuterlarda yana Crystal Graphics firmasining Crystal 3D
Designer dasturidan foydalanish mumkin. Bu dastur vizuallashtirish, soyali effektlar
hosil qilish, yuzalarga materiallarni joylashtirish (nalojenie materialov na poverxnosti)
vositalariga ega . Silicon Graphics ning ishchi stansiyalarida ishlatiluvchi eng kuchli
modellashtirish va dizayn dasturlari qatoriga AliasG’ Wavefront firmasining Designer,
Studio va AutoStudio dasturlarini kiritish mumkin.
Bu dasturlar yordamida bir vaqtning o’zida 2D va 3D modellar bilan ishlash hamda
mavjud avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari bilan mujassamlashish masalasining
yechimini topish mumkin.
Designer dasturi splaynlar asosida yuqori darajada modellashtirishni qo’llash bilan
birga geometrik ob’ektlar xususiyatlarini baxolashning yetarli vositalariga,
animasiyaning qulay uskunalariga hamda renderingning sifatli moduliga ega.
Designer imkoniyatlarini to’ldirib, kengaytirib Studio ga aylantirish mumkin.
Studio dasturi modellashtirish imkonining yuqoriligi, yo’zalar va egri chiziqlar bilan
ishlash tizimining mukammalligi, geometrik ob’ekt, rendering va rasm chizishni
baxolashning qo’shimcha imkoniyatlari bilan Designer dan farq qiladi. AutoStudio esa
Yüklə 203,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin