International Conference on Developments in Education
Hosted from Toronto, Canada
https:
econferencezone.org
April 15
th
-16
th
2022
267
QOʻQON XONLIGINING SIYOSIY TARIXI
Lapasov Mirkomil Xasanovich,
Jizzax shahridagi Prezident maktabi oʻqituvchisi
mirkomil.lapasov491@gmail.com
ANNOTATSIYA
XVIII asrdan boshlab Buxoro amirligida mustaqil Qoʻqon xonligi vujudga kelgach, Fargʻona ajraladi. Buxoro
xonligiga tobe hisoblangan Farg‘ona vodiysida XVIII asr boshlarida yangi davlatga – Qo‘qon xonligiga asos
solindi. XVIII asrda faqat Farg‘ona vodiysini o‘z ichiga olgan bu davlat XIX asr boshlarida Toshkent vohasi
hozirgi Qirg‘iziston Respublikasi, Janubiy Qozog‘iston va Shimoliy Tojikiston hududlarini o‘z ichiga olgan
yirik davlatga aylandi.
Kalit soʻzlar: Kitab maslik, Oltin Beshik, Bobur, Samarqand, Hindiston, Tangriyor
KIRISH
Oʻrta Osiyoning koʻchmanchi oʻzbeklar tomonidan zabt etilishi va Shayboniylar davlatining tashkil topishi
jarayonida temuriylar avlodiga qarashli boʻlgan feodal tabaqalar hukmronligiga qaqshatqich zarba berildi.
XIX asr oʻrtalarigacha siyosiy vaziyat mamlakat kuchlarini boʻlish va qirgʻin keltirgan feodal urushlarning
kuchayishi bilan tavsiflanadi.
XVI asrda oʻzaro bir-biriga doimo dushman boʻlgan Buxoro va Xiva xonliklari paydo boʻldi. XVIII asrdan
boshlab Buxoro amirligida mustaqil Qoʻqon
xonligi vujudga kelgach, Fargʻona ajraladi[1].
Qoʻqon xonligining hukmdorlari haqida gapirganda shuni ta’kidlash joizki, deyarli barcha musulmon
tarixchilari va ayrim rus mualliflari xonlar sulolasini Oltin Beshik bilan, u orqali Bobur bilan bogʻlab, Odam
paygʻambarga yetkazadi. Oltin Beshik haqidagi riyoyat shundan iboratki, 1512-yilda Bobur Samarqanddan
Fargʻona orqali Hindistonga qochib ketadi. Qochish paytida Boburning xotinlaridan biri oʻgʻil tugʻadi.
Qochoqlarni oʻrab olgan qoʻrqinch ularni yangi tugʻilgan bolani qarovsiz tashlab ketishga majbur qiladi. Uni
qimmatbaho ziynat buyumlari qoʻyilgan
beshikka yotqizib, sodiq xizmatkorlardan biriga qoldiradilar. U
Boburga yangi tugʻilgan bolaning taqdiri haqida xabar berishi kerak edi. Bu vaqtda mazkur joyda oʻzbek
avlod-ajdodlaridan bir jamiyatni tashkil qilgan qirq, qipchoq, qirgʻiz va ming koʻchmanchi urugʻlarining
ovullari bor edi. Xuddi ana shular bolani topib oladilar, unga Oltin Beshik deb nom qoʻyadilar. Bola ming
urugʻi ovuliga joylashtiriladi.
Voyaga yetganda xalq unga har bir urugʻdan (qirq, qipchoq, qirgʻiz va ming) bittadan qizga uylanishga imkon
beradi. Ming urugʻidan boʻlgan katta xotini unga yolgʻiz oʻgʻil tugʻib beradi.
Unga Tangriyor deb ism
qoʻyadilar, boshqacha qilib Xudoyor yoki Ilik Sulton deb atay boshlaydilar. Bu yerda shuni aytish lozimki,
Boburning oʻzi Oltin Beshik haqida hech narsa demaydi, tarixchilar ham, Boburning zamondoshlari ham uni
tilga olmaydilar. Shuning uchun bu rivoyatni ogʻizdan-ogʻizga oʻtib kelgan afsonaviy gap yoki Qoʻqon
hukmron doiralarining oʻz shajaralarini u bilan bogʻlash va oʻz hokimiyatlarini barqaror qilish,
mustahkamlash maqsadida toʻqigan rivoyat deb hisoblash mumkin.
Rivoyatlarga koʻra, Oltin Beshik 1545-yilda
vafot etadi, uning oʻgʻli Tangriyor keyinchalik Fargʻonaning
hukmdori boʻladi, lekin xon emas, balki biy deb ataladi. Bu nom uning avlodlaridan to Olimxongacha
berilgan. “Birinchi xon Shohruxning taxtga oʻtirishi, - deb yozadi akademik V.V. Bartold, – qoʻrgʻon (qal’a
ichidagi harbiy inshoat) ning qurilishi bilan bogʻliq boʻlib, boshqa qoʻrgʻon keyinchalik Eski Oʻrda deb
nomlangan, uning oʻgʻli Abd-al-Karim tomonidan qurilgan (1746-yilda vafot etgan)”[2].
Shohruxning taxtga oʻtirishini Mulla Olim “Tarixi Turkiston” asarida qiziqarli tasvirlaydi: Targovaga Jankat,
Pilaxan, Toʻfontepa, Partak, Tepaqoʻrgʻon, Qaynar va boshqa joylarning oqsoqol, aslzoda odamlari toʻplanib,
Ashurbekning oʻgʻli aqlli, insonparvar Shohruhxon Ashurbek oʻgʻlini xon qilib saylashga qaror qiladilar.
Shundan soʻng Shohruh oʻrda va qoʻrgʻon qurish uchun qulay joy tanlashga farmon beradi.
Yuborilgan
odamlar “Koʻk toʻnliklar” yashaydigan ikki soy oraligʻida joylashgan hududni qulay joy deb hisoblaydilar.
Ular bu yerda ark quradilar va uning atrofida saroy va binolar qura boshlaydilar. Shundan keyin Shohruhni
taxtga oʻtqazadilar. Xonning saylanish yili 1709-yil deb hisoblaydilar.